“ISTEʼDOD ŞOU” TELETANLOVINING HUDUDIY BOSQIÇI ĞOLIBLARI ANIQLANDI
Isteʼdodli yoşlar köp. Lekin ularning öz qobiliyatlarini amalda namoyon etişlari uçun yetarli şaroit yaratib berilmasa, bu isteʼdod ğunçalari avaylab-asralib, rağbat körsatilmasa, xuddi quyoş nurini his etmagan navnihol kabi unib-ösmaydi, balki sölib qoladi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim taşabbusning butun mazmun-mohiyati yoş isteʼdod egalarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, isteʼdodlarini kamol toptirişga qaratilgani bilan yoşlar hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Butun mamlakatimizda, şu jumladan tumanimizda ham 5 ta muhim taşabbus doirasida olib borilayotgan amaliy çora-tadbirlar yoş isteʼdod egalarini kaşf etiş imkonini bermoqda. Şu bilan birga ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlarida alohida örin tutmoqda.
Tuman Madaniyat bölimi, tuman Xalq taʼlimi bölimi, Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi hamda Amudaryo televideniyesi tomonidan hamkorlikda taşkil etilgan “Isteʼdod şou” teletanlovi ham nafaqat yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, balki ularni sanʼat maskanlariga jalb etiş orqali öz qobiliyatlarini omma oldida namoyiş etiş imkonini bermoqda. Mazkur teletanlovni ötkazişdan közlangan maqsad ham yoş isteʼdod ğunçalarini avaylab-asraş, ularga zarur şart-şaroitlar yaratiş, yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyğularini madh etuvçi kuy va qöşiqlari, raqslari orqali xalqimizga tanilişi, öz ijrolarini katta sahnalarda namoyiş etişlari uçun kömaklaşişdan iborat.
Teletanlovni ötkaziş böyiça taşkilotçilar tomonidan çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilib, Nizom tasdiqlandi. Unga köra, beşta muhim taşabbusning asosiy yönalişlaridan biri – yoşlarni sanʼat maskanlariga keng jalb qilgan holda ularning özlari qiziqqan yönalişlar böyiça egallagan könikma va mahoratlarini omma oldida namoyon etişlari hamda uşbu jarayonda alohida iqtidor egalarini tanlab olib, rağbatlantirişga, Amudaryo televideniyesi orqali çiqişlarini namoyiş etişga eʼtibor qaratildi.
Joriy yilning 10-mart sanasida Çoyköl Madaniyat markazi binosida “Isteʼdod şou” teletanlovning hududiy bosqiçi bölib ötdi. Unda 7-, 22-, 26-, 28-, 32-, 33-, 42-, 59-sonli umumtaʼlim maktablarining yoş isteʼdod egalari iştirok etdilar. Tuman Madaniyat bölimining taşabbusi bilan sanʼat sohasining turli yönalişlari böyiça hududlardagi madaniyat markazlari tögaraklarida şuğullanayotgan tumanimizdagi barça umumtaʼlim maktablarining 7 yoşdan 18 yoşgaça bölgan yoş iqtidor egalari jalb etilib, teletanlovning tuman bosqiçiga eng iqtidorli yoşlar tanlab olindi. Teletanlov Nizomiga muvofiq yoşlarning çiqişlari, ijro mahoratlari tuman Madaniyat markazi badiiy rahbari M.Ibragimov, Madaniyat markazi tögarak rahbari Z.Fayzullayev va markaz mutaxassisi M.Ibragimovlar tomonidan şaffoflik asosida baholab borildi. Unga köra, sozandalik yönalişida 42-sonli maktab öquvçisi Behruz Şukurullayev, suxandonlik yönalişida yana şu maktab öquvçisi Qunduzoy Qodirova, raqs yönalişida 28-sonli maktabning raqs jamoasi, aktyorlik yönalişida 26-sonli maktab öquvçisi Rahmatjon Ismoilov, 33-sonli maktab öquvçisi Xosiyatxon Safarboyevalar “Isteʼdod şou” teletanlovining hududiy bosqiçi ğoliblari bölişdi va teletanlovning tuman bosqiçiga yöllanma oldilar.
Şuningdek, 20-mart sanasida “Isteʼdod şou” teletanlovining Qipçoq hududiy bosqiçi ham ötkazildi. Qipçoq şaharçasi, Qangli ovuli hamda Uyşin mahalla fuqarolar yiğinlari hududidagi 11-, 18-, 24-, 29-, 39-, 47-, 65-, 67-, 69-, 75-sonli umumtaʼlim maktablarining yoş isteʼdod egalari iştirok etgan teletanlovda Qipçoq hududidagi eng iqtidorli yoşlar tanlov ğoliblari bölişdi. Tanlovda şaffoflik va adolat tamoyillariga amal qilinişida Anvar Xudoyberganov, Murod Ibragimov va Qunduzoy Eşçanovalardan iborat hakamlar hayʼati aʼzolarining hissasi katta böldi. Hakamlar hayʼati xulosasiga köra, sozandalik yönalişida Jamşid Ollayorov va Diyora Jölliboyeva, estrada qöşiqçiligi yönalişida Otabek Hasanov, suxandonlik yönalişida Lobar Norboyeva, raqs yönalişida 47-sonli maktabning “Barçinoylar” raqs jamoasi va şu maktabning 10-sinf öquvçilari raqs dastasi hamda tsirk sanʼati yönalişida Fozilbek Qöşmonovlar ğolib deb topildilar hamda “Isteʼdod şou” teletanlovining tuman bosqiçiga yöllanma oldilar.
Ösib kelayotgan yoş avlodning iqtidorlarini namoyon etişlariga kömaklaşiş Vatanga muhabbat, maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlarimizga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalaşga qaratilgan “Isteʼdod şou” teletanlovi Nizomiga muvofiq tanlovning hududiy bosqiçlari mamlakatimizdagi koronavirus epidemiyasi bilan boğliq vaziyat barqarorlaşgaç, yana davom ettiriladi va albatta, tanlovning tuman bosqiçi sanitariya-osoyiştalik, soğlom hayot tarzi bilan şod-u xurramlikda ötkaziladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶