HUQUQBUZARLAR YaRAShTIRILDI
Mastlik hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Ichkilik har qanday insonni aqlidan ayiradi. Uni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilgan odam qilayotgan xatti-harakatini anglolmay qoladi. Buning natijasida jinoyat koʻchasiga kirib qolishi ham hech gap emas.
Jasur Sobirov (ism-familiyalar oʻzgartirilgan) ham kechki payt spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holatida ovuldagi doʻkonga kirdi. U yerda jamoat tartibini buzayotganligini va atrofdagilarga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qilayotganligini yaqqol anglagan holda, hech qanday sababsiz, fuqaro Islom Otayevni urib, yengil darajadagi shikast yetkazdi. Bundan jahli chiqqan Islom Otayev ham qasd olish maqsadida Jasur Sobirovni urdi va uning jarohat olishiga sababchi boʻldi. Oqibatda Jasur Sobirov uzoq vaqt kasalxonada davolanishiga toʻgʻri keldi.
Huquqbuzarlik sodir qilgan Jasur Sobirov shunga qaramasdan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni, Islom Otayev esa Jinoyat Kodeksining 105-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblandilar.
Bu boʻyicha hududdagi fuqarolar yigʻinida boʻlib oʻtgan ochiq sud ishida ularga oid jinoyat ishi tomonlar tegishli tartibda yarashganligi munosabati bilan harakatdan tugatildi.
S.Davletmurodov, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶