Fan oyligi muvaffaqiyatli oʻtdi
Mamlakatimizning barcha hududlaridagi umumiy oʻrta talim maktablarida boʻlgani kabi tumanimizdagi 75-sonli maktabda ham dekabr - ijtimoiy fanlar oyligi uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Oylik doirasida “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq”, “Huquq bilimdonlari” kabi tanlovlar hamda ochiq darslar oʻtkazilib, ularda tarix oʻqituvchilarining kasb mahorati va oʻquvchilarning darslarni qanday oʻzlashtirayotganligi namoyon boʻldi.
Bundan tashkari dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati bilan maktabimizda insholar va rasmlar tanlovi oʻtkazildi.
10-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlab sinflar kesimida davra suhbati oʻtkazildi. Fan oyligining soʻnggi choragida muzey tashkil etildi. Muzeyni tashkil etishdan maqsad - oʻquvchilarga qadimda qoʻllanilgan uy-roʻzgʻor buyumlari, mehnat qurollari, milliy kiyimlar koʻrgazmalari, tarixiy shaxslarning rasmlari, tarixiy kitoblar, tangalar bilan oʻquvchilarni tanishtirish, bu borada kerakli bilimlarini berishdir. Fan oyligi yakunida maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari A.Matmuratov oylik doirasida amalga oshirilgan ishlarga yukori baho berdi va ularda faol katnashgan oʻquvchilarni Faxriy yorliqlar bilan takdirladi.
Sohiba DURDIYeVA, 75-sonli maktabning tarix fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶