KASBIDAN KAMOL TOPGAN AYoL
Kutubxona – nurxona! Umrimizning qançadan qança aziz lahzalari şu qutluğ maskanda keçadi, kitoblar mutolaasidan şuurimiz oydinlaşadi, könglimizga nur inadi.
Kutubxonalarda faoliyat yuritib, taşrif buyuruvçini iliq qarşi olib, uning yoşiga, qiziqişiga mos sara kitoblarni tavsiya qiluvçilarni esa maʼrifat ulaşuvçilar deb atasak, arziydi.
Tumanimizdagi 21-sonli maktabda 36-yildan beri kutubxonaçi bölib işlab kelayotgan Gulçehra opa Tojimurodovani şu boisdan ham barça öquvçilar, öqituvçilar hurmat qilişadi.
Kutubxonaga taşrif buyurgan öquvçilarga opa izlagan mavzudagi kitoblarini topişda yordam beriş bilan çeklanmay, ularning öqigan kitoblari yuzasidan savol-javoblar ham qilib turadi. Deyarli har yili yoş kitobxonlar tanlovlarini taşkil etadi.
Gulçehra Tojimurodova maktab öqituvçilar jamoasining yaqin kömakdoşi. U maktabda ötkaziladigan turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ham yuqori saviyada ötişiga, turli tanlovlar taşkil etilişida öz hissasini qöşadi.
– Bir umr şu kasbda işladim. Öquvçilarni kitobxonlikka jalb qilişga, darsliklar, turli qöşimça qöllanmalar va badiiy asarlarni qadrlaşga örgatişga harakat qildim, – deydi u öz faoliyatidan xursand bölib.
Kasbidan kamol topib, elda obrö-eʼtiborli bölgan Gulçehra Tojimurodovani 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan qutlab qolamiz.
Dilfuza BOZORBOYeVA, şu maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶