14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 06:16
Maqolalar 👁 359

XOLIMBEGDA ShUNDAY OILA BOR

XOLIMBEGDA ShUNDAY OILA BOR

Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida hosildor, yuqori daromad beradigan qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirish orqali ichki isteʼmol va eksport uchun mahsulot yetishtirishni koʻpaytirish – qishloq aholisi moddiy manfaatdorligini oshirib, turmushi sifatini yaxshilamoqda.
Agar tumanimiz ovullarini kezsangiz, biri-biridan obod, zamonaviy taʼmirlangan va orasta hovlilarga koʻzingiz tushadi. Yoʻl boʻylariga, hovlilar atroflariga ekilgan anvoyi  gullar, mevali, manazarali daraxtlar hududlar koʻrkiga koʻrk qoʻshib turibdi.
Xolimbeg ovulidagi taʼlim faxriysi Adamboy Shomurodov xonadoniga tashrif buyurgan kishi tomorqasida, hovlisi atrofida halol mehnatlaridan bunyodga kelgan bogʻni, turli ekinlarni koʻrib, qoyil qolishi tayin. Ayni paytda 61 yoshni qarshilayotgan Adamboy Shomurodov uzoq yillar maktabda oʻquvchilarga  mehnat taʼlimidan dars berdi. Ayoli Yangiljon Vafoyeva esa ovuldagi maktabgacha taʼlim tashkilotida kichkintoy  bolajonlarga boshlangʻich musiqa taʼlimini oʻrgatdi. Pedagoglar oʻzlarining mutaxassisligi boʻyicha ishi uch nafar qiz, ikki nafar oʻgʻillarining tarbiyasidan ortib, hovlisi atrofini, tomorqasini ham daromad manbaiga aylantirdi. Farzandlari koʻmakchi boʻlib qolishgach, 1,5 gektar bogʻni ham  ijaraga olib, moʻl hosil yetishtirishmoqda.
Olingan daromadlar yaxshilikka sarflanayapti. Katta oʻgʻil Qahramon 17-sonli maktabda xoʻjalik ishlari mudiri boʻlib ishlaydi. Rohatoy, Barchinoy, Bahodir, Nafosatlar Nukus davlat davlat pedagogika institutida kontrakt asosida tahsil olib, turli maktablarda ishlashayapti.
Oilada oʻgʻillar, kelinlar va 6 nafar nevaralarning kattalari ham Adamboy Shomurodov, Yangiljon Vafoyevalarning haqiqiy koʻmakchilari.
Ularning tomorqasida ekinlarning did bilan joylashtirilgani, barcha ekinlarning baravj oʻsayotgani qarovsiz bir qarich yer ham yoʻqligi kishi diqqatini tortadi. Adamboy Shomurodovning aytishicha, dehqonchilikda yerning tilini tushunish, ishning koʻzini bilish juda muhim. Balki buning uddasidan chiqqani uchundir, ularning tomorqasida yetilgan kartoshka, sabzi allaqachon isteʼmolga yarab, sotishga ham ortayapti. Piyoz, bodringlarni bozorga chiqarishganiga esa bir oycha boʻldi.
Bir yarim gektarlik bogʻda uzum, olma, oʻrik, olcha, nashvati, anor, gilos kabi oʻndan ortiq turdagi mevali daraxtlarning ham ertagi, ham kechki navlari bor. Hozir ular oʻrik, olcha, ertagi olmalarini bozorda sotishayapti. Ular tili bilan aytganda, bogʻ – naq moʻmay daromad koni. Faqat – mehnatdan qochmaslik kerak.
Ha, inson jamiki goʻzalliklarning, neʼmatlarning bunyodkori. Ana shunday fidoyi mehnat insonni ulugʻlaydi, qadr-qimmatini oshiradi, hayotini bezaydi.
Bu hamjihat, ogʻizbirchilikli oila ham halol mehnatdan obod, farovon. Ikkita zamonaviy yengil avtomashina, 3 tonna yukka moʻljallangan “Mersedes” rusumli yuk mashinasi, shinam ikki hovli, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan doʻkonlari bor.
Ular dehqonchilikdan tashqari, parranda, qoramol boqishdan ham ancha daromad topishadi, uylarida toʻrt yildan beri oʻstirayotgan xonaki limonlarining bu yilgi mevasi ancha salmoqli.
Ularning xonadonida boʻlib, bularning hammasini koʻzdan kechirgan kishining koʻngliga “bariga qanday ulgurishar ekan”, degan oʻy kelishi shubhasiz. Bunga oila aʼzolarida javob tayyor: “koʻnglida istak, ishtiyoq boʻlsa, inson koʻp ishlarga qodir”.
Tilagimiz: yurtimizda ana shunday oilalar koʻpayaversin.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019