25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 22:23
Jamiyat 👁 467

INShOLAR TANLOVI YaKUNLANDI

INShOLAR TANLOVI YaKUNLANDI

Shu yilning fevral oyida “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari orasida “Navroʻz umumxalq bayrami” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazilishi eʼlon qilingan edi. Tumanimiz maktablariga gazetaning har bir soni muntazam ravishda yetkazib berilayotganliginiga qaramasdan chekka hududlardagi maktablarning birontasidan tanlovga insho yuborilmaganligi bizni hayratga soldi. Mazkur maktablarda darslar davomida insholar qay tarzda yozilayotganligi bizga nomaʼlum, biroq tanlov toʻgʻrisida xabardor boʻlgan oʻqituvchilarning oʻquvchilarini iqtidorini sinab koʻrishga jalb qilmasligi qanday baholanadi, bilmadik. Qolaversa, tanlovda qatnashish ixtiyoriydir.

Tanlovda qatnashish istagini bildirib, bizga oʻzlarining mazkur mavzudagi insholarini joʻnatgan maktab oʻquvchilariga oʻzlarimizning minnatdorchiligimizni bildiramiz. 40-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Dilnoza Bozorboyeva, 38-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchilari Asaloy Shoniyozova, Dilorom Rajaboyeva, Goʻzal Ozodova, 10-sinf oʻquvchisi Nigora Yerdoshevalarning  insholarini juda yaxshi yozilgan deb qabul qildik.

Til va adabiyot fani oʻqituvchilari yaxshi bilishadi, insho yozishda oldindan reja tuzish ijod qilishda asosiy  rol oʻynaydi. Yaxshi reja tuzib, shu reja asosida mavzuni yoritib berish nur ustiga aʼlo nur boʻlishi tabiiy. Bizga oʻz insholarini yozib joʻnatgan Dilorom Rajabova, Goʻzal Ozodova, Asaloy  Shoniyozovalar biz eʼlon qilganimizdan boshqa, yaʼni “Navroʻz – bahor bayrami” mavzusini tanlashgan.  Holbuki, Navroʻz umumxalq bayrami ekanligiga koʻproq urgʻu berilishi kerak edi. Reja yoʻq, boʻlsa ham qoralama qogʻozda qolib ketgan boʻlishi mumkin.

Dilorom oʻz inshosida kirish qismini juda yaxshi boshlagan, qushlarning uchib kelishi, bahorda bayramlarning koʻpligi, milliy liboslar haqida chiroyli tasvirlar keltirgan. Insho ixcham xulosa bilan yakunlangan.

Goʻzal oʻz inshosida tabiat oʻygʻonishi, dehqonlarning dalada ish boshlashi, bolalar oʻyini, bayram munosabati bilan sumalak pishilishi, keksalarga hurmat koʻrsatilishi, yaxshi bayram kayfiyati, bularning barchasidan oʻrinli xulosa chiqarib inshoni yakunlashi bilan boshqalardan ajralib turadi.

Asaloy yozgan inshoning rejasi yoʻq, mavzu boshqa va juda qisqa tarzda yozilgani bilan u oʻzining kelajakda ravon yoza oladigan qalamkash boʻlishini koʻrsatib turibdi.

40-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Dilnoza Bozorboyeva insho mavzusini toʻgʻri tanlab, belgili reja asosida ijod qilgan. Uning, ayniqsa, milliy, tarixiy taom sumalak haqidagi bilimlari tahsinga loyiq. “Bir kuni bir ayol – deb yozadi u oʻz inshosida – farzandlariga nima ovqat qilib berishni bilmay qozondagi iliq suvga bugʻdoy solib qoʻydi. Tunda farishtalar kelib bugʻdoyni pishirib ketibdilar. Shunday qilib hozirgi kunda maʼlum va mashhur sumalak paydo boʻladi”.

Dilnozaning  kelajakdagi ijodiy ishlarida barkamollik tilaymiz.

38-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Nigora Yerdoshevaning ijod mahsuli boʻlmish inshosida Navroʻz nima uchun umumxalq bayrami  ekanligi aniq dalillar bilan bayon qilib berilgan. U oʻz inshosiga “Milliy urf-odat va anʼanalarimiz”, “Sumalak bahoriy taom”, “Navroʻz – yangilanish va yasharish bayramidir” shaklidagi ish rejasini tuzib shu asosda matn tayyorlagan. Insho orqali u milliy urf-odatlarimizni yaxshi bilishi, bahorning kelishi, tabiat uygʻonishi, yurtdoshlarimiz ichki dunyosini dildan his qilishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Qolaversa, husnixat bobida ham oʻz tengqurlari orasida tengsiz ekanligi yaqqol sezilib turibdi.

Ijodiy kengash aʼzolari Nigora Yerdoshevaning yozgan inshosiga yuqori baho berdilar. U mazkur insho tanlovining gʻolibasi deb tan olindi.

“Jayxun ilhomlari” notijorat nodavlat tashkiloti.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026