25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 22:24
Jamiyat 👁 413

Sudya mantiyasi – davlat hokimiyati ramzi

Sudya mantiyasi – davlat hokimiyati ramzi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 23-yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining faoliyatiga, aynan sudya ust-boshiga, yaʼni xizmat kiyimiga oid hujjat koʻrib chiqildi. Xususan, Senat aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi sudyalarining maxsus kiyimi – mantiya tavsifi va namunasi tasdiqlandi.

Masalaning tarixiga qisqacha toʻxtalsak. Bir vaqtlari mantiya dunyoviy kiyinishning zarur tarkibiy qismi boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda uni faqat sudyalar va ruhoniylar kiyishadi. Yevropada ushbu sud hokimiyati nishonasini XVII asrdayoq qonunlashtirilgan boʻlsa, MDH davlatlaridan birinchilardan boʻlib, 1992-yilda Ukraina va Rossiya federatsiyasi maxsus sudya ust-boshini qonun bilan mustahkamlashdi.

Sudya mantiyasi – sud jarayonining boshqa ishtirokchilari va qatnashuvchilarga qaraganda sudyaning alohida statusi va nufuzidan dalolat beruvchi davlat hokimiyatining ramzidir. “Mantiya odil sudlovning tantavorligi va sharafini sezdirib turadi, – degan edi kanadalik sudya Pol Rasmussen, – yaʼni, sud jiddiy ish bilan band va barcha hozir boʻlganlar oʻzlarini shunga munosib tutishadi”.

Mantiya yoki paliy (pallium enanra – «ust kiyim») qachonlardir dunyoviy ust-bosh, keyinchalik esa ruhoniylarning kiyimiga aylangan. Cherkovning ayrim tarixiy manbalariga koʻra, u “Xudoning saqlovchi va panoh beruvchi kuchining ramzi” sifatida, ayrim manbalarga koʻra esa, - yigʻilgan, jamlangan farishta qanoatlarini eslatadi” deyilgan. Soʻnggi davrlarda sudyalarning mantiya kiyishini esa – aynan ular “Ilohiy sudni” yerda amalga oshirishga chaqirilganligi bilan bogʻlashgan. Hattoki, hozirda ham dominikan va frantsiskan ruhoniy ordenlarining anʼanaviy ust-boshi va sudyalar mantiyasi orasida ayrim oʻxshashliklarni koʻrishimiz mumkin: trapetsiya shaklli bichim, koketkalari borligi, oq yoqa, yenglarining kengligi.

Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan qaysi birining sudyalari birinchilardan boʻlib, mantiya kiyishgani aniq boʻlmasa-da, Angliya Sud qoidalari (Judges' Rules)da ushbu anʼana 1635-yilda qayd etilgan. Unga koʻra qishda, sudya oq joʻn bilan qora koʻylak, yozda esa, binafsha rang va toʻq qizil rang kiyishi kerak edi. Mantiyalar qariyb 1694-yilgacha, yaʼni Britaniyalik Femida xizmatkorlari, 32-yil davomida davlatni boshqargan qirolicha Mariya II ning vafoti munosabati bilan aza tariqasida butunlay qora ust-boshga oʻtgunlaricha rang-barang tusda boʻlgan.

Aynan konservativ Angliya sudyalari hamjamiyati, bizgacha deyarli oʻzgarmagan holda yetib kelgan sudya ust-boshini kiyish qoidalarini tubdan yengillashtirishga ham ichdan, ham sirtdan boʻlgan urinishlarni rad qilgan holda, anʼanalarga sodiq qolib kelmoqdalar.

Taxminan oʻsha vaqtlardan barcha sudyalar mantiya kiya boshlagan. Lekin, tarixiy Angliyada bugungi kungacha sudyalar ust-boshining ajralmas qismi sifatida pariklar saqlanib qolgan. Yaqin yillargacha pariklarni mamlakatning barcha sudyalari taqqan. 2008-yildan boshlab esa, ularni faqat jinoyat ishlarini koʻruvchi sudyalar taqishga majbur. Fuqarolik va maʼmuriy sud ish yurituvlarini esa, fuqarolarni asossiz qoʻrquvga solmaslik va qonun xizmatkorlarining ulugʻvorligi bilan vahimaga solmaslik uchun pariksiz olib borishga ruxsat etilgan.

Aynan oʻsha 2008-yilda Britaniya mantiyalari manjetlar va yoqalari baxmal bilan ishlov berilgan, moviy-koʻk tus oldi. Sudyalarning iyerarxiyasi oltin, nilufar va koʻk lentalar bilan ajraladigan boʻldi.

Germaniyada sudyalar statuslariga qarab – qora va qizil mantiyalar kiyishadi. Sudyalarning iyerarxiyasi qanchalik yuqori boʻlsa – uning ust-boshida qizil rang koʻproq, kantdan boshlab tugal ust-boshgacha. Federal Konstitutsion sud sudyalari jaboni eslatuvchi oq sharfli ochiq-qizil mantiya kiyishadi. Favqulodda tantanali vaziyatlarda ust-boshga uncha baland boʻlmagan tsilindr shakldagi qizil shapka qoʻshiladi.

Italiyalik sudyalar favqulodda tantanali vaziyatlarda kundalikli qora mantiyalarini oq yoqali qiziliga almashtirishadi. Bezaklariga tillo yoki kumush akselbantlardan foydalanishadi. Frantsiyada yaqin kunlargacha sudyalar shapkacha-yermolkalar kiyishgan boʻlsa, hozirda qoʻshimchalardan faqat chap yelkadan tashlangan oq sharf qoldi. Ularda ham iyerarxiyasiga qarab, qora yoki qizil rangli mantiya kiyiladi.

Ispaniyada hammasi qatʼiy: qonun xizmatkorlarining qora mantiyalari koʻkrakka taqilgan davlat gerbi bilan toʻldirilgan, ajratuvchi belgilardan yuqori sud instantsiyalarida zanjirli medalon bor, xolos.

Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi aʼzolari ochiq koʻk ipakdan ishlov berilgan, yelkasida Yevro ittifoq nishoni bilan bezalgan yorqin mantiya kiyishadi. Koʻrinishni oq tantanali sharf yakunlab turadi. Amerika sud tizimi anʼanalari oʻz ildizlari bilan Angliya huquqi tarixiga borib taqaladi.

Oʻzbekiston sudyalari uchun sudya mantiyalar shakli AQSh, Germaniya, Frantsiya, Buyuk britaniya va Rossiya kabi davlatlarning tajribalari asosida ishlab chiqildi. Senatorlar ikki xil rangdagi mantiyalarni tasdiqlashdi. Konstitutsiyaviy sud sudyalari uchun – toʻq olcha rangli va boshqa sud sudyalari uchun toʻq-koʻk rangli mantiya tanlandi. Shuningdek, jamlanmaga ipak bogʻich va manishka kiritildi.

Bir mantiyani sudya qancha vaqt kiyadi? Uni qayerda va qanday tikishadi? Odil sudlovni qanday vaziyatlarda «sudya formasi»siz olib borish mumkin? Sudya boʻlmagan odam sudya mantiyasini kiysa nima boʻladi? Shunday va boshqada barcha savollar endi qabul qilinadigan «Oʻzbekiston Respublikasi sudyalari maxsus ust-boshi toʻgʻrisida»gi normativ hujjat asosida tartibga solinadi.

Yerkin Uteniyazov, Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026