Jamiyat
👁 2,534
Oʻzbekning
Yurt gʻamin oʻzining gʻami bilganlar,
Imonni diliga tugʻday ilganlar,
Xalqi uchun jonin fido qilganlar,
Koʻnglining toʻrida yashar oʻzbekning.
Shahar, qishloq, yurtning baland-pastida,
Qari-yu yosh - yaratmoqlik qasdida,
Shu sababli butun dunyo nazdida,
Nufuzi tobora oshar oʻzbekning.
Hayot - sinalmoqqa berilgan imkon,
Mulki borliq ichra nuqtaday bir on.
Bunda ezgulik ish qilolgan inson,
Obroʻsiga obroʻ qoʻshar oʻzbekning.
Vatan uchun kimki qilolsa xizmat,
Topolgay oʻziga mangulik izzat,
Shunday boʻlsin, deya har kimga qismat,
Tilak bilan tongi otar oʻzbekning.
Koʻp millatli Vatan gulshani aro,
Ahil yurtda baxtli har bir fuqaro.
Madhin aytsa arzir ahli shuaro:
Rizq-roʻzi kunba-kun toshar oʻzbekning.
Ahmad Nafasov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶