16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 01:12
Jamiyat 👁 481

BIR MARTALIK MODDIY YoRDAM QANDAY HOLATLARDA BERILADI?

BIR MARTALIK MODDIY YoRDAM QANDAY HOLATLARDA BERILADI?

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yoʻnalishi  kam taʼminlangan oilalarga koʻmak, kambagʻallikni kamaytirish va boshqa shu kabi masalalarga qaratilmoqda. Bunda, ayniqsa, karantin davrida hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-martdagi 165-sonli qaroriga ilova “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom aynan murakkab vaziyatga tushib qolgan oilalarga moddiy koʻmak berishga, oʻsha vaziyatdan chiqib olishga davlat tomonidan yordam berishga qaratilgan.

Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qaror Fuqarolar yigʻinini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Murakkab hayotiy vaziyat deganda ishga layoqatliligini yoʻqotishga olib kelgan ogʻir kasalliklar (I guruh nogironi) yoki uzoq (besh oydan koʻproq) vaqt dori vositalari qoʻllashni yoxud jarrohlik aralashuvini talab etadigan kasalliklar, turmush oʻrtogʻi, ota-onaning (boquvchining) oʻlimi, tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʻinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʻligʻiga, mulkiga zarar yetishi tushuniladi.

Paydo boʻlgan murakkab hayotiy vaziyatni mustaqil hal etishga imkon beradigan moddiy (mulk) imkoniyatning (daromadning) yoʻqligi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam tayinlanishi va berilishining sharti hisoblanadi.

Yuqoridagi Nizomning 7-bandiga koʻra, bir marta beriladigan moddiy yordam toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan, hayotiy murakkab vaziyatga tushgan oilalar (fuqarolar) toifalariga, birinchi navbatda, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz fuqarolar va pensionerlarga (ishga layoqatsizlarga va ishga layoqatli oila aʼzolari boʻlmaganlarga), boquvchisi nogiron boʻlgan oilalar va boshqa kam taʼminlangan aholi toifalariga va oilalarga, I guruh nogironi boʻlgan yoki ogʻir kasalga chalingan (butunlay yoki qisman oʻz-oʻzini boqish imkoniga ega boʻlmagan, ish faoliyatini olib bora olmaydigan) fuqarolarga, oʻlim oqibatida yagona boquvchisini yoʻqotgan oilalarga (uch oy muddat mobaynida), nogiron bola yoki I yoki II guruh nogironi boʻlgan yoki moliyaviy xarajatlarni talab etadigan jarrohlik aralashuvi yoki uzoq vaqt (besh oydan koʻproq) ambulatoriyada davolanishi zarur boʻlgan ogʻir kasallikka chalingan boshqa oila aʼzosiga qarab turgan toʻliq boʻlmagan oilaning ota-onalariga (oila aʼzosiga), ota-onalardan biri I yoki II guruh nogironi boʻlgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini toʻxtatgan holda bemorga qarashga majbur boʻlgan yoki ikkala ota-ona ham I yoki II guruh nogironi boʻlgan ikki nafar va undan koʻp farzandli toʻliq oilalarga berilishi nazarda tutilgan.

Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam uchun murojaat etuvchining doimiy turar joyi (propiskasi) boʻyicha, muhtoj oila aʼzosining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga yozma arizasi asosida Komissiya tomonidan tayinlanadi.

Arizaga ariza beruvchi pasportining nusxasi, muhtoj oilaning tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumot va muhtoj oilada murakkab vaziyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi protokolining koʻchirmasi, oʻlim haqidagi guvohnoma, ogʻir kasallik oqibatida ishga layoqatsizlikni tasdiqlovchi tibbiy xulosa, favqulodda vaziyat (holat)da yengilmas kuch paydo boʻlganligi haqida tegishli organlarning xulosalari) ilova qilinadi.
Muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam Komissiya majlisining qarori protokoli asosida toʻlanadi.

Xulosa oʻrnida shuni aytish kerakki, insonparvarlik gʻoyasi bilan ifodalanuvchi ushbu siyosat Davlatimizning ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash va ularni hayotiy murakkab vaziyatlardan olib chiqish maqsadini koʻzlagani bilan ahamiyatli boʻlib, bu siyosat oʻz navbatida davlat va xalqning oʻzaro hamjihatligining ham ifodasidir.

Jamshid Bekimbetov, tuman Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026