VATANIMIZ TARAQQIYoTIGA MUNOSIB HISSAMNI QOʻShAMAN
Mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Kelajak avlod egalarini yanada qoʻllab-quvvatlash, ular bilan bogʻliq muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va hal qilishda tashabbus koʻrsatishlariga imkoniyat yaratish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzurida Yoshlar parlamenti tuzildi.
Bu esa oʻz navbatida mustaqil Oʻzbekistonimiz kelajagi boʻlgan biz yoshlarga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning namunasi desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Biz har birimiz istiqlol bergan neʼmatlardan oqilona foydalanib, kelgusida yurtimiz ravnaqiga oʻz hissamizni qoʻshmogʻimiz, Vatanimizning dunyo hamjamiyatida tutgan oʻrnini yanada yuksaltirmogʻimiz zarur.
Men ham oʻzimning qisqa davr mobaynidagi faoliyatim davomida amalga oshirgan kamtarona mehnatim evaziga kelajak avlod egalarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuzilgan Yoshlar parlamenti aʼzoligiga munosib deya topildim.
Oʻzimga bildirilgan yuksak ishonchni oqlashga astoydil intilaman va yurtimizdagi intiluvchan, iqtidorli, qobiliyatli yoshlarni aniqlash, ularni qoʻllab-quvvatlashni maqsadim deb bilaman. Jamiyat hayotida ertamiz egalarining tutgan oʻrnini yanada mustahkamlashga oʻz hissamni qoʻshishda davom etib, Vatanimizga munosib farzand boʻlishga harakat qilaman.
Sherali Jumamurodov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶