XIZMATIDAN EL MAMNUN
Kasbning yaxshi-yomoni boʻlmaydi. Eng muhimi – odam tanlagan kasbida sidqidildan, halol mehnat qilsa, yurtdoshlari eʼtirofiga sazovor boʻladi. “Amudaryotumangaz” idorasi ishchi-xizmatchilari ham qishning izgʻirinli, sovuq kunlarida tumanimizning tabiiy gaz tarmoqlariga ulangan hududida yashovchi aholisiga bir meʼyorda tabiiy gaz yetkazib berib, xalqimizning olqishiga sazovor boʻlayotir. Qish mavsumiga puxta tayyorgarliklar koʻrilgani, tarmoqdagi gaz uzatish uskunalari, trubalar talab darajasida taʼmirlangani oʻzining yaxshi natijalarini berayotir, uzilishlarga yoʻl qoʻyilmayapti.
Oʻtgan yillar davomida Mangʻit shahrining, tumanimizning ayrim hududlarida qish kunlarida gaz bosimi pasayib ketishidan aholi juda qiynalar edi. Endilikda bunday muammolar barham topdi. Buning uchun tumanimiz aholisi Jasur Ermetov rahbarlik qilayotgan “Amudaryotumangaz” idorasi ishchi-xizmatchilaridan juda mamnun. Ularning yangi – 2021-yildagi ishlarida ham muvaffaqiyatlar tilayman.
Oyimjon Oʻrozaliyeva, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶