OLIS QIShLOQLAP AHOLISI UChUN KOʻChMA SAVDO YaPMAPKALAPI TAShKIL ETILDI
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizga koronavirus pandemiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olishda birdan-bir muhim vosita – aholining zarurat boʻlmasa uydan chiqmay, oʻzi va oila aʼzolarining salomatligini saqlashda ekanligini, karantin qoidalariga qatʼiy amal qilish zarurligini har gal xalqqa murojaat qilganlarida qayta-qayta taʼkidlamoqda. Bu borada xalqimizga qulayliklar yaratilib, pensiya pullari pensionerlarning uylariga yetkazib berilmoqda. Maxsus sterillangan antiseptik vositalar, niqoblar bilan aholining toʻliq taʼminlanishiga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tumanimizda ham xalqimizning karantin qoidalariga qatʼiy amal qilishi kun tartibidagi asosiy vazifaga aylangani munosabati bilan chekka qishloq va ovullar mahallalar aholisiga kundalik ehtiyoj mollari, xususan zarur oziq-ovqat mahsulotlarini arzon va qulay narxlarda yetkazib berish, ayni paytdagi eng zarur tibbiy buyum va vositalar bilan taʼminlanishi qatʼiy nazoratga olingan. Chunki mamlakatimizga koronavirus pandemiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha maxsus komissiyaning 2020-yil 3-aprel kungi yigʻilish bayoni bilan “Karantin sharoitida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va qulay sharoitda taʼminlashning vaqtinchalik tartibi”da belgilangan vazifalar tuman Prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan boʻlib, bu boradagi ishlar tumanimiz miqyosida tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 4-aprel sanasida tuman Prokuraturasi, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining tuman boʻlimi tomonidan Jumurtov shaharcha fuqarolar yigʻini hududida koʻchma savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur koʻchma savdo yarmarkasi orqali shaharcha aholisiga asosiy turdagi sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini arzon va qulay narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratildi. Yarmarka orqali jami 3684 kg. oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, yaʼni 500 kg. kartoshka, 300 kg. sabzi, 500 kg. piyoz, 284 kg. karam, 1200 kg. un, 500 litr yogʻ va 400 kg. Boshqa zarur mahsulotlar hamda 1450 dona tibbiy buyum va vositalari yetkazib berildi.
Koʻchma savdo yarmarkasiga barcha mahsulotlar maxsus dezinfektsiyalangan 6 ta “Damas”, 1 “Labo” rusumli avtotransport vositalarida, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda yetkazib berilganidan, ayniqsa, 1 ta avtotransport vositasida koʻchma dorixona joylashtirilganidan aholi mamnun boʻldi.
Koʻchma yarmarka faoliyati orqali 500 dan ortiq xonadon vakillari kundalik zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy buyum va vositalarni arzon, qulay narxlarda xarid qilish imkoniga ega boʻldilar.
***
Joriy yilning 6-aprel kuni esa tuman prokuraturasi, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining tuman boʻlimi tomonidan tuman markazidan olis hududda joylashgan Doʻrman ovul fuqarolar yigʻinida ham aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiyot buyumlari hamda vositalari bilan taʼminlash maqsadida koʻchma savdo yarmarkasi tashkil qilindi. Koʻchma savdo yarmarkasida 3280 kg. oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, yaʼni 1000 kg. kartoshka, 500 kg. sabzi, 300 kg. piyoz, 300 kg. karam, 100 kg. shakar, 500 kg. un, 480 litr yogʻ va 100 kg. boshqa mahsulotlar, shuningdek, 1200 dona tibbiy buyum va vositalari aholiga qulay va arzon narxlarda yetkazib berildi. Koʻchma savdo yarmarkasiga mahsulotlar 5 ta “Damas” avtotransport vositalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda yetkazib berilganidan ovul aholisi mamnun boʻlishdi. Ushbu yarmarkada 300 dan ortiq xonadon vakillari kundalik zarur boʻlgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qulay narxlarda xarid qildilar.Shunisi eʼtiborga molikki, koʻchma savdo yarmarkasiga mahsulotlarni yetkazishga jalb qilingan avtotransport vositalaridan bittasiga koʻchma dorixonaning joylashtirilgani ayni muddao boʻldi. Koʻchma dorixona orqali ovul aholisi oʻzlari uchun zarur boʻlgan tibbiy buyumlarni xarid qildilar.
Bu kabi koʻchma savdo yarmarkalari faoliyati tumanimizning boshqa ovul va mahallalarida ham yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶