IŞÇI GURUH TOMONIDAN TUMANDAGI FUQAROLAR YIĞINLARI FAOLIYaTI ÖRGANILDI
Yurtimizda azal-azaldan mahalla institutiga jamiyatning eng asosiy böğinlaridan biri sifatida qaralib kelinadi. Mahallani ota-bobolarimiz bejizga “Vatan içra- kiçik bir vatan” deb ataşmagan. Çunki insonning Vatanga bölgan muhabbati, avvalo, öz oilasini, söngra öz mahallasi, qöni-qöşnilarini seviş, himoya qiliş, ularning xizmatiga doimo tayyor turişdan boşlanadi. Inson mahallada unib-ösadi, kamol topadi.
Şu sababli ham yildan yilga jamiyatda mahalla institutining nufuzi va ahamiyatini yanada oşirişga, mahallani eng xavfsiz va obod hududga aylantirişga, mahallada yaşovçi insonlarning tinç-farovon hayot keçirişlariga katta eʼtibor qaratilib, barça şart-şaroitlar yaratilmoqda. Mamlakatimizda mahalla va oila instituti faoliyatini yanada takomillaştiriş, oilani, ayniqsa, xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil qilingan Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi va uning joylardagi bölinmalari tomonidan samarali işlar qilinmoqda.
Xususan, joriy yilning 12-may sanasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari Maryam Ahmedova boşçiligidagi işçi guruh tumanimizga fuqarolar yiğinlari masʼul xodimlari faoliyatini örganiş va ularga uslubiy-amaliy kömaklaşiş maqsadida taşrif buyurdi.
Masʼullar 3 ta kiçik guruhlarga bölingan holda örganiş işlarini olib bordilar. Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi huquq-tartibot masalalari böyiça bölim boşliği Yemjar Mamutov va Amudaryo tumani Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi obodonlaştiriş, tomorqa va tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça boş mutaxassisi Otabek Ibragimovlar boşçiligidagi 1-guruh tumanimizdagi Tölqin va Çoyköl ovullari, Qipçoq şaharçasi hamda Daryo böyi, Beştom, Gulzor mahallalarida bölib, hududlardagi fuqarolar yiğinlari masʼul xodimlari faoliyatini örgandilar.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş bölimi boşliği Yelza Ibraimova hamda tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarovalar iştirokidagi 2-guruh Örtaqalʼa va Qiliçboy ovullari, Durunki, Boyovul, Döstlik, Ayoqçi mahallalarining fuqarolar yiğinlarida örganişni davom ettirdilar.
Qolaversa, Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari Maryam Ahmedova hamda tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi bopşliği Alişer Yöldoşevlar iştirokidagi 3-guruh ham tumandagi ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida bölib, hududlarda soha masʼullari tomonidan olib borilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdilar. Jumladan, mutasaddi rahbarlar tumandagi Kuyukköpir va Bobur ovullari, şuningdek, Qizilçoli va Arnaböyi mahallalaridagi fuqarolar yiğinlari masʼullarining iş faoliyatini yaqinda örganişdi hamda soha yuzasidan özlarining taklif va tavsiyalarini berdilar.
Işçi guruh vakillari dastlab tumanimizdagi mahallalar fuqarolar yiğinlari joylaşgan binolarning ahvoli, xonalari, kompyuter jamlanmalari, telefon tarmoği, mebel va inventarlar bilan taʼminlanganligi, binoning fasadi, koridorlari, xonalarining körgazmali materiallar bilan taʼminlanganligi va ularning sifati bilan yaqindan tanişdilar.
Söngra fuqarolar yiğinining asosiy faoliyat yönalişlari böyiça komissiyalari, jamoatçilik tuzilmalarining şakllantirilganligi, ularning sifat tarkibi, fuqarolar yiğinida mahalliy şaroitga mos “Yöl xaritasi”ning işlab çiqilganligi, rais va uning örinbosarlarining oylik, haftalik va kunlik iş rejalari mavjudligi, murojaatlar bilan işlaş holati işçi guruh tomonidan örganildi.
Örganişlar natijasida aniqlangan xato va kamçiliklar yuzasidan mahalla fuqarolar yiğini raisi va xodimlariga tegişli körsatmalar va tavsiyalar berildi. Işçi guruh aʼzolari mahallada yaşovçi keksalar, kam taʼminlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvçisini yöqotgan oilalar bilan işlaş holatini örgandilar. Aholining oilaviy şaroiti, muammolari bilan tanişilib, ularga hozirgi karantin davrida amaliy yordam körsatiş böyiça amalga oşirilayotgan işlarga ham töxtalişdi. Şuningdek, notinç va noqobil oilalar bilan işlaş holati, oğir turmuş şaroitida yaşovçi ayollarning oilaviy ahvolining töliq örganilganligi, oğir turmuşdan çiqariş böyiça belgilangan çoralar hamda bajarilgan amaliy işlarga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Qolaversa, har bir mahallada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida olib borilgan işlar işçi guruh vakillari eʼtibori markazida böldi. Mahallalarning bahorgi mavsumda obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş holati, oilalarning öz tomorqalaridan unumli foydalaniş holati bilan tanişildi. Şu bilan birga mahallani eng xavfsiz hududga aylantiriş, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini oliş böyiça amalga oşirilayotgan profilaktik tadbirlar natijalari ham körib çiqildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶