Tumanimizda IT-markaz oʻz faoliyatini boshlamoqda
Mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ular oʻrtasida axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlikni targʻib qilish pirovardida har tomonlama yetuk avlodni voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Aholi, shu jumladan, yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internet tarmogʻidan samarali foydalanishni tashkil etish uchun 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi doirasida Respublika boʻyicha raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil etilmoqda. Xususan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan tumanimizda ham IT-markaz oʻz faoliyatini boshlamoqda.
Joriy yilning 3-oktyabr sanasida mazkur IT-markazning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Axborot texnologiyalari va kommunikatsilarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Qahramon Yoʻldashev, “Oʻzbektelekom” aktsiyadorlik jamiyatining Davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlar buyicha direktor Mardon Berdiqlichev, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev va boshqalar hamda faol yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda taʼkidlanganidek, ushbu markazda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash asoslari boʻyicha yoshlarni oʻrgatuvchi oʻquv kurslari uchun kompyuter sinflari, oʻquv zali va PlayStation xonalari tashkil etilgan boʻlib, bularning barchasi yoshlarimizning bilimini, axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Maʼlumot tariqasida aytish joizki, bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 726 ta umumtaʼlim maktablarining 706 tasida 977 ta kompyuter sinflari mavjud boʻlib, jami 13 946 ta zamonaviy kompyuter texnikalari bilan taʼminlangan. Shundan, 668 ta kompyuter sinflari internet tarmogʻiga ulangan.

2020-yil davomida respublikadagi barcha shahar va tumanlardagi oʻrta taʼlim maktablarida informatsion texnologiyalari yoʻnalishida 880 ta toʻgaraklar tashkillashtirilib, toʻgaraklarga 13 157 nafar oʻquvchilar qamrab olingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirigi tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq jadvaliga asosan joriy yil davomida Qoraqalpogʻiston Respubikasining 13 ta tumanida, xususan, Amudaryo tumanida ham raqamli texnologiyalari oʻquv markazlari tashkil etilmoqda.
Aytish joizki, tumanimizda tashkil qilingan ushbu markaz “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da nafaqat yoshlarimizning zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallashlariga, balki tumanimizda turli sohalarga raqamli texnologiyalarning kirib kelishi, raqamli iqtisodiyotning rivojiga ham xizmat qiladi. Markaz tumanimiz yoshlarining sevimli maskaniga aylanib, ularning internetga, axborot texnologiyalari hamda zamonaviy kommunikatsiya vositalariga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirishiga ishonamiz.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶