MAKTABLAPDA OʻQUV YILI MASOFAVIY PEJIMDA YaKUNLANADI
Insonlar jamiyatda yashaydi. Ularning tabiat hodisalari bilan kurashishlari tabiiy hol, albatta. Buyuk muzlik davridan bugungi kunga qadar qaraydigan boʻlsak, odamzod koʻplab tabiiy ofatlarni boshidan oʻtkazdi. OAVlardan, internet tarmoqlaridan kuzatib xabardor boʻlamizki, hozirgacha ona sayyoramizning qayeridadir goh suv toshqini, goh oʻrmonlar yongʻini, zilzilalar, vulqon otilishi kabi voqealar sodir boʻlishda davom etmoqda. Ammo odamzod yengilayotgani yoʻq.
COVID-19 pandemiyasi taʼsirlari ham doimiy hayotimizni butunlay oʻzgartirdi. Biz umuman kutilmagan jarayonlarning guvohi boʻldik. Taʼlim dargohlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, tahsil olayotgan farzandlarimiz rejadan tashqari taʼtilga chiqarilishini sira oʻylaganmidik...
Soʻnggi ikki oy davomida masofaviy dars oʻrganish, masofaviy taʼlim berish, mutaxassisligimiz boʻyicha ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni oʻrgandik. Bu tadbirlardan keyingi oʻquv yilida samarali foydalanishimiz mumkin. Jarayonlar davomida internet aloqasi hududlarimizda yaxshi yoʻlga qoʻyilmaganligini, axborot berishda texnologiyalarni yetarlicha qoʻllashda bilimlarimiz kamligini tushundik.
Bizning 36-sonli maktabimizda yakuniy choraklik uchun belgilangan mavzular onlayn, masofaviy uslubda yaxshi tashkil qilindi. Darslar doimiy ravishda oʻquvchilarga yetkazildi. Maxsus tayyorlangan audio, video mashgʻulotlar sezilarli ijobiy natijalar koʻrsatdi. Oʻquvchilarimiz tomonidan bajarilgan vazifalar har bir sinf uchun moʻljallangan telegram kanallarida baholab borildi. Faol qatnashganlar ragʻbatlantirilib borildi.
Mana kun sayin may oyi ham oxirlab boryapti. Soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlariga oz qoldi. Lekin bu gal oʻquvchilarimiz ushbu kunni masofaviy rejimda nishonlaydilar. Karantin sababli vaziyatga koʻra bitiruvchi sinflar uchun yakuniy davlat imtihonlarini tashkil etish bekor qilindi. Bu boʻyicha Oʻzbekiston Pespublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov zarur topshiriqlarni berdi. Umumiy baholar oʻquvchilarning yil davomidagi oʻqishlariga qarab belgilanadi.
Bitiruvchi sinflar oliy taʼlim dargohlariga internet orqali xujjat topshirishadi. Pandemiya sabab, OTMlarga kirish imtihonlari ham ancha soddalashtirildi. Ular kutilganidek besh fan emas, balki mutaxassisliklariga koʻra ikki fanga oid testlar bilan sinovdan oʻtkaziladi.
Oʻz nutqlaridan birida Prezidentimiz aytganlaridek, biz bu tashvishlarni qudratli mamlakat, jasoratli xalq sifatida yengib oʻtamiz.
Guliston Bektemirova,
36-sonli maktab tarix fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶