15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 08:10
Fan va taʼlim 👁 234

QORAQALPOQ TILI BAYRAMIGA BAGʻIShLAB, “ANA TILIM – DANA TILIM” TADBIRI OʻTKAZILDI

QORAQALPOQ TILI BAYRAMIGA BAGʻIShLAB, “ANA TILIM – DANA TILIM” TADBIRI OʻTKAZILDI

Xalqimiz uchun baynalmilal tarbiya, biri-biriga qon-qarindosh xalqlar doʻstligini ulugʻlash, ularning tili, milliy-madaniy yodgorliklariga, anʼana va urf-odatlariga hurmat va eʼtibor koʻrsatish bobomeros qadriyat hisoblanadi. Ayniqsa, qon-qardosh xalqlarning tilini oʻrganishga boʻlgan eʼtibor tufayli koʻp millatli mamlakatimiz xalqi oʻrtasidagi oʻzaro mehr-oqibat tuygʻulari tobora mustahkamlanib bormoqda. Birgina bizning tumanimizda rus, qozoq, qoraqalpoq va turkman tillarida oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablari faoliyat yuritayotganining oʻzi millatlararo totuvlik, har bir millatning tili va adabiyotiga nechogʻlik eʼtibor qaratilayotganidan dalolatdir.

Maʼlumki, 1-dekabr – qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida nafaqat Qoraqalpogʻistonda, balki mamlakatimizda ham keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan davlat va jamoat tashkilotlarida, oʻquv muassasalarida bayramona tadbirlar boʻlib oʻtadi.

Joriy yilning 28-noyabr sanasida ana shunday tadbirlardan biri 16-sonli umumtaʼlim maktabida ham oʻtkazildi. “Ana tilim – dana tilim” deb nomlangan mazkur adabiy-musiqiy tadbirda maktab sahnasi bezatilishiga alohida eʼtibor qaratildi. Qoraqalpoq tili va adabiyoti namoyondalarining suratlari, asarlari hamda qoraqalpoq  xalq ogʻzaki ijodi namunalari, qoraqalpoq xalqining urf-odat va anʼanalarini aks ettiruvchi sahna bezaklari bilan bezatildi.

Tadbirni maktabning qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Aziza Jannazarova mahorat bilan olib bordi. Qoraqalpoq  xalq raqslari, sheʼr va qoʻshiqlari bilan kechada faol  ishtirok etgan maktabning 4- va 5-sinf oʻquvchilarining har bir chiqishi tadbir qatnashchilariga zavq-shavq bagʻishladi. Ayniqsa, maktabning qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Ziynegul Siytimova Qoraqalpoq mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti hamda qoraqalpoq adabiy tilining rivojlanish bosqichlariga bagʻishlangan maʼruzasi orqali oʻquvchi-yoshlarga juda koʻp maʼlumotlar berib oʻtdi.

Shuningdek, tadbirda Uyshin madaniyat uyi xodimi Polzoda Ubbiniyozova qoraqalpoqcha allalar kuylab berdi. Maktabning 7-sinf oʻquvchisi Shohinur Madaminova dutorda ijro etgan qoraqalpoq xalq kuylari, maktab oʻquvchilaridan Munisa Xudoyberganova, Guliraʼno Oʻrinboyeva, Gulnoza Gulmonovalar ijrosidagi qoraqalpoq va oʻzbek xalq raqslari kechaga oʻzgacha fayz bagʻishladi. Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari Ziynegul Siytimova, Aziza Jannazarova, Sanobar Xalillayeva, Nigora Ismoilova, Nasiba Xudoyberganova hamda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Rahima Saparboyevalar hamkorligida tayyorlangan “Ana tilim – dana tilim” deb nomlangan adabiy-musiqiy  tadbir barchaga juda manzur boʻldi.

Ushbu tadbirda maktab oʻquvchi-yoshlari taʼlim mobaynida nafaqat qoraqalpoq tili va adabiyoti, balki qoraqalpoq xalqining oʻziga xos urf-odat va anʼanalari ham mehr-muhabbat bilan oʻrganilayotganini adabiy-badiiy chiqishlar orqali ifoda etishdi. Shu bilan birga mazkur tadbir orqali oʻquvchi-yoshlarning qardosh xalqlar tili va adabiyotiga boʻlgan hurmat va eʼtibori, shu barobarida qiziqishlari yanada mustahkamlandi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026