OʻZIGA IShONGAN AYoL
Oila qoʻrgʻonining mustahkam boʻlishi koʻp jihatdan ayolga bogʻliq. Pavshanoy oʻz oilasi iqtisodini koʻtarish uchun tinmay izlandi. Oiladagi doimiy yetar-yetmaslik, kun sayin ulgʻayib, tashvish-u quvonchlari ham ortib borayotgan farzandlarining taʼmnoti uchun talab qilinadigan mablagʻ ham oz emasdi. Nima qilsa, hech narsaga zoriqmay yashaydi?
U bir qarorga keldi: tadbirkorlik bilan shugʻullanadi, vassalom!
Pavshanoyni oilasidagilar ham qoʻllab-quvvatlashdi. U dastlab turli xil shirin pechenelar, yumshoqqina pirojniylar pishira boshladi. Qoʻlida bir-ikki soʻm mablagʻ yigʻiladigan boʻldi. 2011-yilda yakka tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtib, patent oldi va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. Natija kutilganidan ziyoda boʻldi, oʻzi va oila aʼzolari ish bilan taʼminlanishdi. Yangidan 3 ta ish oʻrni yaratildi.
– Bayramlar boshlanayotir, elimizda toʻy-maʼrakalar koʻp, – deydi P.Otajonova. – Buyurtma asosida tortlar, rang-barang bezakli pirojniylar, pechenelar tayyorlayapmiz. Tortlar uchun buyurtmalar juda koʻp, hammasiga ulgurayapmiz.
P.Otajonovaning qandolatchilik tsexi Mangʻit shahrining Chordara mahallasi hududida joylashgan. Bu yerdan mijozlar qadami aslo uzilmaydi. Oʻz mahsulotlariga talabgorlar kun sayin ortib borayotganidan xursand boʻlgan Pavshanoy bank krediti asosida qandolatchilik tsexini kengaytirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish niyatida.
– “Ortiqcha mablagʻim yoʻq, nima qilsam ekan?” – deb toʻrt tomoniga qarab, mahalla idorasiga moddiy yordam soʻrab borayotgan ayol-qizlarga aytar gapim bor, – deydi Pavshanoy. – Dadil boʻling, oʻzingizga ishoning va qoʻrqmasdan oʻz tadbirkorligingizni boshlang, hech qachon yutqazmaymiz. Chunki ortingizda sizni qoʻllab-quvvatlovchi davlatimiz, Prezidentimiz turibdi. Qonunlarimiz esa eng yaqin himoyachingizdir! Bugunoq ishga kirishing!
Ha, azizlar, P.Otajonova erishayotgan yutuqlarning barchasi uning dadilligi, oʻziga ishonchi va davlatimiz gʻamxoʻrligining yaqqol ifodasidir.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶