16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 22:07
Jamiyat 👁 230

Joriy yilning 7 oyi davomida tuman FHDYo boʻlimi tomonidan 2666 ta tugʻilganlik holati qayd etildi

Joriy yilning 7 oyi davomida tuman FHDYo boʻlimi tomonidan 2666 ta tugʻilganlik holati qayd etildi

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevral kungi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan 2020-yil 1-apreldan boshlab fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari Adliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazilgan edi.

Oʻtgan qisqa vaqt mobaynida Amudaryo tumani Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimida barcha qogʻoz hujjatlar raqamlashtirilib, tugʻilish, nikoh, ajrim, oʻlim holatlarini qayd qilish va boshqa qogʻoz hujjatlar elektron bazaga kiritildi.

Ayni paytda boʻlimda fuqarolarga samarali xizmat koʻrsatilmoqda. Boʻlim xodimlari ovul va mahallalarga chiqqan holda, sayyor ravishda ham fuqarolarning murojaatlarini oʻrganib, huquqiy maslahatlar berish, amaliy yordamlar koʻrsatish maqsadida muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etib kelmoqda. Ushbu uchrashuvlar, koʻrsatilayotgan huquqiy xizmatlar aholiga juda katta qulaylik yaratmoqda va huquqiy bilimlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilning 7 oyi davomida boʻlim tomonidan 2666 ta tugʻilganlik holati qayd etilgan boʻlsa, shundan oʻgʻil bolalar 1388 nafar, qiz bolalar 1278 nafarni tashkil qildi. Ushbu davr mobaynida 849ta nikoh qayd etilgan boʻlib, shundan 108tasi tantanali tarzda qayd etilgan. Nikohdan ajralish holati esa 97ta boʻlib, shundan 14tasi oʻz arizasi asosida Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimida, 83tasi sud qaroriga koʻra amalga oshirilgan. 7 oy davomida 678 ta oʻlim holati qayd etilgan.

Hozirgi paytda mamlakatimiz boʻylab Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabr kungi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorida koʻrsatilgan tartibda xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilmoqda. Qarorga muvofiq, tugʻilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarida qayd etish tartibi 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida boshlangan boʻlsa, shu yil 1-iyundan butun respublika hududida joriy etila boshlandi.

Endilikda tugʻilganlik holati Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan maʼlumotnoma beriladi. Ushbu maʼlumotnoma tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi. Mazkur maʼlumotnomani davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.

Shuningdek, qarorda nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun arizalarni Sirdaryo viloyatida Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazilishi, huquqiy eksperiment 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-iyulgacha amalga oshirilishi koʻrsatilgan edi. Shunga koʻra, qaror bilan nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun davlat xizmatlari markazlari orqali arizalar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik maʼmuriy reglament tasdiqlandi. Nikohga kirish haqida ariza berilganda nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolar yigʻinini xabardor qilish tartibi bekor qilindi.

Undan tashqari, endilikda nikohdan ajratish haqida ariza berilganda er-xotinni yarashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun er-xotin yashash joyidagi tuman oila va xotin-qizlar boʻlimlariga elektron axborot tizimi orqali xabar berish tartibi yoʻlga qoʻyiladi. Fuqarolar familiya, ism va ota ismini oʻzgartirishda tekshiruv oʻtkazish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari tomonidan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali ichki ishlar organlariga soʻrovnoma yuborish va xulosa olish tartibi ham joriy qilinadi.

Tizim orqali amalga oshirilayotgan, fuqarolarga yaratilayotgan qulayliklardan yana biri bu – tugʻilganlik haqidagi guvohnoma shakllantirilayotganda shu vaqtning oʻzida bolani doimiy yashaydigan manziliga roʻyxatga va Maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyishdir. Bundan tashqari, bir martalik beriladigan nafaqa puliga roʻyxatga qoʻyish ham shu vaqtning oʻzida amalga oshirilmoqda.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatida eksterritorial tamoyilning yoʻlga qoʻyilgani fuqarolarga yanada qulay boʻlmoqda. Fuqarolar doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan joyidan va yuridik shaxslarning pochta manzili, yaʼni joylashgan yeridan qatʼiy nazar, istalgan hududda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish idoralariga murojaat qilish imkoniyatidan foydalanishmoqda. Bu esa aholi va tadbirkorlarni ortiqcha vaqt hamda mablagʻ sarflashdan xalos qilayotgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026