25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 04:46
Jamiyat 👁 323

OʻZBEKISTONNI, AMU ELINI OʻZIGA VATAN KILGAN OTAXON

OʻZBEKISTONNI, AMU ELINI OʻZIGA VATAN KILGAN OTAXON

Jamiyatimizda millatlararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy eʼtiqodidan qatʼiy nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham 30 dan ortiq turli millat va elat vakillari oʻzaro tinch-totuv va birdamlikda yurt ravnaqi, el farovonligiga munosib hissa qoʻshib yashab kelmoqdalar.

Tumanimizning Kuyuk koʻpir ovulida istiqomat qiluvchi qozoq millatiga mansub Qaziyevlar oilasi nafaqat ovuldagi, balki tumandagi eng namunali oilalardan biri. Fayzga toʻla uy oldida ochilib turgan chiroyli gullar bilan burkangan bogʻli hududga qadam qoʻyganingizdanoq bu yerda naqadar mehnatkash, yaratuvchan insonlar istiqomat qilishini his etasiz. Tomorqada yozgi sabzavotlar yetilgan, mevasidan shoxlari egilib turgan uzum, olma, nok, shaftoli daraxtlarini tomosha qilishning zavqi boʻlakcha. Xuddi ona zaminimizning saxovati shu bir parcha yerda aks etib turganday.

Uzoq yillar zahmatli kasbda ishlagan, yoshi saksondan oshib ketgan oila boshchisi Mingturgʻan ota ham bolalari bilan birga mehnat qiladi, ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi. Ekin, mollarga qarashib, oʻz mehnatidan zavq oladi.

Mingturgʻan Kaziyevning ota-onalari ham shu yurtni Vatanim, xalqini qon-qardoshim, deb yashagan insonlardan boʻlgan. Otaxon 1936-yilda shu ovulda tugʻilgan. Barcha imkoniyatlar yaratilgan shunday jannatmakon yurtda kamolga yetib, Vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻshdi. U 1954-yili oliygohni tugatib, hozirgi 2-sonli maktabda oʻqituvchi boʻlib ish boshladi. Keyinchalik 1964-yilda Kuyuk koʻpir ovulida joylashgan 19-sonli maktabga direktor lavozimiga tayinlandi.

1968-yilgacha oʻquvchilarga fizika-matematika fanlaridan dars berdi. Soʻngra, 1969-yili hozirgi 2-sonli maktabga ilmiy boʻlim mudiri etib tayinlandi. Ish faoliyatining soʻnggi yillarida Mingturgʻan ota 19-sonli maktabda oʻqituvchilik qildi. Turmush oʻrtogʻi bilan beshta qiz, ikkita oʻgʻilni voyaga yetkazdi. Hozirda ular oʻzlarining faol xizmatlari, ulkan tajribalari bilan tanilgan yetuk mutaxassislar boʻlib yetishib, Vatanimiz ravnaqi yoʻlida mehnat qilayotgan, boy amaliy tajribasi bilan yoshlarga oʻrnak boʻlayotgan insonlardir.

Katta farzandi Dinar Qaziyeva Toshkent Davlat Jahon tillari Universitetini tugatib, oʻz sohasi boʻyicha faoliyat olib bordi. Ikkinchi farzandi Ayboʻpe Qaziyeva maktabgacha taʼlim sohasi xodimi, Gulnor Qaziyeva esa 19-sonli maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. Qayrat Qaziyev tuman Tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam boʻlimida shifokor, qizi Xaldan Qaziyeva Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi  jamoat salomatligi boʻlimi mudirasi, yana bir oʻgʻli Muhit Qaziyev 19-sonli maktabda xoʻjalik ishlari boʻyicha ishchi-xodim, kichik qizi Raya Qaziyeva uy bekasi. Mingturgʻan otaning kelinlari Maya Qalandarova tibbiyot xodimi, Aygul Nurishboyeva esa hozirda 19-sonli maktabda oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Mustaqillikning ilk yillarida Mingturgʻan otaning koʻp qarindoshlari Qozogʻistonga koʻchib ketishdi. Unga ham yur, ketamiz, deganlar koʻp boʻlgan ekan. Biroq u hech qayerga ketmasdan, shu yerda yashashni maʼqul koʻrdi. Chunki, ustoz deb boshiga koʻtarguvchi shogirdlarini, ogʻa-iniday qadrdon ovuldoshlarini tashlab ketgisi kelmadi. Shu yurtdagi tinch-osoyishtalikni, bir-birovga boʻlgan gʻamxoʻrlik, mehr-oqibatlilikni boshqa biror joydan topa olishiga koʻzi yetmadi.

Otaxon aytganidek, ovulda yashayotgan qozoq millati vakillari toʻy-maʼrakalardan boshqa vaqtda ham uyiga mehmon kelsa, yaxshi kutib olib, borini dasturxonga qoʻyadi. Eng tansiq taomlari bilan dasturxonni toʻldiradi. Oʻgʻil-qizlarini voyaga yetgunicha, biror hunarga oʻrgatishadi.

Yoshligidan ularga yerdan unumli foydalanishni, chorvachilik bilan shugʻullanishni oʻrgatadi. Ovul yoshlarining savodi chiqishiga mehnati singgan, ularga xat-savod oʻrgatgan Mingturgʻan otaning bugun ovulda hurmati baland. Mehnatlarining rohatini koʻrib, keksalik gashtini surib yashayotgan nuroniylardan biri Mingturgʻan otaning oilasi qishloqdagi ibratli oilalardan. Farzandlarini ham yurt koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalagan ota hozir nafaqat oʻgʻil-u kelinlari, balki elning ham ardogʻida.

Otaxon yer yuzidagi turfa xil madaniyatlar gullab-yashnayotgan mamlakatlardan biri – Oʻzbekistonda yashayotganidan hamisha faxrlanadi.

Sevara Ismoilova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026