20.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
20.10.2026, 12:19
Maqolalar 👁 418

MAMLAKATIMIZDA KEKSA AVLOD VAKILLARI DOIMO EʼZOZDA

MAMLAKATIMIZDA KEKSA AVLOD VAKILLARI DOIMO EʼZOZDA

Inson yoshi ulgʻaygan sari hayotga muhabbati ortarkan. Hayotni sevish, har kuni qandaydir ezgu ishni amalga oshirishga intilish tuygʻusi, nazarimda har bir keksa insonga xos xislat boʻlsa kerak. Ayniqsa, bugungiday dorulomon kunlar shukuhi insonning qalbida joʻshqinlik uygʻotadi. Koʻngil nimalarni istamaydi, deysiz? Koʻngil hech qachon qarimaydi, deganlari ham shu-da! Doim mehnat, yaratish quchogʻida yashagan inson nafaqaga chiqib, uy odami boʻlib qolishi anchayin zerikarli. Xudoga shukur, men nafaqada boʻlsam-da, oʻzim uchun qiziqarli, gashtli mashgʻulotlar bilan bandman. Baʼzilarga oʻxshab televizor qarshisiga mixlanib qolganim yoʻq. Televizor tomosha qilishning ham mavridi bor. Nevaralarim bilan tomorqada, bogʻ-rogʻda mehnat qilish juda yoqimli. Ayniqsa, mamlakatimizda biz keksa avlod vakillariga koʻrsatilayotgan hurmat va eʼtiborning cheki-chegarasi yoʻq. Pensiyamizni vaqtida yetkazib berishayapti. Sal xastalansak, patronaj shifokor va hamshiralar parvona. Sihatgohlarda davolanib, salomatligimizni mustahkamlashimiz uchun sharoitlar yetarli. Oʻzbekistondagi bir necha sogʻlomlashtirish maskanlari keksalar uchun doimo ochiq.

Mana yaqinda, 2020-yilning 20-may sanasida biz keksalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yana bir muhim hukumat qarori qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori va ushbu Qarorga  muvofiq ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilayotgan chora-tadbirlar Dasturi biz keksa avlod vakillarini yanada ruhlantirdi. Unga koʻra, keksalarni qoʻllab-quvvatlash va sogʻlomlashtirish, keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirishga  qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan. Ayniqsa, fuqarolar yigʻinlarida keksa avlod vakillariga koʻmak beruvchi “Nuroniylar eʼzozimizda” koʻngilli patronaj yoshlar guruhi tashkil etilishi, har bir keksa va faxriy holidan xabar olinishi, yoshlar bilan nuroniylarning suhbatlarini oʻtkazish, ular uchun “Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor” kontsert dasturlarini tashkil qilib, har yili noyabr oyida “Keksalar haftaligini oʻtkazish” boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi mamlakatimizda keksa avlod vakillariga koʻrsatilayotgan beqiyos gʻamxoʻrlikning ifodasidir.

Shuni mamnuniyat bilan qayd etishni istardimki, biz keksa avlod vakillariga nisbatan bu kabi mehr va gʻamxoʻrlik avvallari, toʻgʻrisi, bunchalik boʻlgan emas. Pensiyalarimizni vaqtida ololmasdan, qanchalar sargardon boʻlardik. Ijtimoiy faolligimiz borasida umuman hech qanday amaliy tadbir boʻlmasdi. Soʻnggi  yillarda keksalarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yuqoridagi Qaror bilan esa bu kabi chora-tadbirlar miqyosi yanada kengaytirilishi belgilab qoʻyildi. Har bir mahalla guzarida keksalarning dam olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari, mumtoz musiqa asarlarini tinglab, orom olishlari uchun sharoitlar yaratish, ularning qiziqishlari boʻyicha muloqot klublari tashkil etish, “Har kuni 5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish mashgʻulotlarini oʻtkazish biz keksalar sogʻligi, joʻshqin hayot tarzi uchun oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Qaror bilan endilikda keksalar uchun mamlakat boʻylab imtiyozli va maroqli sayohatlar tashkil etish koʻzda tutilgani qalbimizga quvonch bagʻishladi.

Dunyoning qaysidir puchmoqlarida uysiz, vatansiz, mehrga zor yashayotgan keksalar borligini televizor orqali deyarli har kuni koʻrib, bilib turibmiz. Qaydadir notinch, urushlar girdobida azob chekayotgan keksalar bor. Nonga, hatto bir qultum suvga zor, yelkasini yopmoq uchun kiyimga zor keksalar.., birgina tunni tinch oʻtkazishni Allohdan iltijo qilib soʻrayotgan keksalar... juda koʻp dunyoda. Lekin bizning oromga chulgʻangan diyorimizda biz keksalar uchun koʻrsatilayotgan eʼzoz, eʼtibor, ragʻbat va gʻamxoʻrlikning cheki-chegarasi yoʻq. “Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat Qarori ana shu eʼtibor va gʻamxoʻrlikni yana bir pogʻonaga koʻtardi. Albatta, biz buning qadriga yetishimiz, oʻsib kelayotgan yosh avlod oldidagi burch va masʼuliyatimizni teran his qilgan holda yashashimiz, oʻz hayot tajribalarimiz, maslahatlarimiz bilan yosh avlod qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik, umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlarimizga muhabbat tuygʻularini yanada mustahkamlashga hissa qoʻshishimiz zarur. Chunki oʻtayotgan har bir kunimizda ezgu ishlarimiz aks etib tursa, bu biz keksalarning ona Vatan ravnaqiga maʼnaviy hissamiz boʻladi.

Gulbahor OʻROZOQOVA,
Chordara mahallasi mehnat faxriysi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026