25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 17:07
Jamiyat 👁 448

IPOTEKA KREDITIGA ENDILIKDA DAVLAT SUBSIDIYaSI BERILADI

IPOTEKA KREDITIGA ENDILIKDA DAVLAT SUBSIDIYaSI BERILADI

Oʻzbekistonda kam taminlangan, uy-joyga muhtoj, ogʻir vaziyatga tushib qolgan shaxslarga uy-joy sotib olish uchun davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Taʼkidlash joizki, subsidiya va arzon uy-joylar alohida tartib asosida beriladi hamda har biri uchun belgilangan mezonlar, talablar mavjud. Subsidiyalarga tegishli farmon chiqqanidan soʻng, arzon uy-joylar dasturi bekor qilinmagan.
Subsidiya oʻzi nima? degan savolga biz qisqacha javob berib oʻtadigan boʻlsak Subsidiya – daromadi yuqori boʻlmagan shaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlangʻich badal yoki kredit foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat byudjetidan toʻlanadigan va qaytarib berilmaydigan mablagʻlar hisoblanadi.
Boshlangʻich badal – bu birlamchi bozordagi ( yangi qurilgan ) uy-joylarni sotib olish uchun ajratiladigan mablagʻ. Shahar va qishloqlarda ularning qiymati har xil boʻladi.
Subsidiya ipoteka krediti boʻyicha foizlarni qoplash uchun ham berilishi mumkin. Misol uchun, qishloq joylarda – birinchi 5-yil davomida ipoteka krediti boʻyicha foizlarni qoplash uchun – 10 foizlik punktdan oshgan qismiga, shaharlarda ( shu jumladan, Toshkent shahrida ham ) – dastlabki badalning bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiyalar ajratiladi. Toshkent shahrida birinchi besh yil davomida kredit boʻyicha foizlarni qoplash uchun – 12 foizlik punktdan oshgan qismiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga subsidiya berilishi mumkin.
Har bir hududda quriladigan uy-joylar sonidan kelib chiqib, yil davomida ajratiladigan subsidiyalar miqdori haqida Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, qurilish vazirligi hamda tegishli hokimliklar tomonidan ommaviy axborot vositalarida maʼlumot beriladi. Subsidiya olish uchun arizani davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali elektron tarzda berish mumkin.
Subsidiya olish uchun arizalar 2020-yil 1-oktyabrga qadar qabul qilinadi.
Subsidiyalar faqatgina uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalar, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakat ijtimoy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa Oʻzbekiston fuqarolariga ajratiladi.
Subsidiya olish uchun fuqaro 18 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak, mehnat migrantlari nomidan ham oila aʼzolari ariza berishi mumkin.
Subsidiya va arzon uylar – bir xil tushuncha emas. Subsidiyalar uylarni bozor narxida xarid qilishga beriladi. Yaʼni, subsidiya va arzon uy-joylar – bir-biriga umuman aloqasi yoʻq, boshqa-boshqa tushunchalardir. Shuningdek, subsidiyalarga tegishli farmon chiqishi bilan arzon uy-joylar dasturi yopilgani yoʻq! Hokimliklar fuqarolarni qabul qilmasliklari boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish kiritilmagan.
Arzon uy-joylar uchun navbatlar davlat xizmatlari markazlaridan oʻzgartirilmaydi. Ushbu masalada mahalliy hokimiyatlarga murojaat etish lozim.
Subsidiya – bu boʻyicha ariza topshirgan har bir talabgorga pul mablagʻi beriladi degani emas. Buning uchun qator talab va holatlar, maʼlum tartib belgilangan. Subsidiya berilishi uchun avvalombor masʼul organlar vakillaridan shakllantirilgan maxsus komissiya ariza beruvchilarga mezonlar boʻyicha ball beradi.
Bunda masʼul organlar har bir hududdagi Ichki ishlar boʻlimi, Moliya boʻlimi, Davlat soliq inspektsiyasi, Bandlikka koʻmaklashish markazi, Kadastr korxonasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi, tuman hokimliklari, ishtirok etuvchi tijorat banklari hamda tibbiyot birlashmasi hisoblanadi.
Bularning hammasi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar haqqoniy ekanligini tekshirish uchun kerak.
Ijtimoiy uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni aniqlashga xizmat qiladi. Ball toʻplash uchun mezonlarga talabgor yoki uning oilasining daromadi (shahar va qishloq joylari uchun alohida koʻrsatkichlar belgilangan), turar joy maqomi (ijara yoki shaxsiy mulk), ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlganlar (mehnat migrantlari, yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, yolgʻiz ayollar va hokazo) , shuningdek, oilada nogironligi mavjud boʻlgan shaxslar inobatga olingan.
Subsidiya eng yuqori bal toʻplaganlarga tartib boʻyicha beriladi. Subsidiya olish uchun pasport, oila aʼzolarining pasporti va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (toʻliq oila va voyaga yetgan farzandi(lar) boʻlganda) va farzandlarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari (agar voyaga yetmagan boʻlsa) nusxasi, nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb topilgani toʻgʻrisida sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati toʻgʻrisida FHDYo organlari arxividan maʼlumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda), doimiy propiska joyidan kadastr raqami va turiga tegishli maʼlumotlar topshiriladi. Shuningdek, doimiy propiska joyidan uy daftarining yoki kvartira kartochkasining (17-shakl boʻyicha) nusxasi,  ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchining daromadi hamda ushlab qolingan daromad soliqlar haqida maʼlumotnoma (qoʻshimcha daromadlar boʻlsa soliq deklaratsiyasi) ham taqdim etiladi.
Ariza yakunlari boʻyicha talabgorga ijobiy javob olingan taqdirda fuqaro oʻzining tanloviga koʻra subsidiyani uy-joy sotib olish uchun boshlangʻich badal yoki kredit foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga qaratilgan mablagʻ shaklida olishi mumkin. Ajratilgan subsidiyalar agar talabgor ipoteka shartnomasi boʻyicha majburiyatlarini (toʻlovlarni) surunkali ravishda bajarmasligi oqibatida ipoteka shartnomasi bekor qilinsa, shartnoma boʻyicha undiriladigan mablagʻlar, shu jumladan, garovdagi uy-joy sotilishi hisobidan toʻliq ravishda qaytariladi.
Subsidiya olish jarayonida Davlat xizmatlari markazlari Sizdan faqatgina ariza olib qolib, tayyor natijani taqdim etishga vakolatli. Qolgan masalalar, yaʼni kimlarga qancha miqdorda subsidiyalar ajiratishni alohida komissiya hal qiladi. Bu ishga Davlat xizmatlari markazlari aralashmaydi.
Subsidiya bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat bir marta beriladi.

Gʻayrat Sobirov, tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026