16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 21:38
Jamiyat 👁 1,123

Koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat yuzasidan Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning tuman aholisiga MUPOJAATI

Koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat yuzasidan Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashevning tuman aholisiga MUPOJAATI

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!

Bugungi kunda butun dunyo aholisini tashvishga solayotgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu kasallik dunyo boʻyicha shu kungacha 12 milliondan ortiq odamda qayd qilinib, yarim milliondan koʻproq kishining oʻlimiga sababchi boʻldi. 10-iyul holatiga mamlakatimiz boʻyicha 11 ming 723 nafar kishi ushbu kasallikka chalinib, 52 nafar yurtdoshimiz vafot etdi.

Afsuski, Amudaryo tumanida ham koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Shu sababli tumanimiz 2020-yil 8-iyul sanasidan boshlab karantin darajasi boʻyicha “Qizil” toifaga oʻtkazildi.  Qolaversa, Pespublika maxsus komissiyasi qarori bilan 10-iyuldan 1-avgustga qadar respublika boʻyicha qator karantin cheklovlari joriy etildi.

 

Kasallik keng tarqalishining oldini olish maqsadida Amudaryo tumanida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shu kunga qadar tuman boʻyicha 3853 nafar fuqarolar tibbiy kuzatuvga olingan. Shundan 291 nafari chet davlatlardan, 3562 nafari esa Toshkent shahri va boshqa viloyatlardan kelgan fuqarolar hisoblanadi. Tibbiy kuzatuvga olingan shaxslarning 3516 nafari bugungi kunda 14 kunlik karantindan chiqarilgan. Hozirda jami 337 nafar shaxs tibbiy kuzatuvda qolmoqda.

Kasallikka qarshi kurashish maqsadida tumanda maxsus himoya kiyimlari, dezinfektsiyalovchi moddalar va vositalar zaxirasi yetarli miqdorda yaratilgan. Tegishli soha xodimlari kuchaytirilgan tartibda ishga jalb etilib, barcha xududlarda profilaktik dezinfektsiya ishlari olib borilmoqda.

Tashkil etilgan ishchi guruh otryadlari tomonidan har kuni Dexqon bozori va savdo yarmarkalari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari hududidagi umumjamoat joylari, oziq-ovqat, maishiy xizmat obʼektlari, koʻp qavatli uylar va bolalar maydonchalari, xizmat koʻrsatuvchi tashkilot va karxonalarda dezinfektsiya tadbirlari amalga oshirilmoqda. Tuman xududiga kirib keluvchi yoʻllarda 3 ta postlar tashkil etilib, avtotransport vasitalarini avtomatik dezinfektsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Muntazam ravishda tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Ichki ishlar boʻlimi, Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda karantin qoidalari boʻyicha tushuntirish-targʻibot ishlari davom ettirilmoqda.

Shu oʻrinda aytib oʻtmoqchimizki, har birimiz oʻzimiz va oila aʼzolarimiz salomatligi uchun qaygʻurishimiz, oʻz hayotimizni asrashga oʻzimiz masʼul ekanimizni unutmasligimiz lozim. Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, bu boradagi ishlarni “Temir intizom” asosida davom ettirishimiz kerak.

Aziz yurtdoshlar!

Shuni unutmangki, karantin talablariga rioya qilmaslik, ruxsat berilgan vaqtdan tashqari koʻchada va jamoat joylarida boʻlish, avtotransport vositalarini boshqarish tegishli tartibda maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi!

Shunday ekan, hayotiy zarur ehtiyoj boʻlmasa, koʻchaga chiqmang! Niqob taqishni, qoʻlingizni tez-tez sovunlab yuvishni unutmang! Boshqalar bilan muloqot qilganda ijtimoiy masofani saqlang! Kasallikning dastlabki belgilari sezilgan zahoti “Tez yordam”ga murojaat qiling!

Fursatdan foydalanib, barchangizga sabr-toqat, mustahkam sogʻlik tilayman!

Hurmat bilan, S.Yoʻldashev - Amudaryo tumani hokimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026