19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 08:59
Jamiyat 👁 192

YIL YaKUNLARI MUHOKAMA QILINDI

YIL YaKUNLARI MUHOKAMA QILINDI

7-yanvar kuni Amudaryo tumani hududida 2020-yil davomida qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishga tuman hokimligi masʼullari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, korxona tashkilotlar rahbarlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari va oʻrinbosarlari ishtirok etdilar. Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va olib bordi.

Yigʻilish kun tartibidagi masala yuzasidan tuman prokurori Javlonbek Muftullayevning maʼruzasi tinglandi.

U oʻz soʻzida tuman prokuraturasi tomonidan 2020-yilda barcha sohalarda olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida 272 ta prokuror nazorati hujjati qoʻllanilib, ularning muhokamasiga koʻra, 60 nafar shaxs intizomiy, 78 nafar shaxs maʼmuriy, 13 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilganligi, tergov va nazorat tadbirlari davomida davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan jami 232 million 698 ming soʻmlik zarar ixtiyoriy undirilib, 119 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklanishi taʼminlanganligini qayd etdi.

Yurtimizda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ularga keng yoʻl ochib berish yuzasidan koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligiga qaramasdan ayrim davlat organlari xodimlari tomonidan qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda. Xususan, tuman prokuraturasi tomonidan tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan tuman qurilish boʻlimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman filialida oʻtkazilgan tekshirishlar jarayonida qurilish boʻlimining arxitektori  tomonidan bir necha nafar tadbirkorlik subʼektlariga savdo obʼektini ixtisoslashtirish va rekonstruktsiya qilish uchun ruxsat beriluvchi hujjatini oʻz vaqtida Davlat xizmatlari markazi orqali taqdim qilmagan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman filiali  ayrim xodimlari ham yuqoridagi kabi qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻygan.

Tumandagi faoliyat yuritayotgan 3 ta tijorat banklariga jami 45 milliard 70 million soʻm miqdorida “Har bir oila tadbirkor” Davlat dasturi boʻyicha imtiyozli kredit ajratilishi belgilangan boʻlishiga qaramasdan, amalda  30 milliard 594 million soʻm ajratilgan, xolos. Kichik biznes va xususiy  tadbirkorlik qoʻllab-quvvatlanib, qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilmaganligi tufayli 449 ta tadbirkorlik subʼektlari oʻz faoliyatini toʻxtatgan, 69 tasi tugatgan. Shuningdek, pandemiya sharoitida aholini xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash uchun kartoshka, piyozning yetarlicha zaxirasi yaratilmagan, kartoshka, piyoz, sabzi, guruch mahsulotlarining hisobotiga qoʻshib yozilgan.

“Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi asosida tumanda 2020-yilda jami 15 ta loyiha maʼqullanib, loyihalarga 3 milliard 800 million soʻm mablagʻ sarflanishi va 57 ta doimiy ish oʻrin yaratilishi belgilangan boʻlsa-da, 4 nafar tadbirkor 7 ishchi oʻrni yaratgan, xolos.

Shuningdek, xorijiy investitsiya mablagʻlari hisobiga 65 ta yirik loyihalarda 373 ta yangi ish oʻrin yaratilishi belgilangan boʻlsa-da, amalda 57 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.

Maʼruzachi oʻz soʻzida aholini ijtimoiy himoya qilish va  boshqa sohalardagi kamchiliklarga, tumanimizda huquqbuzarliklar va  jinoyatlarning sodir etilishining oldini olishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga ham batafsil toʻxtaldi, kelgusida buningdek holatlarga barham berish zarurligini taʼkidladi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov, birinchi oʻrinbosari A.Masharipov, tuman hokimi oʻrinbosarlari Maʼmur Temirboyev, Jasur Norimov, Rashid Salayev, Alisher Yoʻldoshev, tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori Farhod Sobirov va oʻzini-oʻzi boshqarish organlari raislari kun tartibidagi masala yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi boʻlim boshligʻi Shuhrat Botirov qatnashdi va tumanda qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning qonuniy huquq va erkinliklarini, manfaatlarini himoya qilish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar xususida maʼruza qildi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026