QORAMON MAHALLASIDA AYoL-QIZLARGA EHTIROM KÖRSATILDI
Ayol borki, olam munavvar. Ayolning öz farzandini oq yuvib, oq tarab, voyaga yetkazguniça, oila atalmiş qörğonning tinç-osoyiştaligini saqlaşdagi xizmatlarini heç narsaga tenglaştirib bölmaydi. Nozikkina jussasida olamça qudrat yaşiringan ayol yurgan yöllardan gullar unadi, uning öziga xos saboti, matonati ila nainki xonadoni, balki çor-atrofi ham fayzga töladi.
Şu boisdan ham jamiyatimizda ayollarning roli ulkan. Ularning iqtidor va salohiyatini yana ham yuksaltiriş maqsadida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan uluğvor özgarişlarda faol iştirokini taʼminlaşga eʼtibor tobora kuçaytirilmoqda. Ayniqsa, xalqaro xotin-qizlar kuni bayramida ularga bölakça hurmat-ehtirom körsatiladi, el ardoğida böladi.
Tumanimizning çekka hududida joylaşgan Qoramon mahallasida ham uşbu sana qizğin nişonlandi. Mahallada oilalar mustahkamligini taʼminlaş, azaliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizning tarbiyaviy ahamiyatini keng tarğib qilişda alohida örnak bölayotgan faol ayollar, onaxonlar va tengdoşlariga öqişda, işda namuna bölayotgan qizlar mahalla hududidagi “Omon ota” töyxonasiga taklif qilindi.
Mahalla fuqarolar yiğini raisi Murod Abdullayev rahbarligida mahalla hududidagi fermerlar homiyligida taşkil etilgan tadbirda nuroniy onaxonlar, ayol-qizlar uçun tökin dasturxon yozildi. Ularning şaʼniga iliq sözlar aytilib, sovğalar hadya qilindi.
Tadbirda ayol-qizlar bayramiga bağişlab namoyiş etilgan musiqiy dastur barçaga bayram kayfiyatini hadya etdi. Özlariga körsatilgan eʼtibor va hurmatdan köngillari şod bölgan ovulning ayol-qizlari şöx va diltortar navolar, qöşiqlarni miriqib tingladilar, dildan yayrab hordiq çiqardilar.
Bir köngil – ming Kaʼba, deydi xalqimiz. Birovning könglini kötarmoq esa unçalik muşkul iş emas. Ozgina mehr-eʼtibor, iliq söz har qanday oltin-u zardan aʼlo, inson köngli mehrdan yuksaladi, özida olamça qudrat tuyadi va hayotidan mamnunlik his qiladi. Şu boisdan ham bayramlarda nuroniy keksalarimiz, yaqinlarimizning duolarini olişga şoşamiz, ziyorat qilamiz. Yaxşi sözlarimiz bilan köngillarini ovlab, hayotiy saboq böluvçi xotiralarini tinglaymiz.
Mahallada istiqomat qiluvçi 5 nafar kam taʼminlangan oilalar bekalaridan ham tadbirkor Murod Ibragimov bayram bahona xonadonlariga borib xabar oldi va sovğalar berdi.
Şuningdek, mahallada sumalak qaynatiş marosimi ham ötkazildi. Mahallada istiqomat qiluvçi tengdoş, sinfdoş jöralar Tozaboy, Azamat, Farhod, Dilşod, Ötamurod, Otabeklar oilalari bilan birgalaşib, har yili bir xonadonda sumalak uçun buğdoy undirişadi, uni hamjihatlikda qaynatişadi. Köklam kirib kelişini öziga xos bayram qilişadi.
Bu yil ham ular bayram oldidan köklamning ilk kunida hammani sumalakka çorlaşdi. Inoqlikda örnatilgan doşqozonlardagi sumalakni tobiga, maromiga yetgunça qaynatişdi. Birgalikda yangi faslning ilk kunini xursandçilik, şodu-xurramlik bilan qarşi olişdi. Ertasi kuni esa qarindoşlarga, köşnilarga hamjihatlikda yetilib pişgan totli sumalaklarni tarqatişdi.
Xullas, köklam, ayol-qizlar bayramlariga bağişlab ötkazilgan tadbir-u tantanalar Qoramon mahallasida yaşovçi aholi yodida öçmas xotiralar qoldirgan kun böldi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶