13 YoŞLI ... TÖGARAK RAHBARI
13 YoŞLI ... TÖGARAK RAHBARI
Har kuni tongda badantarbiya bilan şuğullanadigan qizining bugun odatdagidan boşqaça
kayfiyatda, hovlidagi orom kursida hayolga tolib ötirganini körgan Gulbahor ona
emasmi, biroz xavotirlandi.
- Qizim, biron joying oğriyotgani yöqmi?
– deya Nargizaning yuziga tikildi.
- Yöğ-ye, onajon, soppa-soğman, mana
qarang!
Özining
soğlomligini isbotlaş uçun Nargiza hovli sahnida u yoqdan-bu yoqqa ömbaloq oşib
körsatdi. Qöliga koptok olib, gimnastika maşqlarini bajara boşladi.
Gulbahor
baribir xotirjam bölolmadi. Nonuşta paytida hamon xayollari tarqoq ötirgan
qizini siquvga oldi:
-
Örtoqlaring bilan arazlaşgansan yo bölmasa, birovdan gap eşitgansan, nima
bölganini ayt, - dedi qatʼiy qilib.
- Aytsam, sen hali yoş bolasan,
demaysizmi? – onasiga kulib qaradi Nargiza.
- Avval ayt, nima gapligini bilaylik-çi,
u yoğini öylab köramiz, - hazillaşdi Gulbahor.
- Men mahallamizda badiiy gimnastika
tögaragini oçsammikan deb öylayotgandim…
Gulbahor qizidan heç qaçon xayoliga
keltirmagan gapni eşitib, ham hayron böldi ham yoşgina qizaloğining jurʼatidan
quvondi. Endigina 13 yoşga tölgan qizining xuddi kattalarday jiddiylik bilan
katta işga qöl urayotgani unga özgaça ruh bağişladi. Avval «Çordara» mahallasi
oqsoqolining diniy maʼrifat va maʼnaviy-ahloqiy tarbiya masalalari böyiça
maslahatçisi Feruza Olloberganova bilan maslahatlaşdi. Tuman madaniyat va sport
işlari böyiça bölim mudiri Şuhrat Yusupov, 1- BÖSM direktori örinbosari Baxtiyor Rajabov, Nargizaning ustozi, badiiy gimnastika
tögaragi rahbari Maʼmura Matyoqubovalar Gulbahor Matsafoyevani
qöllab-quvvatlaşdi. Qizi Nargizaning badiiy gimnastika tögaragi faoliyatini
yuritişida yaqindan yordam berişdi. 1-madaniyat saroyi binosida böş turgan
xonalardan birini Nargizaning maşğulotlar xonasi uçun ajratib, jixozlab berişdi.
- Badiiy gimnastika sportining zarur
anjomlaridan bir qismini öz hisobimdan olgan bölsam, asosiy anjomlar bilan
madaniyat va sport işlari bölimi va «Çordara» mahallasi maʼmuriyati taʼminlab,
qizimni qöllab-quvvatlaşdi, - deydi mamnuniyat bilan Gulbahor Matsafoyeva.
Ota-onasi, «Çordara» mahallasi qömitasi
hamda tuman madaniyat va sport işlari bölimi rahbariyatining qöllab-quvvatlaşi
natijasida 30-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi Nargiza Xalillayeva badiiy
gimnastika tögaragi maşğulotlarini boşlab yubordi. Boşlanişida 8-10 nafar
dugonalari, qöşni qizaloqlar iştirokida maşğulotlar ötkazgan bölsa, ikki oy
içida Nargizaning şogirdlari 60 nafardan oşib ketdi.
- Nargiza badiiy gimnastika bilan
şuğullana boşlaganida 4-sinf öquvçisi edi, - deydi öz şogirdi haqida 2-BÖSM
badiiy gimnastika tögarigi rahbari Maʼmura
Matyoqubova. – Intiluvçan, tirişqoq va öziga nisbatan öta talabçan bölgan
Nargiza Xalillayeva yoş bölsa-da tengdoşlaridan ança özib ketdi. U köplab musobaqalarning ğolibi. Tumanda ötkaziladigan
barça musobaqalarda Nargiza doim 1-örinni egallab keladi. Bizning bu sportçi
qizimizdan umidimiz katta.
Maʼmura Matyoqubova rahbarligidagi badiiy
gimnastika tögaragi maşğulotlarida çiniqib, sportning bu turi böyiça öz
uslubiga ega bölgan Nargiza 2009-2010-yillarda tuman miqyosida turli sanalar
munosabati bilan ötkazilgan barça bellaşuvlarda ğoliblik şohsupasidan joy olgan
bölsa, 2011-2012-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida ötkazilgan
«Umid nihollari» sport öyinlarida ketma-ket 3-örin ğolibasi böldi.
Nargiza Xalillayevadagi öziga xos uslub,
çiroyli badiiy çiqişlaridagi epçillik va gözal harakatlar u iştirok etgan
bellaşuvlar hakamlar hayʼati nazaridan çetda qolmadi. 2012-yilning yanvar oyida
Nargiza Xalillayevani özidan ikki yoş katta, 1997-yilda tuğilgan qizlar iştirokidagi
tuman miqyosidagi bellaşuvga taklif etişdi. Izlanuvçan va tirişqoq Nargiza bu
gal özidan katta yoşdagi gimnastikaçi opalarini
doğda qoldirib ham 1999-yilda, ham 1997-yilda tuğilgan gimnastikaçi qizlar
örtasida mutlaq ğoliblikni qölga qiritdi va tumanning birinçi raqamli sport
malikasiga aylandi.
Yaqinda, şu yilning 23-iyul kuni
Nargizaning hayotida eng quvonçli voqea röy berdi. Şu kuni u öz orzularini
amalga oşiriş uçun dadil qadam qöydi. 1-tuman madaniyat saroyida Nargiza
Xalillayeva rahbarligidagi badiiy gimnastika tögaragining tantanali oçiliş
marosimi bölib ötdi.
- Biz Nargiza kabi qizlarimiz bilan
faxrlanamiz, - dedi marosimda sözga çiqqan tuman hokimi muovini Xonimjon
Rajabova. – Çunki hurmatli Prezidentimiz I.Karimov başorat qilganlari kabi
«farzandlarimiz bizdan köra aqlli, bilimdon va kuçli» bölib voyaga yetişmoqda.
Buni 13 yoşida sport tögaragi oçib, atrofiga mahalladagi qizlarni yiğib, har bir
kunini mazmunli ötkazayotgan, tumanimiz sportini yuksaltirişga hissa qöşişga bel
boğlagan Nargiza qizimizning jasorati va jurʼatida körib turibmiz.
Marosimda Nargizaning onasi Gulbahor
Matsafoyeva, 1-BÖSM direktori muovini Baxtiyor Rajabov, «Mahalla» xayriya jamoat
fondi tuman bölimi mutaxassisi Nazokat Jumamurodova, ota-onalardan Muhabbat
Tursunboyeva, Maryam momolar öz nevaralari uçun bunday tögarak juda katta foyda
ekanligini mamnuniyat bilan taʼkidlaşdi.
Nargizaning orzulariga qanot bağişlagan
«Çordara» mahallasi fuqarolar yiğini raisi maslahatçisi Feruza Olloberganova, tumanda sportning badiiy gimnastika turini ilk marta şakllantirgan «Olmazor»
mahallasi fuqarolar yiğini raisi maslahatçisi
Gulnora Örozboyevalar Nargiza Xalillayevaning bu işini soğlom avlodni tarbiyalaş borasidagi fidoyilik deb baholaşdi.
- Nafosat va gözallikni özida jo etgan
badiiy gimnastika tumanimizning har bir xonadoniga kirib borişini xohlayman.
Sababi, sportning bu turi bilan şuğullangan qizlar radikulit,
revmatizm, turli böğim kasalliklari, asab tizimi xastaliklariga çalinişmaydi.
Köz va quloqning asab tolalari mustahkamlanadi. Jismoniy kamçiliklar esa umuman
kuzatilmaydi. Qaddi-qomati gözal bölib ösişadi. Men bu maʼlumotlarni internet
tarmoği orqali bilib olgaç, mahallamiz qizlari gözal va barkamol, soğlom bölsin
deb badiiy gimnastika tögaragi oçişni niyat qilgan edim. Bu borada menga işonç
bildirayotgan, yordam berayotganyurtdoşlarimning işonçlarini oqlaşga harakat qilaman, - öz orzulari haqida
tölib-toşib sözlaydi Nargiza. - Hali körasiz, işontirib aytamanki, bizning
tumanimizdan Respublika va Özbekiston çempionlari yetişib çiqişadi. Qobiliyatli
qizlar juda köp. Faqat öqiş, örganiş va mehnat qilişdan çarçamaslik kerak.
- Balki Nargiza Xalillayevaning özi jahon
arenalariga çiqar? - umidbaxş orzulari haqida
bilgimiz keladi uning.
- Albatta! Men çiqmasam, dugonalarim, şogirdlarim çiqişadi!
Nargiza
qatʼiy işonç bilan gapirarkan, tögarakning 4-5 yoşli jajji aʼzolari bajarayotgan
çiroyli maşqlarni kuzatamiz. Ular Nargiza körsatgan har bir harakatni ixlos va
fidoyilik bilan bajarişar, to Nargiza opasi: «ana endi böldi», demagunça bitta
harakatni 10-20. hatto 30-40-martalab takrorlaşdan erinmasdilar. Bu jajji
qizaloqlar vujudiga kuç, qalblariga intiliş baxş etgan sabrni, matonatni körib
beixtiyor quvonib ketadi odam.
- Istiqbolga intilgan bolalaring bilan
omon böl, Vatan! –deya baralla hayqirging keladi.
13 yoşli tögarak rahbariga dilda havas uyğonadi. Dildagi havas va quvonç tilga
köçadi:
- Kelajakka dadil boqib turgan Vatanning qudratli
qanotlari – yoşlar, Nargizalar omon bölsin!
Robiya YÖDOŞEVA,
Allambergan JUMANIYoZOV,
"Amunews.uz”muxbirlari.

Suratlarda: 1. Tögarak rahbari Nargiza Xalillayeva
şogirdi Matluba bilan navbatdagi maşq paytida.
2. Nargiza Xalillayeva (çapdan birinçi) şogirdlari –
badiiy gimnastika tögaragi aʼzolari bilan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶