26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 16:49
Maqolalar 👁 338

BIZDAN QARZDORSIZ, KITOBXON!

BIZDAN QARZDORSIZ, KITOBXON!

Respublikamizning barcha joylaridagi kabi bizning tumanimizda ham aholining madaniy hordiq chiqarishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib qoʻyilgan. Madaniy dam olishning eng aʼlo turi – bu kitob oʻqishdir. Insonga hech bir narsa kitobchalik maʼnaviy boylik ato etolmaydi. Tumanimizning barcha hududlarida sara adabiyotlarga ega boʻlgan kutubxonalar muntazam ishlab turibdi. Kitobxonlar bu yerdagi jahon adabiyoti durdonalaridan olib oʻqib maʼnaviy oziq olishlari mumkin.

Tumanimizdagi “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotiga qarashli kutubxonada hozirgi kunda toʻrt yarim mingdan ziyod turli janrlardagi adabiyotlar mavjud. Ular orasida chet el yozuvchilarining asarlari bilan bir qatorda oʻzbek, rus, qozoq, qoraqalpoq, turkman tillaridagi adabiyotlar ham bor. Kitoblar oʻz janrlariga qarab, nasr, nazm, detektiv, darslik, tibbiyot, siyosiy adabiyotlar, mumtoz adabiyotlar, odobnoma, uy-roʻzgʻor ishlaridagi maslahatlar kabi boʻlimlarda saqlanmoqda.

Oʻtgan yillar davomida mazkur kutubxonadan 1230 nafardan ziyod kitobxon foydalangan. Men bu raqamlarni hozircha qoʻlimda bor hujjatlar asosida aytyapman. Qolaversa, ushbu yilning boshidan bu tashkilotga ishga kelganligimni hisobga olgan holda oʻtgan uch yil yaʼni, 2017-2018-2019-yillarda mazkur kutubxonadan kitob olish va kitoblarni qaytarishning qay ahvolda ekanligiga bir nazar tashlasak, degan fikrga keldim.

Demak, shu uch yil ichida shuncha kitobxon kutubxonadan foydalanib, kitob oʻqib rohatlangan ekan, bu quvonarli hol, albatta. Achinarli tomoni shundaki, shu muddat ichida kutubxonamizdan kitob olgan 341 nafar kitobxonlarning qoʻllaridagi 738 dona kitoblar oʻz vaqtida qaytarilmay, ularning qoʻllarida qolib ketmoqda. Bu nimasi? Axir bizdan olib oʻqigan kitoblar nahotki odobga, madaniyatga, birovning haqiga xiyonat qilmaslikka oʻrgatmagan boʻlsa? Oʻtgan yil olingan kitoblarni qoʻya turaylik, bundan ikki, uch yil oldin olingan kitoblarning kutubxonaga qaytarilmayotganiga nima deysiz?

Kutubxonamizga aʼzo boʻlganlarning aksariyatini maktab oʻquvchilari, kasb-hunar kollejlarining talabalari tashkil etishadi. Ular orasida ham qarzdor kitobxonlar koʻplab topiladi. Eng achinarlisi, kitob olib oʻqib, uni kutubxonaga qaytarib olib kelmayotgan katta yoshdagi kitobxonlarimiz, maktab va kasb-hunar kollejlarining oʻqituvchilari ham bor. Maktab oʻquvchilari-ku, yoshlik qilgandir, beparvo boʻlgandir, lekin ularning ustozlariga nima deymiz?

Mendagi mavjud hujjatlarga qaraganda oʻqituvchi Marhabo Yoʻldosheva (uy manziliga Zarbdor-10 deyilgan) 2018-yilning aprel oyida “Notiqlik sanʼati” kitobini olgan va qaytarmagan. 9-sonli umumtaʼlim maktabining oʻqituvchisi Sanobar Qalandarova 2018-yilning sentyabr oyida 5 kitob, shu maktab oʻqituvchisi Sevara Fayzullayeva ham xuddi shu sanada 5 kitob oʻqishga olib, hanuzgacha qaytarib bermagan.

Shuningdek, 39-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilari Muqaddas Kamolova qoʻlidagi 2018-yilning oktyabr oyida olingan “Atirgulning tikoni” nomli S.G.Markes hikoyalar toʻplami, 19-sonli maktab oʻqituvchisi Alik Rahimov qoʻlidagi 2019-yilning fevral oyida olingan “Tentakning tajribasi” kitobi ham qaytarilmagan. 56-sonli maktab oʻqituvchilaridan Gulasal Saidova, Muhayyo Sobirova, sobiq 3-sonli akademik litsey oʻqituvchilari Muhabbat Odilova, Fazilat Oʻrozimbetova... Bu kitobxonlarimiz ham mana ikki yildan oshyaptiki, olgan kitoblarini qaytarishmagan. 40-sonli maktab oʻqituvchisi Dildora Tojiboyeva (kutubxona hujjatlariga koʻra rost boʻlsa) 2016-yilning 7-yanvarida olgan uchta kitobni hamon oʻzida saqlab turibdi. Bu kutubxonani mensimaslikmi, beparvolikmi, nima deyishga ham hayron boʻlasan kishi. Hozirgi holatimizning eng achinarli tomonlaridan biri – koʻpgina kitobxonlarimiz maktabning oxirgi sinfida, kasb-hunar kollejining oxirgi kurslarida oʻqiyotib, bundan 2 yoki 3-yil muqaddam kitob olishgan va qaytarishmagan. Hozirgi paytda ular yashayotgan yoki oʻqiyotgan manzil bizga nomaʼlum. Ammo zora insofga kelib kitoblarimizni qaytarishar, degan umidda baʼzilarining ismi-shariflarini keltirib oʻtamiz.

Gulmira Bayramboyeva 27-maktabning 10-sinfida oʻqiyotgan paytida 2017-yilning 18-iyulida 1 dona, Barchinoy Oʻrinboyeva 38-maktabning 11-sinfida oʻqiyotgan paytida 2019-yilning 12-aprelida 4 dona, Sherzod Qurbonboyev Mangʻit Iqtisodiyot kollejining 3-kursida oʻqiyotgan paytida 2018-yilning 4-iyunida 5 dona, Mohira Aminova shu kollejning 3-kursida oʻqiyotgan paytida 2019-yilning 17-mayida 1 dona, Muhiddin Kamolov Amudaryo qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejining 3-kursida oʻqiyotgan paytida 2019-yilning 13-martida 1 dona, Sarvinoz Yusupova shu kollejning bitiruvchi kursida oʻqiyotib 2018-yilning 29-dekabrida 1 dona, 3-sonli akademik litsey bitiruvchilaridan Sevara Bozorboyeva 2018-yilning 1-may kuni 2 dona, Zulayho Davlatboyeva 2017-yilning 12-yanvarida 1 dona kitob olib, kutubxonamizga qaytarib bermagan.

Ajabo, Iroda Siydabullayeva Amudaryo qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejida kutubxonachi boʻlib ishlarkan. U 2018-yilning 20-fevralida “Erta qaytgan turnalar”, “Mehrobdan chayon” kitoblarini olganiga (bor-yoʻgʻi) ikki yildan oshibdi. Har qalay, kutubxonachi odam, tushunar, kitoblarni qaytarib berar bir kun?!

Bu roʻyxatni uzundan uzoq davom ettiraverish mumkin. Hujjatlarni koʻzdan kechirib, ikki-uch yillab kitoblarni oʻz uyida saqlayotgan kitobxonlarimiz ustidan ginaxonlik qilyapmiz, xolos. Aslida, qarzdorlar roʻyxatida 3-sonli akademik litsey oʻquvchisi Shohruh Otanazarov, Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji oʻquvchilari va oʻqituvchilari Husan Yoʻldoshev, Shohista Rahimboyeva, 56-sonli maktab oʻquvchisi Nodirbek Yusupov, 3-sonli akademik litsey oʻquvchisi Aʼloxon Rajabova, 16-sonli maktab oʻquvchilari Noila Qurbonboyeva, Nasiba Xudoyberganova, 40-sonli maktab oʻquvchilari Mahbuba Oʻtamurodova, Mohimjon Jabborberganova, Sabohat Murodboyeva, Zamira Yusupova, Umida Otanazarovalar ham bor.

Baʼzi bir kitoblar kutubxonamizda yagona nusxada boʻlishi mumkin. Demak, kitobxonlarimizdan qaytmayotgan 738 dona kitobga qanchalik kitobsevarlarning koʻz tikib kutishayotganligini tasavvur qilish qiyin emas.

Katta yoshdagi 78 nafar kitobxonlarimizning bu boradagi beparvoligi kishini hayratga soladi.

Kutubxonamizning eng koʻp aʼzolarini, bizga manzili yaqin boʻlgani uchun 40-sonli maktab oʻquvchilari tashkil qiladi. Shu boisdan kitob olib, qaytarib olib kelmayotgan oʻquvchilar soni bu maktabda 100 nafardan ziyod. Kitob qarzdor oʻquvchilar 3-sonli akademik litseyda 22 nafar, 16-, 20-, 56-sonli va 36-, 11-, 8-, 17-, 31-sonli maktablarda 8 nafar, Iqtisodiyot kollejida 7 nafar, Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kollejida 6 nafar, 42-sonli maktabda 5 nafarni tashkil qiladi.

Kitoblarni kutubxonaga qaytarish maqsadida qarzdor kitobxonlar roʻyxatini alohida tuzib, ularning oʻqish va ish-joylariga, uy manzillariga joʻnatishni ham amalga oshirmoqdamiz.

Ushbu maqola orqali kitobxonlarimizga murojaat oʻrnida bir gap aytmoqchimiz. Soʻz boshida aytganimizdek, davlatimiz tomonidan aholining madaniy dam olishlari, jumladan, kitob oʻqishlari uchun barcha sharoitlar yaratib qoʻyilgan. Kutubxona beminnat xizmatingizda! Bepul kitob ixtiyoringizda! Marhamat, kutubxonamizga keling, kitob olib oʻqing va oʻz vaqtida qaytaring. Oddiy va tushungan, oʻz hurmatini biladigan kitobxon uchun bundan ortiq yana nima kerak?

Oʻrozali REYIMOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026