16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 21:40
Jamiyat 👁 399

FHDYo organida bir kun

FHDYo organida bir kun

Kundalik hayotimizda oʻz turmush tarzimiz bilan bogʻliq muammolarimiz yuzasidan turli idora va tashkilotlarga murojaat qilamiz. Qaysi maqomdagi idora yoki tashkilot boʻlishidan qatʼiy nazar, yaqin-yaqinlargacha rahbarlar huzuriga kirish, arz-hol aytish anchayin mushkul boʻlganini hammamiz yaxshi bilamiz. Qogʻozbozlik, ertaga kel, indinga kel, qabilidagi ortga siltashlar xalqimizni qanchalar ovorai-sarson qilganini eslasak, bugungi rahbar bilan kechagi rahbarning maʼnaviy saviyasi biri-biridan keskin farq qilishini anglash qiyin emas.

Darvoqe, rahbar maʼnaviyati uning muomalasidan tortib, jamiyat ichida oʻzini tutishi-yu, oʻzi rahbarlik qilayotgan idora yoki tashkilotning xalq bilan qanchalik yaqinligida namoyon boʻladi. Bekorga Prezidentimiz “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilni barcha boʻgʻindagi rahbarlar uchun xalq bilan ishlashishning asosiy mezoni sifatida kun tartibiga aylantirmadilar. Bugun quyidan yuqorigacha barcha toifadagi rahbar xodimlar xalq oʻz muammolari bilan huzuriga kelishini kutib oʻtirganlari yoʻq, balki ularning taklif va muammolarini bevosita xalq ichiga kirib borib, joyida hal etishmoqda. Tuman FHDYo boʻlimining bir kunlik faoliyati bilan tanishganimizda buning yaqqol guvohi boʻldik.

Joriy yilning 9-iyul sanasida FHDYo boʻlimi xodimlari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan ertalabki besh daqiqalik suhbatda barcha xodimlar jam boʻlishib, karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda, ertalabki soat 9 dan ishga kirishdilar. Fuqarolarni qabul qilishda ham har bir kishi karantin qoidalariga boʻysunishi lozimligi tushuntirildi. Shu kungi rejaga koʻra, Vasiylik va homiylik organi vakili boquvchisiz yoki qarovsiz qolgan bolalarga tugʻilganlik haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan FHDYo boʻlimiga kelib, tumanning turli hududlarida yashovchi, lekin tugʻilganligi haqidagi guvohnomasini olmagan bolalar boʻyicha zarur maslahatlar oldi.

Toryop mahalla fuqarolar yigʻini maʼmuriyati tomonidan koʻrsatilgan ijtimoiy yordam tufayli ushbu hududda yashovchi fuqarolar Bazarbayev Yergʻaliy Jubatxanovich va Muhayyo Tursunboyevalarning 2017-yil, 2-mart kuni tugʻilgan va vaqtida tugʻilishi qayd etilmagan qiz farzandiga tugʻilganlik haqida guvohnoma hamda ushbu er-xotinning qonuniy nikohi qayd qilinib, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalari topshirildi.

Bu ishlar FHDYo boʻlimi ofisida amalga oshirilgan boʻlsa, shu kunning oʻzida FHDYo boʻlimi mudirasi Sanobar Xolboyeva Amir Temur nomli ovulda istiqomat qiluvchi fuqaro Shamshed Berdiboyevaga taalluqli ish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudida ishtirok etib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uning ish kuni tushlikka yaqin Oʻrta qalʼa ovulidagi xonadonlardan birida davom etdi. Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova hamda Oʻrta qalʼa OFY raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari F.Qurbonovalar bilan hamkorlikda bir oilaning ajrashib ketishining oldini olishga muvaffaq boʻlishdi. Ikki yoshning oʻzaro kelishmovchiligiga barham berildi.

Xalq orasiga kirib borib, muammolarini joyida hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirildi. S.Xolboyeva mahallalardagi kam taʼminlangan oilalarga kirib bordi. Xususan, Mangʻit shahrining Chordara mahallasida istiqomat qiluvchi ikki nafar voyaga yetmagan yosh bolalari bor yolgʻiz ona Intizor Qurbonboyevaning muammolarini oʻrgandi va kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini xayriya sifatida topshirdi.

FHDYo boʻlimi tomonidan xalqqa xizmat koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash, muammolarini joylariga chiqib oʻrganish va ijobiy hal etishga qaratilgan bu kabi ishlar salmogʻi juda keng qamrovli boʻlib, har bir fuqaroning murojaatiga alohida eʼtibor va hurmat nazari bilan qaraladi. Soʻnggi yillarda aholiga tezkor va sifatli huquqiy xizmatlarni taqdim etish maqsadida FHDYo xodimlari arxiv hujjatlarini raqamlashtirish boʻyicha ish olib borishmoqda.

– Hozirgi kunda FHDYo boʻlimi arxivida 1935-yildan to bugungi kungacha boʻlgan arxiv maʼlumotlari, yaʼni tugʻilganlik, nikoh, oʻlim va nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari saqlanmoqda, – deydi boʻlim mudirasi Sanobar Xolboyeva. – 2014-yilga qadar 233 mingga yaqin turli toifadagi hujjatlar raqamlashtirilib, yagona elektron FHDYo arxiviga kiritildi. Bu jami arxiv hujjatlarining 70 foizini tashkil etadi.

FHDYo boʻlimi xodimlarining bir kunlik ish jarayoni bilan tanisharkanmiz, bugungi FHDYo organlari tom maʼnoda xalqqa tezkor va sifatli, shu bilan birga samarali xizmat koʻrsatayotganiga guvoh boʻldik.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026