FHDYo BÖLIMIDA KÖRSATILAYoTGAN XIZMATLARDAN AHOLI MAMNUN
FHDYo tizimi Adliya bölimining Davlat xizmatlari markazi tasarrufiga ötganidan boşlab, barça hududlardagi FHDYo bölimlarida saqlanayotgan qoğoz hujjatlar raqamlaştirildi. Şu jumladan, tumanimizda ham tuğiliş, nikoh, ajrim, ölim va hokazo qoğoz hujjatlar elektron bazaga kiritildi.
Ötgan yil davomida Amudaryo tumanida 5254 ta tuğilganlik holati qayd etilib, şundan öğil bolalar 2652 nafar, qiz bolalar 2602 nafarni taşkil qildi. Ulardan 11 tasi muddatini ötkazib qayd etilgan. Şuningdek, 2 tasi sud qarori asosida, 2 tasi 16 yoşdan ötganlardan iborat. Nikohdan ajraliş holati 183 ta bölib, şundan 17 tasi öz arizasi asosida FHDYoda, 157 tasi sud qaroriga köra amalga oşirilgan. Nikohni qayd etiş esa 1724 ta bölib, şundan 252 tasi tantanali qayd etilgan. Ölimni qayd etiş holati 1009 ta bölgan.
Tizimga kiritilgan yangiliklardan yana biri sifatida aytiş mumkinki, endilikda tuğilganlik guvohnomasini şakllantirayotganda bir vaqtning özida bolani doimiy yaşaş turar joyiga röyxatga, MTT navbatiga ham qöyilmoqda.
Bundan taşqari, bir martalik beriladigan nafaqa puliga röyxatga qöyiş ham şu vaqtning özida amalga oşirilmoqda. Bu bilan fuqarolarga juda katta yengillik yaratildi. Tuğilganlik haqidagi guvohnomani olişga kelgan murojaatçilardan pul talab qilinmaydi, yaʼni uşbu davlat xizmati bepul körsatiladi.
Yana şuni ham alohida aytib ötiş kerakki, FHDYo organlari faoliyatida qöllanilayotgan eksterritorial tamoyilning yölga qöyilgani fuqarolarga yanada qulay bölmoqda. Fuqarolar doimiy yoki vaqtinça röyxatdan ötgan joyidan va yuridik şaxslarning poçta manzili, yaʼni joylaşgan yeridan qatʼiy nazar, istalgan hududda FHDYo idoralariga murojaat qiliş imkoniyatidan foydalanişmoqda. Zero, bu aholiga FHDYo organlari tomonidan körsatiladigan xizmatlarning sifat jihatidan yaxşilanişi va osonlaşişida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
J.Abayeva, tuman FHDYo bölimi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶