OChIQ DARSDA MUSTAQILLIK GʻOYaLARI ULUGʻLANDI
Noyabr oyi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun biri-biridan qiziqarli tadbirlar, zavqli lahzalarga boy boʻldi. Ushbu oy davomida barcha umumtaʼlim maktablarida “Xorijiy tillar fan oyligi” muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Fan oyligi bilan birga 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan adabiy-musiqiy tadbirlar ochiq dars-mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.
Xususan, 30-sonli umumtaʼlim maktabida ham ushbu sana munosabati bilan «Bayrogʻimiz – faxrimiz!» mavzusida ochiq dars oʻtkazildi. Mazkur ochiq dars 10-“A” sinf rahbari B.Qurbonboyev tomonidan tashkillashtirishdi.
Ochiq darsda B.Qurbonboyev Oʻzbekiston Davlat Bayrogʻining qabul qilinishi, tanlangan ranglar, yarim oy va yulduzlarning mazmun-mohiyati xususida oʻquvchilarga zarur tushunchalar berdi. Oʻz navbatida oʻquvchi-yoshlar Oʻzbekiston Bayrogʻini madh etuvchi Oʻzbekiston xalq shoiri M.Yusuf, H.Xudoyberdiyeva sheʼrlarini mahorat bilan ifodali oʻqib berdilar.
Ochiq darsda davlat Bayrogʻining xalqimizni ezgu marralarga, kelajakka ruhlantirib turuvchi qudratga ega ekanligi, davlat Bayrogʻi mamlakatimizning boshqa ramzlari qatori har birimiz uchun qadrli ekanligini alohida eʼtirof etilib, oʻquvchilar tomonidan Oʻzbekiston madhiyasi ijro etildi.
Qiziqarli taassurotlarga boy oʻtgan ochiq darsda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari D.Hayitboyev, yoshlar yetakchisi M.Gulmonova hamda maktabning tarix fani oʻqituvchisi A.Norimbetovlar ishtirok etishib, dars jarayoni namunali tarzda tashkil etilganini, ushbu dars orqali oʻquvchi-yoshlar qalbida davlat ramzlariga nisbatan mehr-muhabbat, mustaqillik, vatanparvarlik gʻoyalariga hurmat va ehtirom tuygʻulari yanada mustahkamlanganini eʼtirof etishdi.
Gulasal Xalillayeva, 30-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶