RAGʻBAT – TAʼLIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OShIRADI
Maktablarda sinf rahbari oʻquvchilarga mehribon boʻlishi, ularning oʻsib-ulgʻayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat qilishi, yordamga muhtoj oʻquvchilarga yakka holda yondosha olishi lozim. Shu asosda ular qalbida milliy gʻurur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, masʼuliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni
uygʻotadi.
Maktablarda oʻtkazilib kelinayotgan “Eng faol oʻquvchi” va “Eng faol sinf” tanlovlari oʻquvchilar orasida sogʻlom raqobat, liderlik xususiyatini paydo qiladi. Buyuk ajdodlarimiz merosi va bugungi kunda bunyod etilayotgan inshootlar, maʼrifat maskanlari bilan tanishtirib borish, odob-axloq meʼyorlarini tatbiq etish imkoniyatini yaratadi.
Shunday fazilatga ega oʻquvchi butun sinfni orqasidan ergashtira oladi va “Eng faol oʻquvchi” nomiga sazovor boʻladi. “Eng faol sinf” tanlovi esa sinflar orasida ijobiy maʼnoda raqobat muhitini yaratibgina qolmay, ularning har tomonlama yetuk shaxs boʻlib tarbiyalanishi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hafta davomida eng koʻp yaxshi baho olgan, bilimlar bellashuvi, fan olimpiadasida, ochiq darslarda, jamoatchilik ishlarida, tadbirlarda faol qatnashgan oʻquvchilarni va eng faol oʻqituvchilarni ham maktabimiz direktori S.Xoʻjamurodova har chorak oxirida ragʻbatlantirib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlaydi.
Sinf rahbarlari eng jonkuyar, faol, farzandining taʼlim-tarbiyasiga befarq boʻlmagan ota-onalar uchun “Eng faol ota-ona” nominatsiyasi gʻolibligini belgilab, yil yakunida maktabimiz rahbariyati tomonidan “Faxriy yorliq”lar topshirib turadi.
Bunday ragʻbatlar sogʻlom raqobatni va samaradorlikni oshiradi.
Sanobar BOBONIYoZOVA, 40-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶