"FAVQULODDA VAZIYaTLAR PROFILAKTIKASI OYLIGI" DOIRASIDA TARĞIBOT TADBIRLARI ÖTKAZILMOQDA
Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegişli buyruğiga asosan joriy yilning 1—30-noyabr kunlari oraliğida mamlakatimiz böylab "Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi" ötkazilmoqda. Mazkur oylik doirasida amalga oşiriladigan profilaktik çora-tadbirlarni manzilli taşkil etiş orqali aholi keng qatlamlari orasida favqulodda holatlar sodir bölişining oldini oliş böyiça soha xodimlari tomonidan tuşuntiriş, tarğibot-taşviqot işlari olib borilmoqda.
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan oylik doirasida amalga oşiriladigan işlar böyiça rejaviy jadval işlab çiqilib, tumanning barça hududlaridagi ijtimoiy soha obʼektlari va aholi xonadonlarining kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holatlari örganilmoqda.
Ayniqsa, aholi xonadonlarida sodir bölişi ehtimoli bölgan baxtsiz hodisalarning oldini olişga qaratilgan nazorat tadbirlari jarayonida quyidagi holatlar aniqlanib, qonuniy çoralar körilmoqda. Jumladan, isteʼmolçilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulaniş, tabiiy gaz tarmoğiga isitiş qozonlari hamda gaz plitalarini rezina şlanglar orqali ulaş, taqiqlangan gaz söriş uskunalaridan foydalaniş holatlariga mutasaddilar tomonidan çek qöyilmoqda.
Bundan taşqari, energetika obʼektlarida profilaktik tadbirlarni samarali taşkil etiş orqali idora va taşkilotlar, ijtimoiy soha obʼektlari, işlab çiqariş korxonalari, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, xavfli işlab çiqariş korxonalarining işçi-xizmatçilarini jalb qilgan holda maxsus taktik-öquv maşqlari ham ötkazilib, yonğin, is gazidan zaharlaniş, havo-gaz aralaşmasining çaqnaşi bilan boğliq noxuş hodisalarning oldini olişga qaratilgan keng qamrovli tuşuntiriş-tarğibot tadbirlari olib borilmoqda.
Amalga oşirilayotgan profilaktik tarğibot-taşviqot tadbirlari tumanning eng çekka hududlarida ham amalga oşirilib, aholi xonadonlaridagi dudburonlar, isitiş qozonlarining sozligi nazorat qilinib, kamçiliklar joyida bartaraf etilmoqda. Şu bilan birga, aholiga yonğin çiqişining oldini oliş, favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qiliş zarurligi yuzasidan batafsil maʼlumotlar taqdim etilib, muhim yöl-yöriq va tavsiyalar berilmoqda.
Kezi kelganida şuni alohida taʼkidlaşni istardikki, yonğin, is gazi — qölsiz, oyoqsiz, tilsiz yov. Şuningdek, havo gaz aralaşmasining çaqnaşi ham inson hayoti uçun xavfli, körinmas ofat. Ana şu tilsiz yov — körinmas ofatga qarşi kuraşiş, xonadonlarimizda baxtsiz hodisa sodir bölişining oldini oliş esa öz qölimizda. Har birimiz öz xonadonimizdagi isitiş tizimlarini işlatişdan oldin ularning soz yoki nosozligini sinçiklab közdan keçirib, dudburonlarni tozalatib qöysak, özimiz va yaqinlarimizning hayoti va soğliğini asragan, favqulodda vaziyatlarning oldini olgan bölamiz.
Aziz yurtdoşlar! Tumanimizda "Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi" doirasidagi profilaktik nazorat va tarğibot tadbirlari davom etmoqda. Mazkur oylik doirasidagi tadbirlarda faol iştirok eting va jamiyatimiz farovonligi hamda osoyiştaligiga öz hissangizni qöşing!
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶