SAYYoR SUDDA HUQUQBUZARLARGA JAZO TAYINLANDI
Çoyköl ovulida Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisi ötkazildi.
14-sentyabr kuni Çoyköl ovul fuqarolar yiğini binosi oldida ötkazilgan mazkur sayyor sud majlisida 2 nafar şaxsga nisbatan 2 ta jinoyat işi va 30 nafar şaxsga nisbatan 27 maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlar körib çiqildi.
Sayyor sud majlisida Özbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 1-qismi bilan ayblangan 1 nafar şaxsga nisbatan töplangan jinoyat işi sud tomonidan JKning 111-moddasi 2-qismiga qayta malakalanib, 2-yil 20 foizga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlandi. Özbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi 2-qismi bilan töplangan iş materialiga köra huquqbuzarga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi berildi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi 1-qismi bilan töplangan iş materiali asosida huquqbuzarga nisbatan BHMning 1 baravari, yaʼni 330.000 söm jarima jazosi, 3 nafar fuqarolarga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 52-moddasining 2-qismi bilan töplangan iş materiali böyiça har biriga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravaridan, yaʼni 660.000 söm jarima jazosiga tortildi.
Özbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi 1-qismida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan 2 nafar huquqbuzar ham 1-yil 6 oy muddatga barça turdagi transport vositalarini boşqaroiş huquqidan mahrum qilinib, bazaviy xisoblaş miqdorining 25 baravari, yaʼni 8.250.000 söm miqdorida jarima jazosi berildi. MJtKning 41-moddasi bilan töplangan iş materialiga köra huquqbuzarga nisbatan MJtKning 33-moddasi qöllanilib, bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravari, yaʼni 990.000 söm jarima jazosi qöllanildi.
Mazkur Kodeksning 133-moddasi bilan töplangan iş materialiga köra huquqbuzar va jabrlanuvçi özaro yaraşganligi sababli tegişli tartibda harakatdan tugatildi. Şuningdek, MJtKning 52-moddasi 2-qismi bilan töplangan iş ham huquqbuzarlar va jabrlanuvçilar özaro yaraşganligi sababli tegişli tartibda harakatdan tugatildi.
A.Safarov, Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶