TAʼLIM BERIB TARBIYaLAŞ – ZIMMAMIZDAGI MASʼULIYaTLI VAZIFA
Olmazor mahallasida joylaşgan 82-sonli umumtaʼlim maktabi ötgan öquv yilida öz faoliyatini boşladi. Oldinlari Gulzor, Olmazor mahalla bolalari 3 ta maktabga bölinişib öqişar edi. Bu esa ota-onalarga ham, öquvçilarga ham ozroq muammo tuğdirardi. Endilikda bolalar barça şaroit, qulayliklarga ega bölgan yangidan taşkil qilingan uşbu maktabda tahsil olmoqdalar.
Bu maktabda tajribali, yuqori malakali öqituvçilar, jumladan biologiyadan Bahodir Dösimbetov, matematikadan oliy toifali öqituvçi Bobur Yusupov, rus tilidan tajribali fidoiy öqituvçi Saʼdulla Matçanovlar öquvçilarga sifatli taʼlim-tarbiya berişmoqda. Şuning bilan birga yetuk tajribaga ega boşlanğiç sinf öqituvçilari, kuç-ğayratga töla yoş öqituvçilar ham faoliyat olib bormoqdalar.
Bu maskanning tevarak-atrofi obod, inson könglini yayratadi. Manzarali va mevali daraxtlar bilan maktab yanada fayzli.
Biz pedagoglar taʼlim sifatini oşiriş borasida ham astoydil harakat qilmoqdamiz. Har bir fan oyligida reja asosida işlar olib borilmoqda. Jumladan, fevral oyida ham tadbirlar olib borildi. Boşlanğiç sinf öqituvçilari matematikadan “Bilimdonlar bellaşuvi” deb nomlangan tadbir ötkazdilar. Unda 3-4-sinf öquvçilari qatnaşdilar.
Öquvçilar matematikaga doir 5 ta şart asosida özaro bellaşdilar. Şeʼriy masala, murakkab tenglamalar, köp amalli misollar yeçiş, boşqotirma yeçiş, sardorlar bellaşuvida öquvçilar özaro kuç sinaşdi. Bunday tadbirlarda öquvçilar bilimli zukko bölişni örganiş bilan jamoat joylarda özlarini qanday tutişni örganadilar. Maʼnaviy ozuqa oladilar. Odob-axloq qoidalarini ham örganadilar.
Taʼlim berib tarbiyalaş, tarbiyalab taʼlim beriş biz öqituvçilarning vazifamizdir. Şu bois bu yölda biz bor kuç-ğayratimizni sarflaymiz, masʼuliyatni his qilgan holda zimmamizdagi burçni bajarişga harakat qilamiz.
Nodira Sobirova, 82-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶