XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGAŞINING 19-SESSIYaSI TÖĞRISIDA AXBOROT
Joriy yilining 26-oktyabr kuni Xalq deputatlari tuman Kengaşining 19-sessiyasi bölib ötdi. Sessiya majlisida tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, bölimlar rahbarlari, xalq taʼlimi muassasalari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar. Sessiya işiga tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev raislik qildi.
Sessiya kun tartibida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillaştiriş, ilm-fan sohasi rivojini jadallaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni loyihasi muhokamasi haqidagi masala körib çiqildi.
Sessiyada tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev nutq sözlab, sönggi yillarda mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oşiriş, yoş avlod egalarida zamonaviy bilim va könikmalarni şakllantiriş, taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini taʼminlaş borasida tizimli işlar amalga oşirilayotganligi xususida töxtaldi. Şuningdek, tizimni yangidan isloh qiliş, mamlakatimizda taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillaştiriş, jamiyatimizda öqituvçi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bölgan hurmat-eʼtiborni yanada oşiriş, taʼlim oluvçilarning kasbiy mahoratini rivojlantiriş, tizimda xususiy sektor iştirokini kengaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillaştiriş, ilm-fan sohasi rivojini jadallaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qilinganligini qayd etdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Mahmud Şermetovning axboroti tinglandi.
Axborotda taʼkidlanganidek, uşbu Farmon loyihasi Özbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirişning asosiy yönalişlari belgilab berilgani bilan ahamiyatlidir. Xususan, Farmon loyihasi bilan 2021-yil 1-maydan boşlab öquvçilari xalqaro fan olimpiadalarida ğoliblikni qölga kiritgan umumtaʼlim muassasalari pedagoglariga töğridan-töğri oliy malaka toifasi berilişi, umumtaʼlim muassasalari va kasb-hunar maktablari pedagoglariga 2020-yil 1-noyabrdan boşlab sinf rahbarlari uçun tölovlar 1,5 barobarga oşirilişi közda tutilgan.
Şuningdek, Farmon loyihasida körsatilganidek, 2024-2025 öquv yiliga qadar faoliyati davomida yuqori natijalarga erişgan umumiy örta, örta maxsus va professional taʼlim muassasalari pedagoglarining oylik maoşi mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 15 baravarigaça bosqiçma-bosqiç oşirilib borilişi esa öqituvçilarning mehnatini munosib rağbatlantiriş imkonini beradi hamda ularni öz ustida yanada köproq işlaşga undaydi.
Sessiya majlisida kun tartibiga qöyilgan masala yuzasidan xalq taʼlimi muassasalari rahbarlari, Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlarining fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi. Sözga çiqqanlar taʼkidlaganlaridek, uşbu qaror loyihasi taʼlim jarayoni iştirokçilari bölgan taʼlim beruvçi hamda taʼlim oluvçiga birdek yuksak masʼuliyat yuklaşi bilan birga, köplab yangi imkoniyat va şaroitlar yaratadi. Xususan, farmon loyihasida 2022−2023 öquv yilidan boşlab, umumiy örta, örta maxsus taʼlim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvçilarining şahodatnomasi, diplom ilovasidagi majburiy 11 yillik taʼlimning sönggi 6 yillik baholarining örtaça körsatkiçi kiritilib, uşbu körsatkiç oliy taʼlim taşkilotiga kiriş imtihonlarida inobatga olinişi taʼkidlangan. Qolaversa, 2021-yil 1-apreldan boşlab, hududiy xalq taʼlimi bölinmalari metodistlarining iş haqi miqdori oliy toifali öqituvçining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglaştirilişi körsatilgan.
Şu bilan birga öquvçilarining 95 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional taʼlim taşkilotlariga öqişga qabul qilingan va işga joylaşgan direktorlarga – 12 baravar, direktorning öquv işlari böyiça örinbosarlariga – 6 baravar hamda öquvçilarining 85–89 foiz qismi oliy hamda professional taʼlim taşkilotlariga öqişga qabul qilingan va işga joylaşgan direktorlarga – 6 baravar, direktorning öquv işlari böyiça örinbosarlariga – 3 baravar miqdorida mehnatiga xaq tölanişi belgilangan.
Sessiya majlisi yakunida tuman Kengaşi deputatlari özlari saylangan saylov okruglarida maktab rahbarlari, öqituvçilar hamda mahalla faollari bilan birgalikda Prezident Farmoni loyihasining mazmun-mohiyati böyiça tuşuntiriş işlari olib borişlari, aholining fikrlarini umumlaştirib tuman Kengaşiga takliflar berişlari lozimligi qayd etildi.
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan tegişli qaror qabul qilindi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶