BARKAMOL AVLOD TARBIYaSI –TARAQQIYoT ASOSI
Yurtimizda farzandlarimizning maktabgacha taʼlim olishlariga jiddiy eʼtibor qaratilib, maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bugungi kunda tumanimizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 106 ta boʻlib, shundan 50 tasi davlat, 3 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil qilingan nodavlat MTT va 53 tasi oilaviy nodavlat MTTlar hisoblanadi. Ularga qamrab olingan bolalar soni 9627 nafardan iboratdir. Hozirda tumanimizda maktabgacha yoshdagi bolalarni qamrab olish koʻrsatkichi 58,2 foizga yetdi.
Investitsiya dasturi aso-sida tumandagi 3 ta 6-, 20-, 13-sonli MTTlarda karantin qoidalariga amal qilgan holda rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Tosh yop ovuli hududida 100-oʻrinli davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish ishlari olib borilmoqda.
Hukumatning pandemiya sababli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida koronavirus infektsiyasining profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida qabul qilingan tegishli qarori bilan tumandagi barcha turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati vaqtincha toʻxtatildi.
Tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida karantin tartiblariga amal qilgan holda taʼlim-tarbiya ishlari masofaviy tarzda yoʻlga qoʻyildi.
Tarbiyachilar kunlik reja asosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda onlayn mashgʻulotlar oʻtmoqdalar. Tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalariga kundalik, haftalik ish rejasi mavzularidan kelib chiqib, videolavha orqali mashgʻulotlar oʻtib, vazifalar berib kelinmoqda. Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkiloti hamshiralari ham ota-onalar bilan muntazam ravishda aloqada boʻlib, bolajonlarning sogʻligidan boxabar boʻlib turmoqdalar.
Yurtimizdagi epidemiologik vaziyat biroz yaxshilanishi bilan pandemiya sharoitida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini qayta tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar asosida tumandagi 3 ta davlat-xususiy sherikchilik hamda 41 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari karantin qoidalariga amal qilgan holda faoliyatini qayta tikladi. Guruhlardagi tarbiyalanuvchilar soni 15 nafardan oshirilmagan holda taʼlim-tarbiya berib kelinmoqda.
Shuning bilan bir qatorda 2020-2021-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni betalofat oʻtkazish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlari atrofini obodonlashtirish, daraxtlarni oqlash, qozonxonalarni tozalash, tashqi isitish trubalarini izolyatsiya qilish, xonalarni tozalash, oʻyin maydonchalarini, oziq-ovqat omborxonalarini yangi oʻquv yiliga tayyor holga keltirish choralari koʻrildi. Shuningdek, 2020-2021-yillar kuz-qish mavsumi uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 908,5 tonna koʻmir yetkazib berish rejalashtirilgan boʻlib, hozirgi kunda jami 544,5 tonna koʻmir yonilgʻisi keltirildi. Shundan 209 tonna koʻmir va 335,5 tonna koʻmir briketi bilan taʼminlandi. Koʻmir yonilgʻisi yetkazib berish ishlari davom etmoqda.
Zamonaviy taʼlim-tarbiya jamiyat taraqqiyotining muhim asosi hisoblanadi. Biz esa kelajak egalari boʻlgan yosh avlodga mana shu taʼlim-tarbiya ishlarini amalga oshirishga masʼulmiz.
Yosh avlod tarbiyasiga masʼul boʻlgan tarbiyachilar, murabbiylar, oʻqituvchilarni 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
Saida SODIQOVA, tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶