“VATANPARVAR” TAShKILOTI YoShLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYaLAShGA KOʻMAKLAShMOQDA
Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Amudaryo tuman Kengashi tumanda Respublika mudofaasiga koʻmaklashish, xalq ommasini, ayniqsa, yoshlarni Vatanni himoya qilishga tayyorlash kabi sharafli vazifalarni bajarishda tashabbuskorlik koʻrsatib kelmoqda.
Tashkilot tizimida faoliyat yuritayotgan oʻquv sport-texnika klubi binosida oʻtgan yillar davomida joriy taʼmirlash, qurilish-montaj ishlari olib borildi. Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun zamonaviy anjomlar, oʻquv qurollar bilan jihozlandi.
Qoʻshimcha qurilgan oʻquv xonalariga ham tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda avtotrenajyor, shahar koʻrinishidagi maketlar, yangi namunadagi qirqimli avtomobil dvi-gateli hamda yengil avtomobilning elektrlashtirilgan qirqimli harakatlanuvchi stendi oʻrnatildi va oʻquv jarayonida foydalanila boshladi.
Mashgʻulotlar oʻtkaziladigan boshqa xonalar ham elektron vositalar bilan jihozlandi. Shuning evaziga barcha oʻquv mashgʻulotlar, darslarni toʻliq elektron texnik vositalari yordamida oʻtish imkoniyati yaratildi. Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman OʻSTKda 2020-yilda haydovchilik yoʻnalishi boʻyicha 450 nafar mutaxassislar tayyorlandi. Shulardan 225 nafari “V” toifa, 225 nafari “VS” toifaga ega boʻlishdi. Mazkur yildan 30 soatlik dastur boʻyicha haydovchilarni qayta tayyorlash rejalashtirilgan boʻlib, ushbu faoliyatni yanvar oyidan boshlab yuborish moʻljallanmoqda.
Tashkilotning oʻquv sport-texnika klubi kelajagimiz egalarining shijoatli, jasur va vatanparvar insonlar boʻlib ulgʻayishlariga xizmat qilmoqda. Biz bunga oʻz hissamizni qoʻshayotganimizdan mamnunmiz va mamlakatimiz mudofaa qudratini oshirish yoʻlidagi sharafli, masʼuliyatli vazifani amalga oshirayotganimizdan faxrlanamiz.
Sh.Kamolov, MK «Vatanparvar» tashkiloti tuman Kengashi OʻSTK boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶