25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 17:05
Jamiyat 👁 326

EL NAZARIDAGI INSON

EL NAZARIDAGI INSON

Qaysi oilada murosa yaxshi boʻlsa, fayzi ostonasidan bilinib turadi. Hovlisi atrofini koʻriboq shu yerda qanday odamlar yashashini tasavvur etish mushkul emas. Kimning qandayligi oʻtirish-turishidan ham maʼlum.

Qilichboy ovulining markazida shunday xonadon bor: koʻchadan oʻtgan odamning diqqatini tortgulik, to hovli tomigacha tutashgan nafarmon rangli ochilib turgan gullar hovli oldiga tangaday oftob tushirmaydi. Tom baravar boʻyli, tartib bilan ekilgan archalar atrofga oʻzgacha fayz-tarovat baxsh etib turadi. Hovli tomon yurib, atroflarida, tomorqa chetlarida, tomorqa oʻrtasidagi yoʻlakcha boʻylab qiygʻos gullab turgan turfa gullar husni-yu iforiga, goʻzalligiga qoyil qolmay ilojingiz yoʻq. Beixtiyor hayrat, havasdan koʻz oldingizdagi ajib nafislik va goʻzallikni ifodalashga soʻz topa olmay qolasiz.

Mening bu taʼriflarimni oʻqib, gulchilik bilan shugʻullanib, yaxshigina daromad olayotgan oila haqida gap boshlayapti, deb aslo oʻylamang. Bu Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahrom Qodirovning xonadonidir.

Salkam 60 yosh ostonasiga  yetgan Bahrom Qodirov oilada 12 nafar farzandning biri edi. Oʻrta maktabni tugatgach, oʻz qiziqishlariga binoan Fargʻona Politexnika institutida injener-mexanik mutaxassisligi boʻyicha oʻqidi. 21-yil Qilichboyda faoliyat yuritgan sobiq Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida direktor oʻrinbosari, keyinchalik ushbu kollej direktori vazifalarida ishladi. 2019-yilda boʻlib oʻtgan ovul fuqarolar yigʻinlari raislari saylovida qilichboyliklarning ishonchiga sazovor boʻlib, ushbu masʼuliyatli lavozimga saylandi. Uning zimmasiga 5452 nafar aholi istiqomat qiluvchi ovulda turmush sifatini yaxshilash, aholining kam taʼminlangan qatlamini moddiy qoʻllab-quvvatlab, oʻz hayotidan rozi boʻlib yashashiga, oilalarda oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlik barqaror boʻlishiga erishish, har qanday huquqbuzarliklar, qonun buzilishlarining oldini olish, bir soʻz bilan aytganda, har bir oilaning tinch-osoyishta va farovon yashashini taʼminlashdek masʼuliyatli vazifalar yuklandi.

Ovul hududini aylanib, odamlar hayoti bilan,  ovul fuqarolar yigʻini faoliyati bilan tanishgan kishi  B.Qodirovning oʻz vazifasini qanday ado etayotgani haqida aniq tasavvurga ega boʻla oladi. Yigʻin 2015-yilda “Eng namunali fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” koʻrik-tanlovining quyi bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, mamlakat bosqichida faol ishtirok etganligini eʼtirof etish oʻrinli. Keyingi yillarda ham ovulda aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratishga alohida eʼtibor berilmoqda. 2020-yilda yangi rais ovul Turkmaniston davlati bilan chegara hududda joylashganligi sababli aholi orasida chegaraoldida tinchlik-osoyishtalik saqlanishi uchun tushuntirish-targʻibot ishlarini yaxshi olib borganligi uchun Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli 9202 harbiy qism komandirining tashakkurnomasini olishga erishdi.

Yoʻldosh Jumaniyozov agrar sohada ishlab, yoshga doir pensiyaga chiqqaniga ham ancha boʻldi. Biroq oyoq uzatib, hayotga tomoshabin boʻlib oʻtirgisi kelmay, uyda chorvasi, tomorqasiga qarashadi. Faoliyatini kengaytirish uchun choravasini  koʻpaytirishga maslahatga kelgan edi, oqsoqol uni qoʻllab-quvvatladi va yangi gʻoyalar ham berdi. Ovulda veterinariyaga oid dori-darmonlar bilan savdo qiluvchi doʻkon yoʻq, farzandlarining xususiy oziq-ovqat doʻkoni yoniga qoʻshimcha xona qurib, ana shunday faoliyatni yoʻlga qoʻysa, ovuldoshlar ehtiyoj uchun Mangʻitga borib ovora boʻlib yurishmasdi, yangi qulaylik yaratilgan boʻlar edi.

Keyin otaxon nodavlat oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti ochish niyatida qurayotgan binosida olib borilayotgan ishlar haqida gaplashdilar.

Koʻngli koʻtarilib, oqsoqoldan minnatdor boʻlib qaytayotgan otaxon “otangga rahmat”, deb qoʻydi.

Bunday damlar uning hayotida tez-tez takrorlanib turadi. Shu el tashvishi bilan yashab oʻtayotgan kunlari besamar ketmayotganiga, xizmatlarini el eʼtirof etayotganiga quvonadi, shahar tusiga kirgan ovul markazini, barcha hududlarini aylanib, odamlar ongu-tafakkuridagi yaxshi yashash uchun intilishlarni anglab, quvonadi. Axir shu eldagi har bir yaxshi ish, bunyodkorlik, oʻzgarish, yangilanish yaxshilikdan, farovonlikdan darak beradi-da.

Hayotdan faqat berganingni olasan, deydi donolar. Agar shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, B.Qodirovning hayotga bergani ham, olgani ham bir necha kishiga ulush boʻlgulik: 11 nafar farzand uchirma boʻlgan ota hovlisini hududdagi 27-maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi boʻlib ishlagan turmush oʻrtogʻi bilan obod, fayzli, bagʻri keng maskanga aylantirdi, ikki qiz, bir oʻgʻilni el koriga yaraydigan es-hushli, odobli, ilmli qilib voyaga yetkazishdi, hozir ularning ikkovi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishadi. Oʻgʻli Dilmurod 15-maktabda yoshlarga taʼlim-tarbiya berish bilan birga hayotda otasining ishonchli suyanchigʻi, koʻmakchisi. U “Elmurod” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tuzib, Qilichboy ovuli markazida bank krediti hisobiga ikki qavatli ulkan bino qurib, oziq-ovqat doʻkoni, tikuvchilik xonasi, ayollar va erkaklar salonlari, maishiy texnikalarni taʼmirlash ustaxonasi, non pishirish tsexi, toʻlov qabul qilish shoxobchasini tashkil qildi. Bu yilgi oliygohlarda oʻqish istagida boʻlgan hudud yoshlarining hujjatlarini ham onlayn topshirishga koʻmaklashdi.

Bino yertoʻlasida esa mineral oʻgʻitlar bilan savdo qiluvchi doʻkon faoliyat yuritadi. Barchasi tomorqa yeriga, ijara yerga ega, azal-azaldan dehqonchilikda moʻl hosil yetishtirish hadisini olgan qilichboyliklar uchun ham, hududdagi boshqa ovul, mahallalar fuqarolari uchun ham bu juda yaxshi qulaylik boʻldi, vaqt, mablagʻ sarflab oʻgʻit uchun Mangʻitga kelib ketishdan qutulishdi.

Yana oilaning ikki gektarlik ijara yeri ham bor. Turli ekinlar ekib, moʻl hosil olishadi. Tomorqasining oʻzidan-oq bir yillik oila ehtiyojini qoplaguday kartoshka, piyoz, sabzi, pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri, sarim-soqpiyoz, baqlajon kabi ekinlardan hosil olinadi.

Mevasidan shoxlari egilib turgan olma, shaftoli, anjir kabi mevali daraxtlarni koʻrgan kishining havasi kelishi tayin. Bodom, chilonjiyda, doʻlana kabi hududimizda kam uchraydigan mevalar ham B.Qodirovning tomorqasida bor. Yana hovli atrofi aylana qilib ekilgan 40 tup atirgul va oʻn xildan ortiq turli gullar hovliga oʻzgacha fayz berib turibdi.

Oltmish yosh ostonasiga borib qolgan, elda obroʻ-eʼtiborli bu insonga  shuncha ishlarni yoʻlga qoʻyishga yoʻl-yoʻriq, dalda berib oʻtirguvchi inson – onasi, toʻqson yoshga yetay deb turgan Bika momo ekan.

Umr boʻyi agrar sohada mehnat qilgan turmush oʻrtogʻi bilan farzandlarini oq yuvib, oq tarab, ne bir mashaqqatlar evaziga voyaga yetkazgan onaxon 33-yil maktabda farroshlik qilgan, uyda tomorqa, chorva bilan shugʻullanib, farzandlarini zoriqtirmay yedirib-ichirib, oyoqqa qoʻygan boʻlsa-da, hamon zehni oʻtkir, chor-atrofidagi voqealarga faol munosabat bildiradi, farzandlariga, nevaralariga maslahatlar berib oʻtiradi.

Ona-bolaning oʻzaro suhbatlashib oʻtirgan lahzalariga guvoh boʻlgan kishi farzandiga fidoyi ona va uning bagʻrida dunyo  tashvishlaridan xoli bolakayni koʻrganday boʻladi, goʻyo. Nevara, chevara, evaralarining sonini ham bilmaydigan (axir ular koʻpchilik) nuroniy onaxonning koʻzlari zaiflashgan boʻlsa-da, oʻzi tetik, ziyrak, farzandlari, nevara, evaralarini qadamidan ajratib oladi.

Oiladagi oʻzaro hamjihatlik, mehr-oqibat kishi havasini keltiradi. Uch nafar nevaralari onasi qolib “ota”, “ota”lab talpinib turganidan B.Qodirovning bolajonligini anglash qiyin emas. Biroq har bir kun yakunlanganida oʻgʻli Dilmurodning nima ishlar qilganligi, qaysi mablagʻni qanday sarflagani-yu ertagi kungi rejalari haqida hisobot olib oʻtirganida uning qiyofasida tadbirli va qattiqqoʻl otani koʻrish mumkin. Halollik, toʻgʻrisoʻzlik, insof uning hayotda amal qiladigan asosiy qoidalari.

Ahil oilaning har bir kunini yozuvchi maroqli hikoya sahifalariga oʻxshatgan ekan. Ana shunday oila bunyod etgan insonlar chinakam baxtiyor insonlardir.

El nazaridagi inson Bahrom Qodirov shundaylar sirasidan. Biz unga ilohim, yurt gʻamida ishlab charchamang, deya tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA,

Mahmud ShOMURODOV, gazetaning maxsus muxbirlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026