QALAMI OʻTKIR, SOʻZI SALMOQLI JURNALIST
Har bir mehnat jarayoniga qadam qoʻygan insonning kasbni, mutaxassislikni puxta egallashida, kasbiy malakasi oshib, kamol topishida ushbu jamoada unga ustozlik qilgan insonlarning xizmati beqiyosdir.
Amudaryo tumani matbuoti rivojiga ulkan hissa qoʻshgan, Xonimjon Rajabova, Zebo Rajabova, Oygul Rajabova, Robiya Yoʻldosheva, Ziyoda Sadaddinova, Roza Orziboyeva, Ozoda Xudoyberganova kabi qalami oʻtkir jurnalistlarning ilk mehnat faoliyatini boshlashlarida yoʻl-yoʻriqlar, maslahatlar berib, qoʻllab-quvvatlagan, ustozlik qilganlarning biri Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, “Shuhrat” medali sohibi Allambergan Jumaniyozovdir.
U bu masʼuliyatli kasbda 45-yildan beri mehnat qilib keladi. Avval “Amudaryo haqiqati” gazetasi maxsus muxbiri, boʻlim boshligʻi, masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishladi. Keyinchalik 1992-yilda xalq deputatlari tuman Kengashi ijroiya qoʻmitasi tashkiliy boʻlimi mudiri, tuman hokimligi tashkiliy boʻlimi mudiri vazifalarini ado etdi. Ogʻir kechgan bozor munosabatlariga oʻtish davrlarida, koʻpgina davriy nashrlar oʻz-oʻzini mablagʻ bilan taʼminlay olmay, ikki-uch oyda bir marta yorugʻlikka chiqqan, hatto ayrimlari tugab ketganida, 1995-yildan muharrirlik faoliyatini boshlab, 2011-yilning oxirigacha ado etdi.
Ustoz jurnalist bu yil tabarruk 70 yoshini qarshiladi. Lekin hamon safda, sevimli kasbidan qoʻlini uzgani yoʻq.
Allambergan Jumaniyozovni umrining 70-yillik dovoni va 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz.
Qalami oʻtkir, soʻzi salmoqli otaxon jurnalistga tolmas kuch-quvvat, ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Sevara ISMOILOVA,
QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶