25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 18:04
Jamiyat 👁 281

YuRTNING OBOD MANZILLARI

YuRTNING OBOD MANZILLARI

Mamlakatimiz oʻz mustaqilligiga erishganiga 29-yil boʻldi. Oʻtgan yillar davomida xalqimiz oʻz inon-ixtiyorini qoʻlga olib, oʻz hayotini  oʻzi qurish, yurtimizni obod, ozod maskanga aylantirib, baxtli, saodatli turmush kechirishga erishish borasida zalvorli qadamlar tashladi.

Bu ijobiy oʻzgarishlar  natijasida jamiyatimiz qiyofasi butunlay oʻzgardi, odamlarning ong-u tafakkuri, bilimi, intellektual  salohiyati oshdi, yoshlar ilm-maʼrifati, maʼnaviyati tufayli barcha sohalarda inqilobiy oʻzgarishlar yasalmoqda.

Tumanimizning chekka hududlaridan sanalmish Qipchoq ovulida ham buningdek xayrli evrilishlarni har qadamda uchratasiz.

Ovulning Qayrovul va Koʻkchi aholi punktlarida 3572 nafar oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman, rus, tatar, koreys va boshqada turli millat vakillari ahil va hamjihatlikda oʻz hayotlarini halol mehnatlari bilan bezab yashamoqdalar.

Ovul fuqarolar yigʻiniga uzoq yillar taʼlim sohasida faoliyat olib borgan, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Soatboy Nametov raislik qiladi.

Uning ish kunlari odatda turmushidagi turli muammolariga yechim topishda yordam soʻrab, yo bir xayrli ishni boshlashda maslahatlashmoqchi boʻlib kelgan fuqarolarni qabul qilishdan boshlanadi.

Biz ovul hayoti bilan, ovulda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar bilan tanishish uchun tashrif buyurgan kunimiz ham yigʻinda ana shunday ish maromi hukmron edi. Murojaatchi Jumaboy Choʻtboyev oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun kredit olishda yordam soʻrab, jamoatchi obodonlashtirish xodimi Gulnora Hayitboyeva oilasiga moddiy yordam soʻrab murojaat  qilishdi. Rais bularning barini oʻz ish daftariga qayd etib, hal qilishga harakat qilishini bildirdi.

Ota-onasidan bevaqt ajralib qolgan Munira Moʻminova esa rais oʻrinbosari Zulfiya Matyoqubova bilan kelgusi rejalari haqida suhbatlashmoqda. Xullas, bu yerga tashrif buyuruvchilarga imkon qadar moddiy-maʼnaviy koʻmak, huquqiy maslahatlar beriladi. Yigʻin xodimlarining asosiy  maqsadi aholining tinch-osoyishta, farovon yashashlariga erishish.

Ravon yoʻllar, biri-biridan koʻrkam, zamonaviy uslubda taʼmirlangan obod hovlilar, muhtasham savdo shoxobchalari, maishiy xizmat koʻrsatish obʼektlarini koʻrib, qishloq aholisi hayoti shaharlardagidan kam emasligiga iqror boʻlasiz. Joriy yilning oʻzida Koʻkchi aholi punktidagi Istiqlol koʻchasi asfaltlandi, 120-oʻringa ega maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qurilayapti, ikkita yangi elektr energiyasi uzatuvchi transformator oʻrnatildi.

Ovuldagi 59 nafar nogironligi boʻlgan shaxslardan muntazam  xabar olib turiladi va moddiy, maʼnaviy qoʻllab-quvvatlanmoqda. Koronavirus pandemiyasi davrida daromadidan ayrilgan, vaqtincha ishsiz qolib, iqtisodiy qiyinchilikka uchragan fuqarolar ijtimoiy himoya qilinmoqda. Shuningdek, kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarni fermer xoʻjaliklari otaliqqa olib, oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga muntazam koʻmak berishayapti. Ovulning oʻz orzulari yoʻlida dadil intilib, oliygohlarda taʼlim olayotgan 21 nafar yoshlari pandemiya davrida darslarini onlayn davom ettirish bilan bir qatorda maktab oʻquvchilarining  ham  kundalik darslarini yaxshi  oʻzlashtirib borishlariga yordam berishdi, shuningdek, yozgi taʼtilni koʻngilli va maqsadli oʻtkazishlariga bosh boʻlishdi.

Pandemiya davrida  ishsiz aholining bandligini taʼminlash maqsadida 22 nafar fuqaroga Aholi bandligiga koʻmaklashish  markazi tomonidan yengil konstruktsiyali issiqxonalar qurib berildi va daromad topib, oilasi iqtisodini yaxshilashlariga sharoit yaratildi. Asli ushbu hududdagi kasb-hunar kollejida ishlab chiqarish taʼlimi ustasi boʻlib ishlagan Mansur Yoʻldoshev kollej tugatilgach, ishsiz qoldi. Buni inobatga olgan holda tomorqasiga Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan issiqxona qurib berildi.

Hozir Mansur Yoʻldoshev ushbu issiqxonasidan kunora 50-60 kilo bodring yetishtirib, bozorga chiqarmoqda.

Ovul hududini kezgan kishi amalga oshirilayotgan oʻzgarishlardan, odamlar  hayotidagi yuksalishlardan koʻngli togʻday koʻtariladi. Hovlisi xutor holda joylashgan Tursunboy ota  Yusupovning tomorqasi, uyi atrofidagi egalik huquqi  mavjud yeri 49 sotixdan ziyodroq ekan. Otaxon keksaydim demay, ayoli Sharifa ona bilan hovlisi atrofidagi ajoyib gulzorlarni, bogʻni oʻzi bunyod etgan. “Yerga ixlos  ota-onamdan oʻtgan, mexanizatsiya mutaxassisligiga oʻqigan boʻlsam-da mexanik, texnik, boʻlim  boshligʻi vazifalarida ishlab yurib, qoʻlimni dehqonchilikdan uzmadim, tomorqamga  eng sara mevalar koʻchatlarini ekdim, hozir bogʻimda shaftoli, olma, behi, uzum, nashvatilarning  chamasi 200 tupdan ziyodi bor. Mevalarini bozorga olib borsak, damda sotib tugatamiz”, deydi otaxon. Uning gulga ixlosi zoʻrligini hovli atrofida qulf urib ochilib turgan anvoyi gullardan ham sezish  mumkin. Odatda biz koʻpincha bunday mashgʻulotlar bilan yoshlar shugʻullanishadi, deb oʻylaymiz. Tursunboy ota, ayoli Sharifa  ona gullar haqida, ularning koʻchatini qaysisini qayerdan, qachon olib kelib ekkanlari-yu, qanday parvarishlaganlari haqida gapirsalar, toʻgʻrisi, hayratimizni yashira olmadik.

Ovulning nuroniy keksalaridan biri, toʻqson yoshni qoralagan pir-u badavlat onaxon Oyim momoning uch oʻgʻlidan biri shifokor, ikkovi oʻqituvchi, kelinlari ham oʻqituvchi boʻlishsa-da, tadbirkorlikka ham qiziqishdi. Kichik oʻgʻil Gulmirza oʻqituvchilik qilish bilan birga 15-yil avval 2,5 gektar yerni ijaraga olib, yaxshi niyatlar bilan taqir yerga olma, shaftoli, uzum kabi mevali daraxtlar koʻchatlarini ekkan edi. Hozir ushbu koʻchatlar azim daraxtlarga aylanib, mevalari yurtdoshlarimiz dasturxonini bezamoqda. Mevalari koʻpligidan shoxlari egilib-egilib turgan daraxtlarga qarab, beixtiyor insonning  haqiqiy yaratuvchi ekanligiga, halol  mehnat ana shunday moʻl rizq bunyod etishiga imon keltiradi, odam.

Gulmirza Ahmedovning aytishicha, bogʻdan oilasi ehtiyoji, qarindoshlariga, ovuldagi kam taʼminlanganlarga ulashganlaridan tashqari 40 mln. soʻmdan ziyod daromad olinar ekan. Uning yaqin koʻmakchilari ayoli –taʼlim faxriysi Sveta, ikkinchi oʻgʻli Adhamlardir. Biroq  maktabni tugatib, oliygohga kira olmagan Adham oʻqish fikridan voz kechmagan holda dadasiga koʻmaklashish bilan birga oʻz tadbirkorligini ham yoʻlga qoʻydi: “Mikrokreditbank”ning 36 million soʻm krediti hisobiga zotdor mollar sotib olib, oilasi qoramollari sonini 15 taga yetkazdi.

– Oʻzimizda, bogʻ ichida mollar uchun ozuqa ekinlari yetishtirish imkoni bor. Yaʼni, hozir 15 ta molning omuxta yemini sotib olamiz, oʻti esa oʻzimizdan, kuniga 30-35 litr atrofida sut sotamiz, bu – foyda, – deydi yosh tadbirkor.

Oyim momoning  katta oʻgʻli Yoʻldoshboy Ahmedov 2003-yilda xususiy klinika faoliyatini yoʻlga qoʻygan edi. Oliy toifali terapevt, 36 yillik shifokorlik tajribasiga ega Yoʻldoshboy Ahmedov ovul hududidagi foydalanilmay turgan boʻsh obʼektga 312,9 million soʻmlik investitsiya kiritib, 11 ta ish oʻrni yaratdi.

Ushbu klinikada UZI, FEK, EKT, Iridoskop apparatlari yordamida bosh ogʻrigʻi, oshqozon-ichak, bel va oyoq ogʻrigʻi, qon bosimi, oʻt va buyrak toshi kabi koʻpgina kasalliklarga aniq tashxis qoʻyilib, samarali davolanadi. Noanʼanaviy tibbiy usullarda davolash turlari ham keng qoʻllaniladi. Yaʼni, inson tanasidagi quvvat igna sanchish orqali tenglashtirilib, sogʻlomlashtiriladi. Shuningdek, fizioterapiya, issiqlik vannasi, magnitli banka, bel choʻzish apparatlaridan ham keng foydalaniladi.

Klinikada tumanimiz fuqarolaridan tashqari qoʻshni viloyatlardan, respublikamizning  turli hududlaridan, Nukusdan bemorlar kelib davolanib, Yoʻldoshboy Ahmedovdan  minnatdor boʻlib ketishmoqda.

Ovul fuqarolar yigʻinining jamoatchilik asosidagi qaynonalar Kengashi raisi Oysha ona Ismoilova, mutaxassis Zulfiya Matyoqubova va ovul nuroniylari hamkorlikda shu yilning oʻzida ajrashish yoqasiga borib qolgan, ishi sudda koʻrilayotgan beshta oilani saqlab qolishga muvaffaq boʻlibdi. Yana nizoli bir nechta oilalarda tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilib, osoyishtalik oʻrnatilgan. Natijada ajrashish qayd etilmagan. Bu raqamlar shunchaki aytishga oson. Aslida esa ularning zamirida necha-necha voyaga yetmagan, bolaligini shodon oʻtkazishga haqli, begunoh oʻgʻil-qizlar taqdiri bor.

Ana shunday ezgu ishlarga bosh boʻlayotgan Oysha onaning xonadoniga kirsangiz – xuddi ulkan shaharlardagidan qolishmaydigan sharoitni koʻrasiz. Taʼlim faxriysi boʻlgan Oysha Ismoilova turmush oʻrtogʻi vafot etib ketgach, uch oʻgʻil, uch qizni muallimligidan topgan oyligiga  oʻqitib, uyli-joyli qilgan, ikki  nafari shifokor, toʻrt nafari oʻqituvchilik qilib, yurt koriga yarayapti. Otasi vafot etganida 10 yosh boʻlgan kichik oʻgʻil Hamza Nukus Davlat Pedagogika institutida dotsent, fan nomzodi boʻldi. Uchala kelin ham oʻqituvchi, biroq ular uy, tomorqa ishlariga ham, farzand tarbiyasiga  ham vaqt topishadi. Oilada shirinliklar, un, moy, choydan boshqa hamma kerakli mahsulotlarni oʻzlari yetishtirishar ekan.

Ovuldagina emas, tumanimizga taniqli, mahsulotlari xaridorgir hunarmand Bahodir Yoʻldoshev oʻz  xonadoniga qoʻshimcha qurgan ikki  xonasida oʻgʻli Gulmirzayev Jahongir bilan badiiy-milliy naqshlar bilan bezatilgan uy-roʻzgʻor buyumlari, mebellar, deraza va eshik romlari yasab, oila tebratadi. Yakka  tadbirkor sifatida ish yuritayotgan Bahodir Yoʻldoshev tayyorlagan mahsulotlar oʻziga xosligi, pishiq-puxta ishlanganligi va koʻrkamligi bilan ajralib turadi.

Muborak Xolmurodova yoshligidan tikuvchilikka qiziqqan va turli liboslar tikish bilan shugʻullanib kelgan. U oʻz faoliyatini  qonuniy asosda yakka tadbirkor sifatida tashkil etib, “Xalq banki” tuman filialining imtiyozli krediti hisobiga yana uchta zamonaviy tikuv mashinalari sotib oldi va qizlari Sarvinoz, Zulayholarga ham kasbini oʻrgata boshladi, ovulning ishsiz 2 nafar qizlarini ham shogirdlikka  olib, turli rusumdagi barcha mavsumlarga xos kiyimlarni, palto, kurtkalarni, deraza va eshik pardalarini ham tikishni yoʻlga qoʻydi.

Ovulning intiluvchan yoshlaridan biri Rasul Nametov “Xalq banki” tuman filialining 20 million soʻm krediti hisobiga avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, yuvish xizmatlarini amalga oshiradigan “Jayxun neʼmatlari” oilaviy korxonasini tashkil etib, 3 ta yangi ishchi oʻrin yaratdi.

Ovul hududini kezsangiz, har qadamda yaratish, yashnatish niyatida fidoyi mehnat qilayotgan kishilarni uchratasiz, yaxshi ishda hikmat koʻp deganlariday, koʻrganlaringizdan quvonasiz. Shu boisdan ham ovul kezib koʻrganlarimizdan sizlarni ham bahramand etgimiz keldi, aziz gazetxon!

Oygul RAJABOVA, Mahmudjon ShOMURODOV, gazetaning maxsus muxbirlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026