16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 02:28
Jamiyat 👁 358

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshidagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi qanday faoliyat yuritmoqda?

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshidagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi qanday faoliyat yuritmoqda?

Koronavirus infektsiyasi sababli davom etayotgan karantin davrida tumanimizdagi kam taʼminlangan, yakka-yolgʻiz hamda nogironligi boʻlgan fuqarolarning holidan xabar olish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshida jamoatchilik asosida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tashkil etilgan edi. Navbatdagi lavhamiz mazkur markazning faoliyati xususida.

Mangʻit shahrining Qilichboy koʻchasida, Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi  binosida joylashgan mazkur markaz homiylar bilan doimo gavjum boʻladi. Markazga oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun 2 ta “Damas” rusumli avtotransport vositasi ajratildi hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan koʻngilli volontyorlar biriktirilgan. Ehtiyojmand oilalar bilan muloqot qilish uchun 515 49 29, 515 40 21 telefon raqamlari uzluksiz xizmat koʻrsatmoqda. Markaz ishini yuritishga tuman  Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi xodimi Madamin Kazakov masʼul qilib biriktirilgan. Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi volontyorlari Maqsud Rajapov, Ravshanbek Reyimov, Bekzod Erkayev, Azamat Xidirov, Shuhrat va Hasan Yakubovlar, tuman Xalq taʼlimi boʻlimidan Farhod Jumaboyev, Muzaffar Madaminov, maktabgacha taʼlim boʻlimidan Soatboy Madraimovlar murojaatlarni qabul qilishda hamda mahsulotlarni aholi xonadonlariga yetkazib berishda yaqindan koʻmak berishmoqda. 

Koronavirus pandemiyasi davrida tuman aholisini, birinchi navbatda, yordamga muhtoj boʻlgan oilalarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Jumladan, dastlab mahallalardagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan oilalar, yakka-yolgʻiz keksalar roʻyxati shakllantirilib, ehtiyojmand oilalarga tadbirkorlar va koʻngillilarning xayriyalaridan yigʻilgan oziq-ovqat mahsulotlari tizimli ravishda yetkazib berilmoqda.

 

 

Markazga joriy yil 5-may holatiga jami 2223 kilogramm oʻsimlik yogʻi, 22 ming 620 kilogramm un, 1352 kilogramm shakar, 1336 kilogramm makaron, 2808 kilogramm kartoshka, 469 kilogramm piyoz, 1161 kilogramm guruch, 200 kilogramm mosh, 3000 dona tibbiy niqob, 45 ta turli gigiyena vositalari, 2592 kilogramm sabzavot mahsulotlari yigʻildi.

Markaz tomonidan asosan 1197 qisqa raqamiga murojaat qilgan 704 nafar fuqarolardan haqiqatda ehtiyojmand deb topilgan 345 nafariga hamda fuqarolar yigʻini tavsiyasiga asosan yordam koʻrsatildi. Oʻz mahallasiga homiylik qilishni istagan tadbirkorlar hamda markaz hamkorligida Oʻzbekiston mahallasi hududidagi 300 ta oilaga, Durunki mahallasi hududidagi 300 ta oilaga, Oʻrta qalʼa ovuli hududidagi 200 ta oilaga, turli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Shuningdek, 1182 nafar kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironligi boʻlgan, boquvchisini  yoʻqotgan oilalarga 3400 kilogramm olma va 1200 kilogramm uzum mahsulotlari, 113 nafar yakka-yolgʻiz va oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogiron keksalarga 336 kilogramm olma va uzum, 226 kilogramm shakar mahsulotlari yetkazib berildi. Hozirgi kunda markazda 870 kilogramm un, 730 litr oʻsimlik yogʻi, 104 kilogramm shakar, 1800 kilogramm sabzi, 65 kilogramm kartoshka mahsulotlar zahirasi mavjud. Bu mahsulotlar ehtiyojmandligi aniqlangan oilalarga yetkazib beriladi.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshida jamoatchilik asosida tashkil qilingan Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi hamda homiylarning xayriyalari muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlashda muhim vosita boʻlmoqda.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026