16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:40
Jamiyat 👁 490

PISA tadqiqotlari dasturi asosida xalqaro tajribalarni oʻrganishga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi

PISA tadqiqotlari dasturi asosida xalqaro tajribalarni oʻrganishga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi

“Taʼlim sifatini baholash PISA tadqiqotlari dasturi asosida xalqaro tajribalar” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi. Ushbu seminar-treningda taʼlim sifatini baholash PISA tadqiqotlari dasturi asosida xalqaro tajribalarni oʻqish savodxonligi boʻyicha metodik tavsiyalar berildi.

10-mart kuni tumandagi 40-sonli maktabda oʻtkazilgan mazkur seminar-treningda tumanimiz umumtaʼlim maktablarining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari ishtirok qildilar. Ularga PISA tadqiqotlari dasturi asosida xalqaro tajribalarda oʻqish savodxonligi boʻyicha topshiriqlar ustida ishlashda oʻqituvchilarda qanday koʻnikma va malakalar shakllanishi zarurligi haqida tavsiyalar berildi. Berilgan metodik tavsiyalar orqali oʻquvchilarda ushbu koʻnikma va malakalar shakllanishi yuzasidan fikr almashildi.

Bu boʻyicha oʻqituvchilar bilan iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for economic cooperation and development - OECD) tomonidan oʻtkaziladigan PISA (Program for international student assessment) tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida nazariy va amaliy mashgʻulotlar tashkil qilindi.

Oʻqituvchilar amaliy mashgʻulotlarda PISA tadqiqotlari dasturi asosida xalqaro tajribalarda oʻqish savodxonligi boʻyicha “Siz tishingizni qanday tozalaysiz?” va “Qon topshirish” mavzularida topshiriqlarni bajardilar. Topshiriqlarni bajarish jarayonida PISA xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati, uning oʻqish savodxonligini baholash yoʻnalishiga oid asosiy tushunchalarning taʼrifi, topshiriqlar, ularning tavsifi va yechish boʻyicha metodik tavsiyalar oldilar.

Seminar-treningda tajribali oʻqituvchilar matnda berilgan kichik maʼnoni ham ilgʻashga harakat qildilar. Ular matn shakl va mazmuni xususida mulohaza yurita oldilar va maʼlumot aniqligi, uning sifatini tanqidiy baholadilar. Tajribali oʻqituvchilar matndagi maʼlumotning ishonchliligi va sifatini, yaʼni maʼlumot yaroqli, yangi, toʻgʻri va bir yoqlama emasligini aniqlay oldilar. Baholash jarayoni baʼzan oʻqituvchidan maʼlumot manbasini aniqlash va baholashni talab etadi, jumladan, muallif tajribalimi, yaxshi maʼlumotga ega yoki obʼektivmi va hokazo.

Amaliy mashgʻulot davomida shakl va mazmun borasida esa tajribali oʻqituvchilar matn yozilishining uslubi va sifatiga eʼtibor qaratishni oʻrganishdi. Bu boʻyicha oʻtkazilgan amaliy mashgʻulotlarda muallifning fikri va maqsadini qanday ifodalaganini, matn yozilishining shakli va mazmun oʻrtasidagi aloqadorlikni baholay oldi.

Mulohaza yuritish oʻqituvchining matndan tashqari fikri, munosabati va bilimi bilan matnda keltirilgan maʼlumot va kishining shaxsiy tajribasi, fikrlash doirasidan kelib chiqib berilgan maʼlumotni bogʻlab oʻrganishini ifodalaydi. Mulohaza yuritishda oʻqituvchidan oʻzining tajriba yoki bilimini va turli farazlarini taqqoslab, qiyoslashi talab etiladi. Oʻqituvchilar mashgʻulotlar davomida buning uddasidan chiqishdi.

Baholash va mulohazakorlik, shubhasiz, oʻqish savodxonligining bir qismi, ammo ularning salmogʻi bugungi kunda oʻquvchi duch keladigan maʼlumotlar xilma-xilligi va ularning miqdori bilan oʻsib bormoqda.

Shu sababli oʻquvchilar koʻp qismli va qarama-qarshi fikrli matnlarga duch kelganda ulardagi tafovutlarni aniqlash usullaridan xabardor boʻlishlari lozim. Odatda, tafovutlar bilan ishlash oʻquvchidan oʻzining ishonchli manbalariga asoslanib, qarama-qarshi fikrlarni aniqlashi va ularning ishonchliligini baholashini talab etadi. Ushbu koʻnikmalar zamonaviy oʻqishning koʻp qismini oʻz ichiga olgani sababli, 15 yoshli bolalar xilma-xil matnlarni umumlashtirish, taqqoslash, tushunish kabi qiyinchiliklarga nechogʻliq tayyor ekanliklarini aniqlash muhim masala hisoblanadi.

Seminar-trening davomidagi amaliy mashgʻulotlarda umumtaʼlim maktabi ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari oʻz dars jarayonida PISA xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati, uning oʻqish savodxonligini baholash yoʻnalishiga oid asosiy tushunchalarni oʻquvchilarimizda shakllantirishga qaratilgan metodlar, usullarni oʻrgandilar.


Ravshan XOLMURODOV , tuman XTB taʼlim sifati monitoringi Bosh inspektor-metodisti.

       Nodira  RAJABOVA, 40-sonli tayanch maktabi ona tili va adabiyot fani trener-oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026