16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:39
Jamiyat 👁 251

OʻzXDPning “Yoshlarga – koʻmak” loyihasi doirasida uchrashuv oʻtkazildi

OʻzXDPning “Yoshlarga – koʻmak” loyihasi doirasida uchrashuv oʻtkazildi

Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasi tuman Kengashi tomonidan “Yoshlarga – koʻmak” loyihasi doirasida yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik sodir etilishining oldini olish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi.

14-mart kuni Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Doʻstlik, Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini msaʼullari va faollari, kollej yoshlari, OʻzXDPdan saylangan deputatlar hamda tegishli davlat organlari, idora-tashkilotlar masʼullari qatnashdilar.

Uchrashuvda OʻzXDP tuman Kengashi raisi Maqsud Saʼdullayev, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari, deputat Gulshod Yusupova hamda Bekman Allaberganovlar yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik sodir etilishining oldini olishga doir masalalar yuzasidan maʼruza qildilar.

Xalq deputatlari tuman Kengashi OʻzXDP partiya guruhi rahbari Maqsud Saʼdullayev soʻzga chiqib, mamlakatimizda jinoyatchilik va uni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotganligi, bu yoʻnalishda yoshlarning huquqbuzarlik yoʻliga oʻtishlarining oldini olishga katta eʼtibor qaratilayotgani haqida gapirdi.

Xususan, oʻtgan davr mobaynida yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar sodir qilinishining oldini olish boʻyicha tashkiliy va huquqiy choralar belgilash va hal etishda bir qator muammolar mavjudligi aniqlanganini aytib oʻtdi. Ota-onalar tomonidan farzandlarining oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishini pedagogik nazorat qilish darajasi juda sustligi, qishloq joylarda taʼlim muassasalarining yetarli emasligi, yoshlar bilan shugʻullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarining masʼullik darajasini belgilovchi va ularga majburiyat yuklovchi qonun normalarining yagona tizimi mavjud emasligini ham taʼkidladi.

Haqiqatan ham jamiyatdagi barcha nojoʻya holatlar, jumladan, oiladagi notinchlik, taʼlim muassasalari ishidagi va boshqa sohalardagi kamchiliklar yoshlarning normal rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Huquqbuzarlik sodir etgan yoshlarning 62,2 foizi boʻsh vaqtlarini koʻchada oʻtkazishi maʼlumotlarda koʻrsatib oʻtilgan.

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari, deputat Gulshod Yusupova bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun, avvalambor, axborot-tahlil ishlarini yoʻlga qoʻyish lozimligini oʻz fikrida bayon etdi. Shuningdek, bu orqali yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning umumiy holati, miqyosi, tarkibi, tabiati va dinamikasi toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlish mumkinligini ham aytib oʻtdi.

Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar sodir qilinishini baholashda ularning yuzaga kelishiga taʼsir etuvchi omillarni inobatga olish, u yoki bu hududda maʼlum bir turdagi, ayniqsa, ogʻir oqibatlarni keltirib chiqaruvchi jinoyatlarning sabablarini tahlil etish muhim ahamiyatga ega. Bu boradagi muhim muammolardan biri shundan iboratki, ular huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlarining profilaktik taʼsiri doirasiga asosan huquqbuzarlik sodir etganidan keyin tushadilar. Yoshlarning gʻayriijtimoiy moyilligini dastlabki bosqichda profilaktika qilishga nisbatan yuzaki yondashish hollari ham uchrab turadi. Oʻziga xos profilaktika choralaridan biri bu – huquqbuzarlik sodir etayotgan yoshlarning ota-onalarini, homiy yoki vasiylarini gʻayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan rasman ogohlantirishdir.

Mazkur uchrashuvda ishtirok etgan Bekman Allaberganov ham oʻz maʼruzasida bu boradagi masalalarga eʼtibor qaratib, yoshlar oʻrtasida profilaktik choralarni amalga oshirishda shaxsning yoshi va boshqa xususiyatlari inobatga olinishi muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Undan tashqari, jinoyatlarning sabablarini aniqlash nafaqat jamoatchilik, balki zarur hollarda turli sohalarning tajribali mutaxassislari yordamiga tayanishni ham taqozo etishini oʻz mulohazalarida keltirib oʻtdi.

Boʻlib oʻtgan uchrashuvda Doʻstlik va Yangiobod mahallalari faollari, yoshlar hamda kollej oʻquvchilari jinoyatchilikning oldini olishda oʻzaro hamjihatlik asosida ish yuritish muhim ahamiyat kasb etishini aytib, bu borada fikrlarini bildirdilar.

R. Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026