“MILLIY ANʼANALARIMIZ - ĞURURIMIZ” NOMLI TARBIYaVIY SOAT ÖTKAZILDI
Dehqon ahlining qadimiy bayram – Navrözni har yili zör quvonç, katta tayyorgarlik bilan kutib oliş elimizning eng yaxşi udumlaridan biri. Qutluğ kun bahona köçalar tozalanib, ariqlar qaziladi, hammayoq supurib-sidiriladi. Yalpiz, ismaloq, jağ-jağ kabi kökatlardan somsalar yopiladi.
Ölkamizga Navrözi olam taşrif buyurişi munosabati bilan 64-sonli maktabning 2-“B” sinfida “Milliy anʼanalarimiz - ğururimiz” mavzusida tarbiyaviy soat taşkil etildi. Bunda öquvçilar Navröz bayrami, unga boğliq urf-odat va anʼanalarimiz haqida bilib oldilar.
Tarbiyaviy soatda öğil bolalarning “Çillak”, qizlarning esa, “Beş toş” kabi milliy öyinlari haqida köpgina maʼlumotlarga ega böldilar. Navrözda ijro etiladigan xalq öyinlarini öziga xos xususiyatlariga köra, alohida va bölinib, tarafma-taraf bölib öynaladigan, söz va qöşiqli öyinlarga bölinişi, ularning yoşlar kamolotidagi örni haqida samimiy suhbat böldi.
Töğri tanlangan öyin yoş avlodni har tomonlama muvaffaqiyatli tarbiyalaş vositalaridan biri sifatida xizmat qilişi taʼkidlandi.
Bolajonlar qaldirğoç xatjildlar içida yozilgan topşiriqlarni bajardilar. Bayram urf-odatlari haqida aytilgan fikrlarning tuşirib qoldirilgan sözlarini davom ettirişdi. “Ikki örtoq” öyini, “Aqliy hujum” kabi metodlar orqali öquvçilar fikrlaşga örgatildi, ulardagi topqirlik könikmalari şakllantirildi.
Dildor SAPARBOYeVA,
64-sonli maktab boşlanğiç sinf öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶