16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:59
Jamiyat 👁 432

TAQDIRNING ULUGʻ TUHFASI

TAQDIRNING ULUGʻ TUHFASI

Aql-u shuurimizni yoritib turgan nur qaydan? Bu nur qachon vujudimizga mangu bahoriy nafas baxsh etdi? Qay kuni ana shu nur ogʻushida orzuning oydin yoʻllari sari dadil qadam qoʻydik? Qayerda? Albatta, maktabda! Bizga alifbe saboqlarini oʻrgatgan ustoz mehri bilan nurlanadi qalbimiz. Ana shu mehr ogʻushida orzular osmonida parvoz qilamiz, unib-oʻsamiz, hayot sinovlari aro toblanamiz. Bu – ilm-irfon yoʻli!

Nodiraxon ilk harfni tanib, alifbeni oʻrganganida hali maktabga ham chiqmagan edi. 11-sonli umumtaʼlim maktabida oʻzbek tili va adabiyot fani oʻqituvchilari boʻlib ishlovchi ota-onasi Saʼdulla ogʻa va Enajon opa barcha farzandlarini, juda erta ilm yoʻliga boshlagan ustoz boʻldilar. Nodiraxon 1-sinfga qadam qoʻyganida hijjalab oʻqish va yozishni ham oʻrganib olgan edi. Lekin zehni oʻtkir qizaloq aynan ota-onasi kabi til va adabyot yoʻnalishini emas, balki matematika fanini tanladi. 11-sonli maktabning matematika fani oʻqituvchisi (rahmatlik)  Allambergan Qurboniyozov, ayni kundagi maktab direktori, tajribali matematik Zulfiya Yusupovalardan bu fan sirlarini chuqur oʻrganishga kirishdi.

Nodiraning qiziqishlariga befarq boʻlmagan ota-onasi uni Oʻzbekiston Milliy Universiteti qoshidagi S.X.Sirojiddinov nomidagi matematika litseyiga olib borishdi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan Nodiraxon Otajonova 1992-1994-yillarda mazkur oʻquv dargohida tahsil oldi.

– Ustozlarim M.Mirzaahmedov va A.Saidovlardan doimo minnatdorman, –deydi Nodira oʻzini matematika fani sir-sinoatlariga oshno etgan ustozlarini eslarkan. – Ular meni juda avaylashardi, olisdan kelgan, deb hatto menga qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtish uchun ham vaqt ajratishardi.

Litseyni muvaffaqiyatli tugatgan Nodiraxon 1995-1999-yillarda Qoraqalpoq Davlat Universitetining amaliy matematika fakultetida tahsil olib, ushbu ilm dargohini muvaffaqiyatli tugatdi. Mana, 20-yildan oshdiki, u yosh avlodga matematika fanidan saboq berib kelmoqda.

Hayot intiluvchan, fidoyi insonlar uchun haqiqiy maktab va ustozdir. Nodiraxon oʻz faoliyati davomida maktabdan oʻziga ham ilm, ham kuch oldi, ana shu buyuk ustoz taʼlimi tufayli orzular yoʻlida intilishdan sira charchamadi, dadil olgʻa intildi. Bugun esa uning oʻzi koʻplab yoshlarga ustoz – 18-sonli umumtaʼlim maktabining oliy toifali matematika fani oʻqituvchisi.

Nodiraxonning oilaviy hayoti ham havas va hurmatga munosib. Umr yoʻldoshi Erkin Allamberganov ham oliy toifali matematika fani oʻqituvchisi. Ikkalasi bir dargohda, bir maqsad yoʻlida mehnat qilishadi. Biri-biridan aqlli, bilimdon farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazishmoqda.

– Qaynonam Aysha Ismoilova ham faxriy oʻqituvchi, – deydi mehr bilan Nodira. – 18-maktabda ishlab, nafaqaga  chiqqanlar.

Oiladagi oʻzaro mehr-oqibat, goʻzal maʼnaviy muhit farzandlar taʼlim-tarbiyasida ham oʻz ifodasini topgan. Nodiraxon bilan Erkinjonning katta oʻgʻli ham boʻlgʻusi matematika fani oʻqituvchisi, ayni paytda QDU matematika fakulteti talabasi. Yana bir oʻgʻli esa QDU qoshidagi akademik litseyda aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha tahsil olmoqda. Oʻquvchilari, shogirdlari orasida bilimlar bellashuvi, fanlar olimpiadasi gʻoliblari talaygina. Oʻzi bilan yonma-yon ishlayotgan, oʻqituvchilik kasbini tanlagan, mamlakatimizning turli hududlaridagi oʻquv dargohlarida matematika va iqtisodiyot yoʻnalishlarida tahsil olayotgan shogirdlari bisyor. Ularning har bir yutugʻidan Nodiraning koʻngli togʻday yuksaladi. Hayotda oʻz yoʻlini topib, elda obroʻ-eʼtibor topayotgan shogirdlarini koʻrganida, ularning “ustoz” deb samimiy boqib turishlarini his etganida qalbi quvonchga toʻladi. Mehnatlari el-yurt hayotiga fayz bagʻishlayotganidan ich-ichidan faxrlanadi. Ustoz uchun taqdirning eng ulugʻ tuhfasi ham shu – el-u halqqa manfaat yetkazgan mehnatining mevasini koʻrmoqdir. Nodiraxon Otajonova ana shunday baxt sohibasi.

Robiya YOʻLDOShEVA.
 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026