15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 23:31
Jamiyat 👁 322

OʻRMONZORLARDA YoNGʻIN ChIQIShINING OLDI OLINMOQDA

OʻRMONZORLARDA YoNGʻIN ChIQIShINING OLDI OLINMOQDA

Xalqimiz salomatligi, aholi istiqomat qiladigan hududlarning ekologik tozaligi koʻp jihatdan mamlakatimizdagi yashil hududlarning barqaror rivojlanishiga, bioxilma-xillikka bogʻliq. Mamlakatimizdagi yashil hududlar – oʻrmonlarni asrab-avaylash, har bir tup daraxtning sogʻlom, xavf-xatardan, ayniqsa, yongʻin balosidan xoli oʻsib-rivojlanishini taʼminlash oʻrmonzorlarning tabiiy ravishda koʻpayishiga imkon yaratadi. Shu bois, oʻrmonzorlarni asrab-avaylash, kengaytirish, yongʻin chiqishining oldini olish bilan bogʻliq tadbirlarga alohida eʼtibor bilan qaraladi. Bu borada tumanimizdagi yirik Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi xodimlari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonunining  23-moddasiga muvofiq tuman hokimining Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligining oʻrmon bilan qoplangan hududida yongʻin xavfsizligi mavsumini talofatsiz oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaroriga koʻra, oʻrmon xoʻjaligi bilan chegaradosh hududlarda yashovchi aholi, mashina-traktor parklari, korxona va tashkilotlar, ovul va mahalla masʼullari oʻrtasida doimiy ravishda tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilayotgani bois, soʻnggi yillarda xoʻjalik hududidagi oʻrmonzorlarda yongʻin chiqishi bilan bogʻliq noxush holatlar kuzatilmadi.

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi hududi bilan chegaradosh Nazarxon, Toʻlqin, Qipchoq ovullari hamda Beshtom, Daryoboʻyi mahallalari aholisi, MTPlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari rahbarlari bilan oʻtkazilayotgan uchrashuvlar, tushuntirish-targʻibot tadbirlariga huquqshunoslar, tuman yongʻin xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari ham jalb etilib, yongʻin chiqishiga sababchi boʻlgan shaxslar uchun qanday jazolar qoʻllanilishi boʻyicha keng tushunchalar berib borilmoqda.

Bundan tashqari, Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi maʼmuriyati tomonidan oʻrmonzorlarda tabiiy va texnogen turdagi favqulodda vaziyatlarda oʻrmon yongʻinining oldini olish va oqibatlarini bataraf etish boʻyicha dastur-reja ishlab chiqilib, ushbu dastur-rejaga asosan oʻrmon bilan chegaradosh hududlardagi MTPlar, idora-tashkilotlarning texnika vositalarini boshqaruvchi xodimlari, OFY va MFY aholi vakillari hamda oʻrmon xoʻjaligi xodimlaridan iborat shaxsiy tarkib tuzilgan boʻlib, xoʻjalik maʼmuriy binosida doimiy navbatchilik tashkil etilgan.

Oʻrmon bilan qoplangan ikkita yirik oʻrmon boʻlimida va barcha aylanmalardagi yongʻin xavfsizligi yoʻlaklari tozalanib, yoʻlaklar boʻylaridagi yongʻinga qarshi vositalar doimiy tayyor holatga keltirib qoʻyilgan. Aylanmalarda yongʻin oʻchirish asbob uskunalari, xususan, belkuraklar, ketmon,  panshaxa, har biri 20 litrlik, suvga toʻldirilgan idishlar, zamonaviy daraxt kesish asbob-anjomlari va boshqa zarur buyumlar taxt qilib qoʻyilgan.

Hozir ayni jazirama yoz payti. Erta bahorda unib chiqqan choʻl va dasht giyohlari allaqachon qurib-qovjirab qolgan. Shunday vaziyatda salgina qaltis harakat yoki salgina uchqun tufayli yongʻin chiqish xavfi mavjud. Shu bois, xoʻjalik mutaxassislari yongʻin chiqishining oldini olish borasidagi saʼy-harakatlarni yanada kengaytirib, joylarda kuzatuv tadbirlarini olib borishmoqda.

Shuni unutmasligimiz kerakki, musaffo havo bilan taʼminlashga xizmat qiluvchi yashil hududlarning xavfsizligini taʼminlash, yongʻindan asrab-avaylash har birimizning burchimizdir.

Maqsud NUREKEYeV, Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026