XALQ BANKINING AMUDARYo TUMAN FILIALI KAPITAL TAʼMIRLANIB, FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDI
Bugungi kunda Özbekiston Respublikasi Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki mamlakatdagi iqtisodiy barqarorlikni taʼminlaşga, tadbirkorlikni rivojlantirişga hissa qöşayotgan eng yirik bank muassasalaridan biri sanaladi. Bank oldida turgan asosiy vazifalardan biri öz salohiyatini barqarorlaştiriş hamda mijozlarning bankka bölgan işonçini oşiriş, xizmat körsatişning yuqori darajasiga erişiş, bank xizmatlari körsatişga zamonaviy texnologiyalarni joriy qiliş hisoblanadi. Bankning Amudaryo tumani filiali xodimlari ham uşbu maqsad va vazifalarni amalga oşirişda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Joriy yilning sentyabr oyidan boşlab, bank xodimlari rekonstruktsiya qilingan, zamonaviy körinişdagi yangi binoda öz işini davom ettirişmoqda. 14-sentyabr kuni Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki Amudaryo tuman filiali binosining mukammal taʼmirdan keyin oçiliş marosimi bölib ötdi.
Marosimda Amudaryo tumani hokimi S.Yöldaşev va boşqalar sözga çiqib, kapital taʼmirdan çiqarilgan bank binosida mijozlar va işçi xodimlar uçun barça şaroitlar yaratilganini eʼtirof etib, quruvçilarga minnatdorçilik bildirdilar va bank xodimlarining kelgusidagi işlarida omad tiladilar.
Bank boşqaruvining buyurtmaçiligi asosida pudratçi taşkilot “Manğit Ideal Quriliş” MÇJ tomonidan 1 mlrd. 850 mln. söm mablağ evaziga bino kapital rekonstruktsiya qilindi. Yangi binoda xodimlar va mijozlar uçun barça qulayliklar yaratilgan bölib, xonalar zamonaviy jihozlar va kompyuter tizimlari bilan taʼminlangan. Mijozlar uçun alohida kutiş zali taşkil qilingan. Binoda yaratilgan barça qulaylik hamda şart-şaroitlar bank iş faoliyatining unumdorligini taʼminlaşga xizmat qilişi şubhasiz.

Maʼlumot tariqasida aytiş joizki, bugungi kunga kelib, Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki tuman filiali tomonidan 556 ta yuridik mijozlarga hamda 8 mingga yaqin jismoniy şaxslarga xizmat körsatib kelinmoqda. Filialda jami 53 nafar xodim xizmat faoliyatini olib boradi. Bank xodimlarining samarali mehnati natijasida tumanda istiqomat qiluvçi 15 mingga yaqin pensionerlarga pensiya pullari, şuningdek, kam taʼminlangan oilalarning 2 yoşgaça hamda 14 yoşgaça bölgan bolalariga beriladigan nafaqa pullari öz vaqtida yetkazib berilmoqda.
Bank maʼmuriyati yangi ğoyalar va yangi strategik maqsadlarni belgilagan holda mijozlarga körsatiladigan xizmatlarni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişga, şuningdek, zamonaviy bank xizmatlarini yölga qöyiş orqali moliyaviy xizmatlar bozori körsatkiçlarini yanada oşirişga harakat qilmoqdalar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶