OTAM HAQIDAGI SOʻZLAPIM
Oilada otadek aziz nom har bir inson uchun qadrli. Men har gal otam haqida oʻylaganimda yuragimda chuqur iz qoldirgan mehr chashmasining taftini his etaman...
Otam, Sherimbetov Yerimbet, 1928-yilda Xorazm viloyatining Mangʻit tumanidagi Kalinin qishloq sovetida (hozirgi Qoraqalpogʻiston Pespublikasining Amudaryo tumani Kuyuk koʻpir OFY) dehqon oilasida tugʻilgan. 1943-yilda yetti yillik maktabni tugatib, kolxozda ishlagan. 1946-yildan esa oʻsha davrdagi Oʻzbekiston nomli oʻrta maktabida boshlangʻich sinf oʻqituvchiligidan pedagogik faoliyatini boshlaganlar. Oʻsha davrlarda oʻqituvchi yetishmasligi sababli aʼlochi oʻquvchilarni maktabda oʻqituvchi qilib ishga olib qolishgan. 1947-yil yozida Xiva shahridagi Pedagogika bilim yurtining sirtqi boʻlimiga oʻqishga kiradi. 1950-1953-yillarda sobiq Sovet Armiyasi safida xizmat qiladi. Xizmatdan soʻng, pedagogika bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlaydi. Pedagogik faoliyatdan ajralmagan holda, 1957-yil yozida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining sirtqi boʻlimiga oʻqishga kirib, 1962-yilda uni muvaffaqiyatli tugatadi. Nafaqaga chiqqunga qadar u shu maktabda oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi boʻlib ishladi. Pedagogik faoliyati davomida qanchadan-qancha shogirdlar yetishtirdi. Ularning sanogʻiga yetish qiyin. Shogirdlarining koʻpchiligi ayni paytda nafaqada va nafaqa yoshida.
U menga ham mehribon ota, ham jonkuyar va talabchan ustozdir. Har bir ishda, uyda oʻz oʻgitlari va maslahatlarini berib borar edilar. Ishga halol yondashishni, bolalarga oʻz mehrimni, bilimimni berishim zarurligini uqtirardilar. Otam shogirdlari davrasida oʻzini juda baxtiyor his etardilar. El ichida ustoz deya eʼzozlanib, katta obroʻ-eʼtibor qozondilar.
Men doim otamga oʻxshashga harakat qilardim. Uning har bir harakati, oʻzini tutishlari, kiyinishlari, odamlar bilan muomalasi ibratli edi.
Oilamizda toʻqqiz nafar farzand edik. Hammamizni mehr bilan voyaga yetkazib, taʼlim-tarbiya olishimizga sharoit yaratib berdilar. Hammamizning oʻqimishli, ilmli insonlar boʻlishimizda, hayotda oʻz oʻrnimizni topishimizda ularning roli katta. Farzandlarining biri shifokor, biri gidrotexnik, yana biri elektrik, kutubxona xodimi, tarbiyachi va oʻqituvchi boʻlib yetishishdi.
Otam yoshiga nisbatan yosh koʻrinardi, chaqqon edilar. Uning kasal boʻlib yotganlarini hech eslayolmayman. Afsuski, farzandlarining bevaqt oʻlimi, onamning ham qazo qilishlari otamning qaddini bukib qoʻydi. 2006-yilda bizni tashlab, boqiy dunyoga ketdilar…
Otam hamisha qalbimda, eslasam koʻz oldimda samimiy chehrasi namoyon boʻladi, uning soʻzlari, maslahatlari qulogʻim ostida jaranglab turganday boʻlaveradi.
Gulnora ShEPIMBETOVA,
44-sonli oʻrta maktabning rus tili fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶