16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 01:11
Jamiyat 👁 492

KAPANTIN TALABLAPI IJPOSI MASʼUL OPGANLAP TOMONIDAN NAZOPAT QILINDI

KAPANTIN TALABLAPI IJPOSI MASʼUL OPGANLAP TOMONIDAN NAZOPAT QILINDI

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashning eng samarali yoʻli shaxsiy gigiyena qoidalari bilan birga karantin tartibiga amal qilishdir. Yurtimizda koronavirus tarqalishining  oldini olish va jilovlashga erishish borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarda ham ushbu qoidalar ijrosini nazorat qilish muhim oʻrin tutadi.

Shu yil 28-may kuni tumanimizda faoliyat yuritayotgan savdo doʻkonlari, yetkazib berish xizmati bilan shugʻullanayotgan oshxonalar, tibbiyot muassasalari va boshqa idoralardagi karantin talablari boʻyicha holat Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Sanitariya epidemiologik-osoyishtalik markazi, tuman Ichki ishlar boʻlimi masʼullari tomonidan koʻzdan kechirilganida koʻpgina kamchiliklarga ham yoʻl qoʻyilayotganligi aniqlandi. Xususan, Mangʻit shahrining Buyuk turon koʻchasida joylashgan “Taxiatosh sharapsauda” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 18-sonli doʻkon kirish eshigi oldiga dezinfektsiyalangan toʻshama qoʻyilmaganligi, mijozlarning haroratini oʻlchovchi  asbob mavjud emasligi maʼlum boʻldi.

Ayni karantin paytida “Serob niyat” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Toʻlqinjon” oshxonasi mijozlarga tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatini koʻrsatmoqda. Tekshirishlar davomida mazkur oshxona ishchilari karantin qoidalariga amal qilmasdan,  maxsus ishchi kiyim kiymasdan, tibbiy niqob taqmasdan ishlayotgani aniqlandi. Ularga sanitariya-profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, Berdaq koʻchasining 11-uyida joylashgan “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat bankining “Amudaryo” filiali nazoratdan oʻtkazilganda binoga kirish eshigiga dezinfektsiyalangan toʻshama toʻshalmaganligi, mijozlar oʻrtasida ijtimoiy masofa saqlanmayotganligi, ishchi-xodimlar maxsus kiyim va tibbiy qoʻlqop kiymasdan ishlayotganliklari aniqlanib, holat yuzasidan masʼul xodimlar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, Buyuk Turon koʻchasida joylashgan “Shavkatova Durdona Mansur qizi” oilaviy korxonasiga qarashli oziq-ovqat doʻkoni kirish eshigi oldida ham dezinfektsiyalangan toʻshama yoʻqligi, mijozlar bilan masofa saqlash uchun toʻsiq bloki tashkil etilmaganligi, tana haroratini oʻlchaydigan asbob ham yoʻqligi, sotuvchi antiseptik vosita bilan taʼminlanmaganligi maʼlum boʻldi. Peyd davomida aniqlangan ushbu kamchiliklar yuzasidan korxona rahbariga ogohlantirish berildi.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxona kirish darvozasi oldida toʻsiq blok tashkil etilgan, teplovizor bilan taʼminlangan, antiseptik vositalar mavjud. Biroq shifoxonaning qabul boʻlimida ishlovchi tibbiyot xodimlari orasida tibbiy niqob taqmasdan ishlayotganlari ham bor, tibbiy qoʻlqop bilan taʼminlangan boʻlsa-da, koʻpchiligi uni kiymasdan ishlashmoqda.

Fizioterapiya boʻlimida tibbiyot xodimlarining qoʻl yuvishi uchun sharoit yaratilgan, suyuq sovun qoʻyilgan. Biroq antiseptik vositalar, bir marta foydalaniladigan qogʻoz salfetka bilan  taʼminlanmagan. Bu boʻyicha shaxsiy karantin qoidalariga amal qilmagan ayrim tibbiyot xodimlari maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Yakka tadbirkor Matmurodov Shuhratga qarashli oziq-ovqat doʻkoni, M.Shodmonovga tegishli oziq-ovqat doʻkoniga dezinfektsiyalangan toʻshama qoʻyilmaganligi, antiseptik vositalar bilan taʼminlanmaganligi, teplovizor yoʻqligi, mijozlar bilan ijtimoiy masofa saqlash yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli bu boʻyicha masʼul shaxslar ogohlantirildi.

Koʻptarmoqli markaziy poliklinikaga kirish joyida ham dezinfektsiyalangan toʻshama yoʻq, kelgan bemorlar qoʻllarini zararsizlantirishi uchun antiseptik vositalar bilan taʼminlanmagan, roʻyxatga olish xonasi xodimi esa tibbiy niqobsiz, qoʻlqopsiz ishlayotgani aniqlanib, tegishli choralar koʻrildi.

Karantin qoidalariga amal qilinishi boʻyicha oʻtkazilgan reyd davomida Buyuk Turon koʻchasi boʻylab nazorat olib borilganida ham karantin  qoidalariga amal qilmay yurgan fuqarolar aniqlanib, maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Karantin – pandemiyaning oldini olishda eng yaxshi vosita. Shu sababli har birimiz belgilangan tartib-qoidalarga amal qilsak, kasallik tarqalishining oldi olinishga erishamiz.

Oygul Pajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026