15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 05:32
Fan va taʼlim 👁 217

“GULZOR” MAHALLASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLIShGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

“GULZOR” MAHALLASIDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLIShGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

2020-yil 24-dekabr kuni Mangʻit shahridagi “Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻinida Qoraqapogʻiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korruptsiyadan xoli hududga aylantirish mavzusiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Jinoiy ishlar boʻyicha tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov, tuman prokurori Javlonbek Muftullayev, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov, “Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻini profilaktika inspektori, shu bilan birga mazkur mahalla fuqarolar yigʻini faollari, bir guruh yoshlar ishtirok etdilar.

Yigʻilish qoʻlbola usulda tayyorlangan spirtli ichimliklar oldi-sotdisi bilan shugʻullanish jinoyatini sodir etgan shaxsning qilmishlariga oid videorolik namoyish etilib, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov ushbu videorolikda koʻrsatilgan jinoyatni sodir qilgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga koʻra ayb qoʻyilib, 2020-yilning 24-sentyabr kuni sud hukmi bilan tegishli jazoga tortilgani toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Sultonmurod Davletmurodov, mazkur jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatini eʼtiborga olib, ushbu shaxsga nisbatan belgilangan jazo choralari haqida batafsil toʻxtaldi. Bundan tashqari, mamlakatimizda odil sudlovni amalga oshirishda qoʻllanilayotgan kechirimlilik va yengillik berish choralari xususida tushunchalar berdi.

Tuman prokurori Javlonbek Muftullayev jinoyatchilik ahvoli, huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlari, jinoyatlarni fosh etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha maxsus telekoʻrsatuv tashkil etish hamda fuqarolarni huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga chaqiruvchi videorolik tayyorlab, Amudaryo televideniyesi orqali muntazam ravishda yoritib borishni tashkillashtirish, jamiyatimizda sogʻlom maʼnaviy muhit yaratilishida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Shu bilan birga “Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻini aholi vakillariga ushbu yigʻilish jarayonida  namoyish etilgan videorolikdagi spirtli ichimliklarning noqonuniy oldi-sotdisi bilan shugʻullangan shaxsga nisbatan qonunchiligimizga koʻra, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkinligi, lekin ayblanuvchi  yashaydigan mahalla raisi tomonidan berilgan kafolat xatiga asosan uni ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan, yaʼni, 5-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganini aytib oʻtdi. Shuningdek,  milliy qonunchiligimizdagi oʻzgarishlar va yangiliklar xususida gapirib, jinoyatchilikning oldini olishda barchani birdamlikka chaqirdi.

Yigʻilishda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov ham soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga koʻra, qoʻlbola usulda tayyorlangan spirtli ichimliklar oldi-sotdisi bilan shugʻullanish jinoyatini sodir etgan shaxsga  nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq  jazo tayinlanishi mumkinligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, Gulzor mahallasi faollari ham soʻzga chiqib, fuqarolar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda fuqarolar ham mahallada jinoyatchilikning oldini olishga hissa qoʻshishi lozimligini taʼkidladi.

Yigʻilishda “Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻini profilaktika inspektori tumanimizda sodir boʻlayotgan huquqbuzarliklar boʻyicha tegishli xulosalar chiqarib, bunday holatlarning oldini olish boʻyicha mahalla faollari bilan birgalikda aholi oʻrtasida targʻibot ishlarini keng yoʻlga qoʻyish va yuqoridagi kabi jinoyat va huquqbuzarliklar boʻlmasligi uchun bir yoqadan bosh chiqarib ish olib borish kerakligi toʻgʻrisida toʻxtaldi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026