25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 22:22
Jamiyat 👁 288

XALQIMIZ BOShIGA ISh TUShGANNI YoLGʻIZLATIB QOʻYMAYDI

XALQIMIZ BOShIGA ISh TUShGANNI YoLGʻIZLATIB QOʻYMAYDI

Sirdaryo  viloyatida 1-may kuni tongda Sardoba suv ombori toʻgʻoni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuzaga keldi. Viloyatning Sardoba, Oq oltin, Mirzaobod tumanlari hududini bosgan suv aholiga jiddiy talafot yetkazdi. 70 mingdan ziyod aholi mamlakatimiz rahbarining shoshilinch topshirigʻiga koʻra, xavfsiz  hududlarga koʻchirildi. Biroq koʻplab uy-joylar vayronaga aylandi, elektr liniyalari shikastlandi, koʻchalarni yiqilgan uylarning devorlari toʻsib qoʻydi. Dehqonchilikka jiddiy zarar yetdi, 50 nafardan ziyod fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, kasalxonalarga yotqizildi.

Oradan oʻtgan qisqa kunlar ichida toshqin talafotlari hamjihatlikda bartaraf etilganligi tufayli  aholi oʻzlarining yashash hududlariga qaytmoqda.

Toshqindan zarar koʻrgan aholiga butun mamlakatimiz aholisi insonparvarlik yordami koʻrsatmoqda. Turli hududlarda istiqomat qiluvchi koʻngilli yoshlar favqulodda vaziyatlar, milliy gvardiya xodimlari bilan bir qatorda toshqin oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok qilishmoqda.  Shuningdek, yurtdoshlarimiz oʻzlarining oʻzbekona, ogʻir kunda bir-biriga suyanchiq, yelkadosh boʻlishdek ezgu urf-odatlariga muvofiq toshqindan jabr koʻrganlarni moddiy qoʻllab-quvvatlamoqdalar. Uchala tumanga aholi uchun turli oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoj mollari va kiyim-kechaklar ortilgan mashinalar kirib bormoqda.

Amudaryo tuman prokuroraturasi, prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari ham bu savobli ishga birinchilardan boʻlib bosh qoʻshdilar. Ular 2-may kuni 5 tonna guruchni Sardoba suv ombori suv toshqinidan zarar koʻrgan aholi uchun joʻnatdilar.

Odam yolgʻiz tugʻiladi, yolgʻiz oʻladi, lekin hayotda yolgʻiz yashay olmaydi. Hayot insonga oila aʼzolari, tugʻishganlari, doʻst-birodarlari bilan totli. Shu muqaddas, quyoshli yurtimizda yashovchi barcha insonlarni bir ezgu maqsad – Vatan manfaati birlashtirib turadi. Demak, hech bir vatandoshimiz bizga begona emas, quvonchimiz ham, tashvishimiz ham bir.

Agar kimki xolis nigoh bilan mamlakatimiz hayotini kuzatsa, har kuni amalga oshirilayotgan ishlarda buning isbotini koʻra oladi.

Yaqinda Mangʻit chegara qoʻriqlash vzvodi va Ayoqchi chegara qoʻriqlash vzvodi harbiylari amalga oshirgan yana bir xayrli ish ham bunga misol boʻla oladi. Mazkur vzvodlar komandirlari va oʻrinbosarlari chegara oldi hududida yashovchi kam taʼminlangan xonadonlar holidan xabar olib, moddiy koʻmak berdilar. Ular 13 turdagi birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari, koronavirusdan himoyalanish uchun antiseptik vositalarni tarqatib berib, koʻpchilikning duolarini oldilar. Yurtimizda tarqalgan koronavirus pandemiyasi tufayli oʻrnatilgan karantin talablariga koʻra, uyda oʻtirgan, moddiy yordamga muhtoj boʻlib qolgan oilalarga xayr-saxovatni yetkazishda ularga Qilichboy ovuli va Durunki mahallasi raislari Bahrom Qodirov va Shuhrat Jumaniyozovlar yaqindan yordam berdilar.

Yuz berayotgan tabiiy ofatlar azal-azaldan maʼnaviyatli, maʼrifatli va doʻst-birodar xalqimizni yana ham jipslashtirmoqda, bir-biriga mehr-oqibatini namoyon etmoqda. Ha, bizning xalqimiz boshiga ish tushganni yolgʻizlatib qoʻymaydi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026